Avtomatlashtirish va boshqarish


Eritmalarni tahlil qilishning konduktometrik usuli



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə58/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Eritmalarni tahlil qilishning konduktometrik usuli
Elektrolit eritmalarining konsentratsiyasini ularning elektr o‘tkazuvchanligiga ko‘ra o‘lchash (konduktometrik usul) laboratoriya sharoitida ham, sanoat sharoitida avtomatik nazorat qilish uchun ham keng qo‘llaniladi. Konduktometrik konsentratometrlarning ishlashi eritmalar elektr o‘tkazuvchanligining ular konsentratsiyasiga bog‘liqligiga asoslangan.
Arrenius nazariyasiga ko‘ra elektrolitlar suvda eritilganida molekulalar, ionlar dissotsiatsiyalanib, shu ionlarning eritmada mavjud bo‘lishi eritmaning elektr o‘tkazuvchanligiga sababdir. Dissotsiatsiyalanish darajasiga ko‘ra kuchli va kuchsiz elektrolitlar bo‘ladi.
Kuchli elektrolitlar deyarli batamom ionlarga dissotsiatsiyalangan bo‘ladi, kuchsiz elektrolitlarning eritmalarida esa ma'lum miqdorda dissotsiatsiyalanmagan molekulalar ham bo‘ladi.
Turli moddalar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini baholash uchun Kolraush ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlilik tushunchasini kiritdi, u 1 sm3 eritmada 1 g-ekv modda bo‘lgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi sifatida aniqlanadi:
, (24,1)
bu yerda λ — eritmaning ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi; σ — eritmaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi. Sm/sm; η— erigan moddaning ekvivalent konsentratsiyasi, g∙ ekv/sm3.
B archa elektrolitlar uchun ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik dissotsiyalanish kuchayishi natijasida eritma suyula borishi bilan ortadi. Eritma to‘la dissotsiatsiyalanganda (ya'ni eritma cheksiz suyulganida) u eng katta qiymatiga erishadi. Eritmaning solishtirma o‘tkazuvchanligi bilan suyultirilgan elektrolitning tabiati hamda uning konsentratsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik Kolraush qonuni bilan aniqlanadi:
σ=α∙η(vk-va) , (24,2)

bu yerda a — elektrolitik dissotsiatsiyalanish darajasi; v — ionlar (kationlar vk va anionlar va ) ning eritma cheksiz suyulgandagi qo‘zg‘aluvchanligi, ya'ni ularning kuchlanish gradienti IB/sm bo‘lgan elektr maydonidagi siljish tezligi, Sm/s bilan ifodalanadi.


24,1-rasmda solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikning konsentratsiyaga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, eritmaning konsentratsiyasi oshganda uning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi avval tez ortib, maksimal qiymatiga yetadi, so‘ngra kamayadi. Binobarin, konduktometrik tahlilda konsentratsiya bilan elektr o‘tkazuvchanlik o‘rtasida bir xil bog‘liqlikka ega bo‘lish uchun o‘lchashlarni maksimumdan bir tomonda joylashgan konsentratsiyalar chegarasida bajarish zarur. Rasmdagi bog‘liqliklardan ko‘rinib turibdiki, maksimumdan chapdagi egri chiziqlarning tikligi katta bo‘ladi. Binobarin, konsentratsiyalarning bu sohasida konduktometrik usul eng katta sezgirlikka ega bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanliqlarning konsentratsiyaga bog‘liqlikning bir xilmaslik xarakterini hisobga olib, konduktometrning ishlash sohasini oldindan bilish zarur, bu yerda, o‘lchashlarning ekstremum bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
K o‘pgina hollarda konduktometrik usuldan bir komponentli eritmalarni nazorat qilish uchun foydalaniladi.
Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan asboblarga konduktometrlar, tuz o‘lchagichlar, konsentratomerlar kiradi. Bu asboblarning birinchisi elektr o‘tkazuvchanlik birliklarida darajalangan, ikkinchi shartli tuz miqdori birliklarida, odatda NaCl ning miqdorini ko‘rsatuvchi foizlarda darajalangan bo‘ladi. Konsentratomerlar tahlil qilinayotgan moddaning foiz hisobidagi miqdorlarda darajalanadi.
Eritmalarning konsentratsiyasini ularning elektr o‘tkazuvchanligiga ko‘ra o‘lchash uchun elektrodli va elektrodsiz usullar qo‘llaniladi. Elektrodsiz o‘lchash usulidan asosan kislota, ishqorlarning konsentratsiyasini o‘lchashda foydalaniladi.
Elektrodli konduktometriyada ikki elektroddan iborat o‘lchash yacheykalaridan foydalaniladi, elektrodlar nazorat qilinayotgan eritma solingan idishda bir-biridan ma'lum masofada o‘rnatilgan bo‘ladi. O‘lchash yacheykasi (6.18-rasm) elektr qarshiligi bilan xarakterlanadi. Bu qarshilikning kattaligi quyidagiga teng (Om) hisobida
, (24,3)

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin