Avtomatlashtirish va boshqarish


Optik pirometrlarning ishlash printsipi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə95/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Optik pirometrlarning ishlash printsipi harorati o’lchanayotgan jismning nurlanish ravshanligini etalon jismlarning monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan solishtirishga asoslagan. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi rostlanadigan cho’g’lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu guruhdagi keng tarqalgan asboblardan biri — cho’g’lanish tolasi yo’qolib ketadigan monoxromatik optik pirometrdir. Bu asbobning printsipial sxemasi 3.6- rasmda keltirilgan. Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob’ektiv orqali yig’iladi va pirometrik lampa ning toza yuzasiga proektsiyalanadi. Okulyar yordamida ob’ektning tasviri bilan kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai Ye ning o’zgarmas tokidan cho’g’lanadi. Manbaning kuchlanishi reostat R yordamida sekin-asta rostlash yo’li bilan ob’ekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. SHu payt ob’ekt tasviri bilan kesishgan tolaning qismi, rasmda ko’rsatilganidek, yo’qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so’ng tok kuchini yoki lampa kuchlanishini o’lchaydigan asbob bilan pirometr ko’rsatishlari hisoblanadi.
Optik pirometrlarning haroratni o’lchash oralig’i 800°S dan 10000°S gacha. Yo’l qo’yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi ±1,5% dan oshmaydi.

Rasm 3.6. Optik pirometr




Tajriba ishi qurilmasi.
Tajriba ishini bajarish davomida ikkita isitish yuzasiga ega bo’lgan «150°S» harorat kalibratoridan va infraqizil nurlanish pirometri Testo 830-T1 foydalaniladi.
Tajriba ishini bajarish ketma-ketligi.
  1. Stendni ulang va kalibrator «150°S »ni ishga tushiring:


  2. Noutbuk yoqing.


  3. «Kalibrator» dasturini ishga tushiring va kalibrator «150°S» uchun bo’lgan qiymatni o’rnating (100 ga teng).


  4. Kalibrator chiqini belgilangan rejimga o’tishini kuting , pirometrning nurlanish koeffitsientini 1 ga tenglashtiring va 30 sm masofa uzoqlikda 1 va 2 yuza radiatsion haroratlarini o’lchang, natijani 4.1-jadvalga kiriting


Jadval 3.1.


Kalibrator harorati








K1al=1 da Tr


K


K„„=K1 da Tr


Kizl=K2 da T„

Yuza 1









Yuza 2










  1. O’lchash vaqtida rostlagichning ko’rsatkichi bo’yicha 1 va 2 yuzada nurlanish koeffitsientini aniqlang


  2. Pirometrga 1-yuza uchun hisoblangan nurlanish koffitsientini o’rnating va 1 va 2 yuza haroratini o’lchang, natijani 3.1-jadvalga kiriting.


  3. Pirometrga 2-yuza uchun hisoblangan nurlanish koffitsientini o’rnating va 1 va 2 yuza haroratini o’lchang, natijani 3.1-jadvalga kiriting. Nurlanish koeffitsientining hisoblangan qiymatidan foydalanib haroratni o’lchash xatoligini baholang. Olingan natijani tushuntiring;


  4. Pirometrga 1 yoki 2 yuza uchun nurlanish koeffitsientini o’rnating va bu haroratni 100, 200, 300, 400, 500, 700, 1000, 1500 mm uzoqlikdagi masofadan o’lchab ko’ring. Ma’lumotlarni 3.2-jadvalga kiriting. Kalibratorning ko’rsatkichi bo’yicha natijalarni taqqoslang, kichik masofadagi o’lchash xatoigini baholang. Masofa 1000mm dan oshganda xatolikning oshish sababini tushuntiring.


Jadval 3.2.


Harorat kalibratori °S




Koeffitsiyent izlucheniya






O’lchash uzoqligi, mm


100

200

300

400

500

700

1000

1500

Tr°S

















O’lchash xatoligi.





















Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin