Difmanometrli sarf o’lchagichning strukturaviy sxemasi tuzish va uzatish funktsiyasini olishni o’rganish.
Ishdan maqsad: Difmanometrli sarf o’lchagichlar , ularning ish printsiplarini o’rganish hamda strukturaviy sxemasini tuzish va uzatish funktsiyasini olishni o’rganish.
Nazariy qism Sarf o’lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o’lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o’tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o’lchaydigan asboblar oniy sarfni o’lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o’tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo’nalishda sozlashga imkon beradi.
Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o’lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o’lchagichlar deyiladi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug’ va gazlarning sarfini o’lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1) bosim farqi o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar; 2) bosim farqi o’zgarmas sarf o’lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o’lchagichlari; 4) o’zgaruvchan sathli sarf o’lchagichlar; 5) induktsion sarf o’lchagichlar; 6) ulьtratovush sarf o’lchagichlar; 7) kalorimetrik (issiqlik) sarf o’lchagichlar; 8) ionli sarf o’lchagichlar.
Difmanometrli sarf o’lchagichlar asosan bosimlar farqi o’zgaruvchan sarf o’lchash usulida qo’llaniladi. Ya’ni toraytiruvchi qurilmalar yordamida bosimlar farqi hosil qilinadi va difmanometrlar bilan hosil bo’lgan farqni o’lchash orqali suyuqlik yoki gaz sarfi o’lchanadi.
Sarfni bunday usul bilan o’lchash suyuqlik yoki gaz o’tayotgan quvurda kichik diametrli to’siq-diafragma. 5.1 – rasm,a, soplo 5.1 – rasm,b, Venturi soplosi 5.1 – rasm, v va Venturi quvuri 5.1 – rasm, g o’rnatish natijasida hosil bo’ladigan modda potentsial energiyasi (statik bosimi) ning o’zgarishini o’lchashga asoslangan. Kichik diametrli to’siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o’rnatilib, mahalliy torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug’ quvurning kesimi toraygan joyidan o’tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning va, binobarin, kinetik energiyaning ortishi oqimning kesimi toraygan joyida potentsial energiyaning kamayishiga olib keladi. Bunda to’siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo’ladi. SHunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o’tishda bosimlar farqi ∆R = R1—R2 xosil bo’ladi. Bu bosimlar farqi oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo’ladi. Demak, toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosim farqlari quvurdan o’tayotgan modda capfining o’lchovi bo’lishi mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o’lchagan ∆R bosimlar farqi bo’yicha aniqlanadi.
5.1 rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi: a – diafragma, b – soplo,
v – Venturi soplosi, g – Venturi quvuri.
Suyuqlik, gaz va bug’larning sarfini o’lchash, uchun toraytirish qurilmasi sifatida standart diafragmalar, soplolar, Venturi soplosi va Venturi quvurlari ishlatiladi.
Bu usul bilan sarfni o’lchashda trubali o’tkazgichga toraytiruvchi qurilma o’rnatiladi. Toraytirish qurilmasi teshigidan o’lchanayotgan oqim o’tganda, toraytirish qurilmasigacha va undan keyin oqim sarfi o’zgarganda bosimlar farqi o’zgaradi.
Toraytirish qurilmasining chiqish signalini menbranali difrentsial manometr qabul qiladi. Menbranaga xar xil tarafdan ta’sir qilayotgan va bosimlar menbranada va kuchga aylanadi. kuchlar farqi richakka ta’sir qilib ularda mamentni hosil qiladi, yoki bu kuchlar farqi richagning surilishiga olib keladi. O’z novbatida bu surilishni o’zgartirsak ya’ni maxsus o’zgartirgichlar orqali o’zgartirsak o’z o’zidan o’lchovchi pribor kelib chiqadi.