Avtomatlashtirish va boshqarish


Boshqarish ob’ekti haqida tushuncha



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə99/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Boshqarish ob’ekti haqida tushuncha.
Hozirgi rivojlangan axborot zamonida barcha ishlab chiqarish korxonalarida zomonaviy ishlab chiqarishni boshqarib turuvchi programniy paketlar qo’llaniladi. Bu baracha programniy paketlar asosi bir maqsad: ishlab chiqarish sifatini yaxshilashdir. Ishlab chiqarish sifatini yaxshilash uchun asosiy o’zgaruvchi parmetrlarni optimal tarzda ushlab turishimiz zarur va shartdir. Har bir ishlab chiqarish agregatida o’zinig reglamenti mavjud bo’lib shu reglament asosida biz barcha parametrlarni reglamentda ko’rsatilgan qiymatda saqlab turishimiz kerak bo’ladi. SHu parametrlar tarkiga sarf ham kiradi. Sarf - bu trubapravoddan vaqt birligida oqib o’tgan maxsulot miqdoriga aytiladi. Sarf yuqorida aytganimizdek ishlab chiqarishni eng asosiy parametri bo’lib hisoblanadi. Uni roslash natijasida biz maxsulotning sifatini va eng asosiysi ishlab chiqarish kompьleksini avariya holatidan saqlashimiz mumkin. Misol tariqasida qaraganda ob’ektning kirishiga 5 t/s maxsulot kirishi kerak, ob’ektning xarakteristikasiga qarab sarf o’rnatilgan qiymatdan 1 t/s ga oshsa darhol signalizatsiya berishi 1.2 t/s ga oshsa blakirovka qilinsin degan shart qo’yilgan bo’lsin. Agar sistemada blakirovka ketsa bu butun ishlab chiqarishni to’xtatishga olib keladi. Bu misoldan ko’rinib turibdiki sarf sistemaning asosiy parametri hisoblanar ekan.
Berilgan sistemada sarfni roslaganimizdan so’ng uni turg’unlikka tekshirishimiz kerak. Sistemani turg’unlikka tekshirish uchun maxsus programni paketlar mavjud bo’lib shulardan biri MATLAB pragrammasidan foydalanamiz.
MATLAB programmasida turg’unlikka tekshirish.

2-rasm: Avtomatik rostlashning struktur sxemasi

Sistemani MATLAB programmasida turg’unlikka tekshirish uchun yuqoridagi struktur sxemani programmaga qurishdan boshlaymiz.
Bu yerda:
TQ – taqqoslovchi qurulma,
AR – avtomatik rostlagich,
IM – ijro etuvchi mexanizm (klapn),
BO – boshqarish ob’ekti,
O’Q – o’lchovchi qurilma (datchik).
Bu barcha bloklarni uzatish funktsiyalarini o’rni quyib MATLABda o’tkinchi jarayon xarakteristikasini olamiz. Bu olingan o’tkinchi jarayon xarakteristikasidan sistemani turg’unligini aniqlash mumkin.
Sistemani turg’unligini Gurivets me’zoni orqali aniqlashga harakat qilamiz. Buning uchun umumiy sistemani uzatish funktsiyasini topib undagi xarakteristik tenglamani aniqlab va shu xarakteristik tenglamadagi Gurivets aniqlovchilarini noldan kattaligiga tekshiramiz.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin