Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə97/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Deformatsion manometr.
Deformatsion manometrlarining strukturaviy sxemasi 4.2-rasmda keltirilgan. Bosim o’zgarishi natijasida prujina uchining siljishi tortqi orqali sektorga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli ilashma yordamida tribkaning aylanishiga olib keladi. Tribkaning o’qiga ko’rsatuvchi strelka biriktirilgan.
Naychasimon prujinali manometrlar ko’rsatish, yozish, signal berish va ko’rsatishlarni masofaga uzatish uchun mo’ljallangan.
Hozir pnevmatik va elektr datchiklarning unifikatsiyalangan tizimga kiritilgan prujinali asboblarning ko’p turlari chiqmoqda.
4.2-rasm. Deformatsion manometr
O’zgartirgich shtutserining kirish kesimida 5 uni giravlik drosselga o’rnatish uchun rezьba joylashgan. U gidravlik zarb bo’lganda o’zgartirgichning sezgir elementi membranasining zararlanishining oldini olish maqsadida qo’llaniladi.

O’zgartirgichning shtutserida sezgir element 6 joylashgan. Sezgir element sifatida tenzosezgir yarim o’tkazgichli sxemada joylashgan, Uitson ko’prigiga ulangan tenzoo’zgartich qo’llanilgan. O’lchanayotgan bosim ta’sirida sezgir element membranasi egiladi. Egilish natijasida tenzorezistorning qarshiligi o’zgaradi. Natijada muvozanat ko’prigida o’lchanayotgan bosimga proportsional nomuvozanatlik yuzaga keladi. Nomuvozanatlikni esa korpusda joylashgan elektron blokda elektr signal ko’rinishiga, ya’ni chiqishni unifikatsiyalangan doimiy tok (4...20 mA) signaliga o’zgartirib beriladi. O’zgartirgich xalqasi 9 da nulь korrektor o’rnatilgan. Nulь korrektor o’lchanayotgan bosim atmosfera bosimiga teng bo’lganda o’zgartirgichning chiqish signalini o’rnatish uchun qo’llaniladi.


Bosim o’lchovchi o’zgartirgichga o’zgartirgichdan kelayotgan signalni o’lchovchi va uni bosim qiymatiga o’zgartiruvchi ikkilamchi o’lchov asbobi ulangan.
Prujinali asboblarning ishlash printsipi bosim ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini o’lchashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida o’lchov asbobining strelkasi to’g’ri chiziqli yoki burchakli shkala bo’yicha siljib, bosim qiymati R ni ko’rsatadi.
Prujinali asboblarning o’lchash aniqligi yuqori bo’lishi uchun ulardagi elastik elementlar elastiklik moduli va issiqlik kengayish koeffitsientlari kam bo’lgan materiallardan tayyorlangan bo’lishi va gisterezis hamda qoldiq elastiklik hodisalari bo’lmasligi talab qilinadi.

4.3 - rasm. Elastik sezgir elementlar


Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosimlar farqi va shu kabilarni o’lchash uchun qo’llanadi. Keng tarqalgan elastik sezgir elementlar 4.3-rasmda tasvirlangan, ularga naychali prujina (a), silfonli (b), yassi va gofrlangan membranalar (v, g), membranali quticha (d), bikr markazli yumshoq membranalar (e) kiradi.

Eksperimental qism


Bosimni o’lchash uchun gidravlik tizim stendidan foydalaniladi.

Laboratoriya ishini bajarish ketma-ketligi:


  1. Rostlovchi kranni ochish.


  2. “Suv berish” nasosini ulash.


  3. Ko’rsatkichlarni jadvalga kiritish .


  4. Kranni yopish.


  5. Ko’rsatkichlarni jadvalga kiritish.


  6. Olingan bosim diapazonini 4-6 bo’lakka bo’lish, har bir bo’lak oxiridagi bosimni hisoblash.


  7. Rostlovchi kranni qisman ochib bosim qiymatini hisoblash, ko’rsatkichlarni jadvalga kiritish.


  8. Ikkita o’lchov asbobi bo’yicha bosimning o’rtacha qiymatlarini, xar bir o’lchagich uchun absolyut va nisbiy xatolikni hisoblash.


  9. O’lchov asbobining aniqlik sinfi va hisoblangan xatolikni taqqoslash (instruktsiyasiga qarang).


  10. O’lchov asbobining har xil turlari uchun bosimni optimal o’lchov diapazoni haqida xulosa qilish.





Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin