Ishlash printsipi
Sathning ushbu datchigi to’lqin uzatgichi orqali o’tadigan va dielektrik doimiy qiymatining keskin o’zgarish chegarasidan aks etadigan elektrmagnit impulьslardan foydalanadi, bu havo va mahsulot o’rtasidagi chegarani anglatadi. (4.24-rasm). Taralayotgan impulьslar juda past quvvatga ega bo’lib zond bo’ylab jamlangan bo’ladi, demak, nurlanayotgan energiya deyarli yo’qolmaydi. Bu degani, aks etgan signal kuchi (amplituda) zond uzunligidan kat’i nazar deyarli bir xil bo’ladi.
4.24-rasm. Refleksli sath o’lchagichli rezervuar
Kichik quvvatli mikroto’lqinli nanosekundli radarli impulьslar texnologik muhitga cho’ktirilgan zond bo’ylab pastga yo’naltiriladi. Radarli impulьs boshqa dielektrik o’tkazuvchanlik koeffitsientli muhitga yetganda, impulьs energiyasining bir qismi qayta yo’nalishda aks etadi (4.25-rasm). Radarli impulьsni uzatish momenti bilan aks-sado\signalni qabul qilish momenti vaqti orasidagi tafovut suyuqlik sathi yoki ikki muhit ajralish chegarasi sathini o’lchaydigan masofaga proportsional.
4.25-rasm. O’lchanayotgan muhitda radarli impulьsning tarqalishi ko’rinishi
Aks etgan exo signalning jadalligi muhitning dielektrik o’tkazuvchanligiga bog’liq. Dielektrik o’tkazuvchanlik koeffitsienti qancha yuqori bo’lsa, aks etadigan signal jadalligi shuncha yuqori bo’ladi.
Ikki muhit ajralish chegarasi sathini o’lchash uchun sath o’lchagich birinchi aksdan qolgan qoldiq impulьs energiyasini ishlatadi. Impulьs energiyasining bir qismi yuqori muhit yuzasidan aks etmay, muhitdagi harakatini davom ettiradi, past muhit yuzasidan aks etmaguncha, bunda to’lqinning tarqalish tezligi yuqori muhitning dielektrik o’tkazuvchanligiga to’liq bog’liq bo’ladi.
SATH O’LCHAGICHLARNI QO’LLANILISHIGA MISOLLAR:
4-1. Bug’ generatori barabanidagi suv sathi suv o’lchash oynasi yordamida o’lchanadi (4-1r.). Barabandagi bug’ning bosimi 100kgs/sm2, barabandagi suv nasishenie temperaturasida. Sathning amaldagi qiymati
n = 0,5m.
Suv o’lchash shishasidagi sathni aniqlang, agarda suv o’lchash shishasidagi suvning temperaturasi 1500S.
4-2. 4-1 masala sharti uchun aniqlang, sath o’lchashdagi xatolik qanday o’zgaradi, agar o’lchashdan oldin suv o’lchagich produto bo’lib, shisha ichidagi temperatura t=3000C bo’lib qolgan bo’lsa.
4-3. Ochiq rezervuardagi suv sathining o’zgarishi Nmaks (4-2r) 3m.ga yetishi mumkin. Sath balandligini o’lchash uchun gidrostatik usul bilan nominal farq chegarasi rp = 0,4kgs/sm2 bo’lgan membranali difmanometrdan foydalanish mumkinmi, agarda u minimal sathdan h=3m ga pastda joylashgan bo’lsa. Difmanometrning manfiy kamerasi atmosfera bilan bog’langan.
4.4. Suv sathi sig’imda 4-3 rasmda ko’rsatilgan sxema bo’yicha gidrostatik usul bilan o’lchanmoqda. Sathning maksimal qiymati Nmaks = 400mm.
Membranali difmanometrning manfiy idishidagi suv sathining o’zgarishi tufayli sathning maksimal qiymatini o’lchashda yuz bergan nisbiy xatolikni baholang. Impulьs naychalarining ichki diametri d =10mm. Sath 0 dan Nmaks gacha o’zgarganda difmanometr manfiy kamerasining hajmi V = 4cm3 ga o’zgarishi sodir bo’ladi.
N=0 bo’lganda har ikki impulьs naychalardagi suv sathi teng bo’ladi. Atrof muhitning va idishdagi, hamda naychalardagi suvning temperaturasi t=200C
4.5. 4-4 masala sharti bo’yicha xatolikni aniqlang, agarda sath balandligi qalqovichli idish diametri Dn=77mm va almashinadigan idish diametri De =64,6mm bo’lgan qalqovichli (buykali) difmanometr yordamida o’lchansa t = 200C bo’lganda difmanometrdagi simobning zichligi rrt=13546 kg/m3, suvning zichligi rv=998,2kg/m3.
4.7. Ochiq idishdagi suv sathi difmanometr – sath o’lchagich bilan o’lchanmoqda. Sath o’lchagich idishdagi suvning va impulьs naychalaridagi temperatura 300S da graduirovka qilingan.
Sath o’lchagichning ko’rsatishi o’zgaradimi, agarda idishdagi suvning temperaturasi 900S ga ko’tarilgan va impulьs liniyalardagi suvning temperaturasi 300S da qolgan bo’lsa.
4.8. Bug’ generatori barabanidagi suv sathi ikki kamerasi tenglagich idish (4-6r) yordamida o’lchanmoqda. Idishdagi suv temperaturasi sig’im ichidagi suvning temperaturasiga teng.
Bunday holatda suv zichligining o’zgarishi sath o’lchagich ko’rsatishiga ta’sir ko’rsatadimi? Barabandagi bosim 1kgs/sm2, suvning zichligi rv=958,96kg/m3, bug’ning zichligi rp=0,58kg/m3.
4.9. 1kgs/sm3 bosim ostida graduirovkalangan sath o’lchagich ko’rsatishi qanday o’zgaradi, agarda barabandagi nasisheniya bosim 100kgs/sm2 gacha ko’tarilsa (rv=691,9kg/m3 rp=54,17kg/m3)?
4.10. Bug’ generatori barabanidagi bosim o’zgarmagan sathda 100 dan 200 kgs/sm2 gacha o’zgardi, bu nasisheniya temperaturasining shunga muvofiq oshishiga olib keladi.
Sath o’zgarishidagi xatoliklar parametrlar o’zgarishi tufayli yuz bersa 4-6 va 4-7 rasmlardagi sxemalarda bir xilda bo’ladimi? Impulьs naychalardagi suv temperaturasi 300S.ga teng, Nmaks=500mm/
4.14. Diametri 12m. Va balandligi 10m bo’lgan tsilindrsimon vertikal po’lat rezervuar-ombarda kerosin bor 300S temperaturada kerosin sathining balandligi 8,5 m.ni tashkil qiladi.
Gidrostatik sath o’lchagich ko’rsatishlari o’zgaradimi va kerosin sathi o’zgaradimi, agarda atrof muhit temperaturasi kerosin bilan birga rezervuarning temperaturasi 00S ni tashkil etsa?
4.15. Sig’imdagi kislota sathini 0 dan 500mm. Gacha intervalda o’lchaydigan mexanik sath o’lchagichning qalqovichli o’lchov o’zgartirgichining uzatgich soni va yukning og’irligini aniqlang.
Kislota zichligi Rk=1230kg/m3, sharsimon qalqovich diametri Dp=100mm, qalqovich materiali – plastmassa zichligi Rp=1500kg/m3, qalqovich devorlari qalinligi 6=5mm, trosning og’irligi 0,300 kgs, uzatgich mexanizm ishqalanish kuchi 0,05kgs. dan oshmaydi, shkala bo’yicha strelka burilishining burchagi a=2700, tros o’tkazilgan baraban diametri D6=50mm.
4.16. Pnevmometrik naychali pьezometrik sath o’lchagich bug’lantirish apparatidagi ishqorning sathini o’lchaydi. (4-12r). Elektr manbaidagi xavoning bosimi va maksimal darajadagi havoning tahminiy bir soatlik sarfini aniqlang. Ishqor eritmasining maksimal zichligi Rh=1280kg/m3 sath o’zgarishi intervali 0-400 mm, pnevmometrik naychaning ichki diametri d=6mm, apparatdagi suyuqlik temperaturasi 800S, apparatdagi absolyut bosim 160mm. sim.ust.
Amaliy ish № 12 . Modda miqdori va sarfni o’lchash asboblari: toraytiruvchi qurilmalar, bosimlar farqi o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar yordamida sarfni o’lchash bo’yicha masalalar yechish.
Dostları ilə paylaş: |