Avtomatlashtirish va boshqaruv



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix23.10.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#65916
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Hisobot

Termoelektr 
materiallar 
va 
termoelektr 
o‘zgartkichlar. 
Turli 
o‘tkazgichlarning ixtiyoriy jufti termoelektr o‘zgartkichni tashkil etishi mumkin
ammo har bir juftlik ham amalda qo‘llash uchun yarayvermaydi. Zamonaviy o‘lchash 
texnikasi termoelektr o‘tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarga ko‘pdan-ko‘p 
talablar qo‘yadi, ammo bu talablarni juda kam, sonli materiallargina qondiradi. Asosiy 
talablar quyidagilardan iborat: yuqori haroratlar ta’siriga chidamlilik, TEYUK ning 
vaqt bo‘yicha o‘zgarmasligi, uning iloji boricha katta qiymatga ega bo‘lishi va 
haroratga bir qiymatli bog‘liqligi, qarshilik harorat koeffitsientining katta bo‘lmasligi 
va katta elektr o‘tkazuvchanlik. 


 
 
 
 
 
5311000 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va 
boshqarish 
Лист 
 
 
 
 
 
 
Изм. Лист 
№ докум 
Подпись Дата 
Barcha materiallar va qotishmalar uchun TEYUK ning haroratga funksional 
bog‘liqligi murakkab bo‘lib, uni analitik ifodalash ancha qiyin. Platinorodiy-platina 
jufti bundan istisnodir. Bu juftlik uchun TEYUK bilan harorat orasidagi bog‘lanish 
300 dan 1300 °С gacha bo‘lgan oraliqda, sovuq ulanma harorati 0 °С
bo‘lganda 
yetarlicha aniqlikda parabolaga mos keladi: 
E
(
t
,
t
0)
=a+bt+ct
2

bu yerda, a, b va c – surma (630,5 °С), kumush (950, 8 °С) va oltin (1063 °С) 
larning qotish harorati bo‘yicha aniqlanadigan doimiylar. 
Hozirgi vaqtda quyidagi metall termoelektrodli termoelektr termometrlar 
qo‘llanadi. Ularning xarakteristikalari jadvalda keltirilgan. 
Xromel-kopelli (56 % Si – 44 %Ni) termoelektr termometrlar standart 
termometrlar orasida eng katta o‘zgartish koeffitsientiga ega (70...90 mk V/°С). 
Termoelektrod diametri 1 mm dan kam bo‘lgan termometrlar uchun chegaraviy 
qo‘llanishi 600 °С dan kam, masalan, diametri 0,2...0,3 mm bo‘lgan termoelektrodlar 
uchun faqat 400 °С ni tashkil etadi. Yuqori o‘lchash chegarasi kopelli elektrod 
xarakteristikasining barqarorligiga bog‘liq. 
Nikel-xrom-nikel-alyuminiyli (94%Ni+2%A1+2,5% Mn+1%Si+0,5% qo‘shilma) 
termometrlar turli muhit haroratlarini keng chegaralarda o‘lchash uchun qo‘llaniladi. 
Ular avval xromel-alyumelli termometrlar deb yuritilar edi. Nikel-alyuminiy simdan 
tayyorlangan termoelektrod oksidlanishga nikel-xromga nisbatan kamroq chidamli. 
Qo‘llashning yuqori chegarasi termoelektrod diametriga bog‘liq. Diametri 3...5 mm 
bo‘lgan termoelektrodlar uchun qo‘llashning yuqori chegarasi nikel-xrom-nikel-
alyuminiyli termometrlarda 1000 °С ni tashkil etadi. 0,2...0,3 mm diametr uchun 600 
°С dan ortiq emas. 
Platina-rodiy (90% platina-10% rodiy)-platinali termometrlar uzoq vaqt davomida 
0 dan 1300 °С harorat oralig‘ida, qisqa vaqt davomida 1600 °С gacha bo‘lgan oraliqda 
ishlashi mumkin. Mazkur termometrlar oksidlanadi va neytral muhitlarda darajalash 
xarakteristikasining barqarorligini saqlaydi. Ulardan foydalanish maqsadiga qarab
etalon namunali va ish termometrlariga bo‘linadi. To‘g‘ri ishlatilganda darajalash uzoq 
vaqt davomida o‘zgarmaydi. Kamchiliklariga termoelektr termometrlarning boshqa 
turlarinikiga nisbatan TEYUK kamligi kiradi. Termoelektrod simi diametri 0,3 yoki 
0,5 mm bo‘ladi. 
Platinorodiy (30% rodiyli) - platinorodiyli (6% rodiyli) termoelektr termometrlar 
uzoq vaqt davomida haroratlarning +300 dan to 1600 °С gacha oralig‘ida, qisqa vaqt 
davomida 1800 °С gacha qo‘llanadi. Musbat elektrod - 30% rodiy va 70% platina 
qotishmasidan, manfiy elektrod 6% rodiy va 94% platina qotishmasidan tashkil 
topgan.
Mazkur termometrlar platinarodiy-platinali termometrlarga qaraganda darajalash 
xarakteristikalarining barqarorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. 


 
 
 
 
 
5311000 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va 
boshqarish 
Лист 
 
 
 
 
 
 
Изм. Лист 
№ докум 
Подпись Дата 
Volframreniy-volframreniyli 
(TVR-5/20 
va 
TVR-10/20) 
termoelektr 
termometrlar uzoq vaqt davomida 0 dan 2200 °С gacha va qisqa vaqt davomida 2500 
°С
gacha, shuningdek, vakuumda, neytral va tiklanadigan muhitlarda haroratlarni 
o‘lchashga mo‘ljallangan 
2.3 – jadval. 
S
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin