2.3 Sarf o'lchovchi asboblar tavsifi Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipitashqi
magnit maydoni ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan
EYUK ni o‘lchashga asoslangan. Induksion sarf o‘lchagichning sxemasi 4.7-rasmda
ko‘rsatilgan.
Magnitning N va S qutblari orasida magnit maydoni kuch chiziqlari yo‘nalishiga
perpendikulyar ravishda suyuqlik quvuri 1 o‘tadi. Quvurning magnit maydonidan
o‘tadigan qismi nomagnit material (ftoroplast, ebonit va boshqalar) dan tayyorlanadi.
Quvur devorlarida bir-biriga diametral qarama-qarshi yo‘nalgan o‘lchash eletkrodlari 2
o‘rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar harakatga keladi va o‘z
zaryadlarini o‘lchash elektrodlariga berib, ularda EYUK hosil qiladi. Oqim tezligiga
mutanosib, EYUK ning qiymati, magnit maydoni o‘zgarmas bo‘lganda, elektromagnit
induksiyasining asosiy tenglamasi orqali aniqlanadn:
E=B·D·v o‘rt bu yerda, B – magnit qutblari oralig‘ida hosil bo‘lgan elektr magnit induksiyasi, Tl; D – quvurning ichki diametri (elektrodlar orasidagi masofa), m; v o‘rt – oqimning o‘rtacha tezligi, m/s. Tezlikni Q hajmiy sarf orqali ifodalasak
Q D B E
4
Bu ifodadan o‘zgarmas magnit maydonida EYUK ning qiymati
sarfga to‘g‘ri mutanosib ekanligi kelib chiqadi. Induksion sarf
o‘lchagichlar elektr o‘tkazish qobiliyati 10
-3
... 10
-5
sm/m dan kam
bo‘lmagan suyuqliklarda ishlatiladi.
O‘zgarmas magnit maydonga ega bo‘lgan induksion sarf
o‘lchagichlarning asosiy kamchilgi – magnit elektrodlarida
qutblanish va galvanik EYUK ning paydo bo‘lishidadir. Bu
kamchiliklar harakatdagi suyuqlikda magnit maydon tomonidan
induksiyalangan EYUQ ni to‘g‘ri o‘lchashga yo‘l qo‘ymaydi
yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun, o‘zgarmas magnit
maydoniga ega bo‘lgan sarf o‘lchagichlar suyuq metallar, suyuqlikning pulslanuvchi
oqimi sarfini o‘lchashda va qutblanish o‘z ta’sirini ko‘rsatishga ulgurmaydigan qisqa
vaqtli o‘lchashlarda ishlatiladi. Hozir induksion sarf o‘lchagichlarning ko‘pchiligida
o‘zgaruvchan magnit maydonidan foydalaniladi. Agar magnit maydon τ vaqtda f chastota bilan o‘zgarsa, EYUK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
1
2
3
N
S