5311000 – Texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish va
boshqarish
Лист
Изм. Лист
№ докум
Подпись Дата
2.4 Bosim o'lchovchi asboblar tavsifi
Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning
turiga va ishlash usuliga
ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga ko'ra bosimni va siyraklanishni
o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi:
barometrlar - atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan;
manometrlar - ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan;
differensial manometrlar - bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan;
vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan;
manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan bosimni o'lchash
uchun
mo'ljallangan.
Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash
uchun mo'ljallangan asboblar
naporomerlar, tyagomerlar va
tyagonaporomerlar
deyiladi.
Ishlash usuliga ko'ra bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar to'rt guruhga
bo'linadi:
1.
Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim suyuqlik ustuni hosil
qilgan
bosim bilan muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati
aniqlanadi.
2. Deformatsion (prujinali) manometrlar, bu asboblarda o'lchanayotgan
bosim
turli konstruksiyadagi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanish qiymati yoki
ularda hosil bo'ladigan kuch qiymati bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: