shesternyasi teshigidan o‘tgan va shlitsali uchi differensial krestovinasiga ulangan. Qopqoq (18) va diafragma (19) orasidagi bo‘shliqqa ml gidrokuchaytirgichidan bosim ostida moy berilganida siqishdan diskning (20) zo‘riqish kuchi mufta disklariga (21 va 17) uzatiladi. Disklarning siqilishi oxirgi uzat ma chap yetakchi sheste rnyasini (25) va blokirovkalash vali (23) hamda krestovinaga (32) ega differensial chap shesternyasini (30) yaxlit bitta qilib biriktiradi, natijada differensial blokirovkalanadi.
Oxirgi uzatmalar — bir bosqichli, silindrik, to‘g‘ri tishli shesternyali, uzatmalar soni 5,038 ga teng.
Yetakchi shesternyalar (4 va 25) va1 bilan yaxlit qilib yasaladi. Val o‘z shlitsali uchlari bilan differensial shesternyasi va tormozning qo‘shish disklariga bog‘1angan. Chap yetakchi shesternya tashqi shlitsali dumchasi vositasida differensialning blokirovkalash muftasi disklari (17) bilan qo‘shi1gan. Yetakchi shesternyalar ikkita rolikli silindrli podshipniklarda (5)
aylanadi, ularning tashqi oboymalari stakanlarga (3 va 26), ichki oboymalari valga o‘rnati1gan. Chap yetakchi shester- nya — ichi g‘ovak, unga differensialning avtomatik blokirov- kalash vali (23) joylashgan.
Yetaklanuvchi shesternyalar (10) yetakchi g‘i1dirak vallari
(12) shlitsasiga kiydirilgan. Vallar (12) (yuklanmagan tipi) orqa ko‘prik korpusi o‘yig‘i va val yengiga (11) joylashgan zoldirli podshipniklarda aylanadi. Yenglar qopqoqlari (15) va stopor halqalar (14) vallarni podshipniklar bilan birga o‘q bo‘y1ab siljishga yo‘1 qo‘ymay, tutib turadi. Qopqoqlarda
(15) vallarning o‘zi siqar salniklari (16) joylashgan. Valning (12) tashqi uchida burovchi momentni g‘i1di-
rak gupchagiga uzatish uchun shponkali paz bor.
Oxirgi uzatma yetakchi shesternyalari vallariga disk tipidagi quruq tormozlar o‘rnati1gan va kojuxlar bilan yopilgan.
5.9-rasm. Bo‘laklarga ajralmaydigan to‘sin: 1, 3-to‘sinning chap va o‘ng tomonlari; 2-to‘singa asosiy uzatmani biriktirish joyi; 4-chulok
Bundan tashqari, to‘singa osma prujinasi (yoki ressora)ni o‘rnatish uchun tayanchlar, tormoz mexanizmiga tayanch disklar, kronshteynlar (5.9-rasmda ко’rsatilmagan) mahkamlanadi. Bu turdagi to‘sinlar yengil avtomobil, kichik va o‘rta vazn ko‘taradigan yuk avtomobili, avtobuslarda ishlatiladi. Uning afzalligi - massasi va tannarxi kichik.
5.10-rasm. Bo‘laklarga ajraladigan to‘sin: 1-to‘sin bo‘laklarining chuloklari
Sharsimon tayanch qismlari orasida burchak tezligi teng sharnirlar bo‘lgani uchun yetakchi g‘ildiraklar burilish va burovchi moment qabul qilish imkoniyatiga ega. Ushlab turuvchi ko‘priklar umumiy yukning bir qismini rama orqali g‘ildiraklarga uzatish vazifasini bajaradi. Bu turdagi ko‘priklar, og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobil, tirkama, yarim tirkamalarda ishlatiladi. Ushlab turuvchi ko‘prikning tuzilishi oddiy to‘sin bo‘lib, ikki tomonida o‘rnatilgan g‘ildiraklardan iborat. Bu ko‘priklar yuk vazni eng katta bo‘lganda asqotadi. Misol qilib, SamKochAvto 120.14 avtomobilining ko‘tarib turuvchi ко‘prigini aytish mumkin.