vigatelning muntazam ishlashini ta’minlovchi silindrda davriy tarzda qaytariladigan jarayonlar majmuyi ish sikli deb ataladi. Porshenning bir marta yurishida silindrda sodir boladiganjarayon (yoki jarayonlar) takt deb nomlanadi. Ko‘plab avtomobil dvigatellarining ish sikli porshenning turt marta yurishida (taktda) amalga oshiriladi. Shuning uchun ular turt taktli dvigatellar deb ataladi. Ish siklining barcha turtta takti mobaynida silindrdagi gazlar bosimi o'zgarib turadi. Gazlar absolut bosimi P ning, gazlar hajmi V ga bogliq ravishda o'zgarishini, ish siklining indikator diagrammasi deb ataluvchi diagrammada tasvirlanadi (1.4-chizma). Dizelning ish sikli.Birinchi taktda (kiritish) porshen (4), (1 5-chizma, I a) YCHN dan PCHN tomon harakatlanadi, kiritish klapani (1) ochiq, chiqarish klapani esa yopiq bo'ladi. Silindrda atmosfera bosimidan kam bo‘lgan 0,08-0,09 MPa bosim hosil bo‘ladi, oqibatda kiritish klapani orqali toza havo kira boshlaydi. Bu havo oldingi sikldan qolgan qoldiq gazlar bilan aralashibketadi va harorati 35 - 75°C ga ko'tariladi. Bu taktga indikator diagrammasidagi 7-1 chizig'i mos keladi. Ikkinchi taktda (siqish) porshen (1.5-chizma, I b) PCHN dan YCHN ga qarab harakatlanadi, ikkala klapan ham yopiq holatda bo'ladi. Dizellarda siqish darajasi yuqori, ya'ni 14-22 bo'lganligi bois silindrdagi gazlarning bosimi hamda harorati juda ko‘tarilib ketadi va takt oxirida mos ravishda 3-6 MPa hamda 425 - 625°C qiymatlarga erishadi. Indikator diagrammasidagi 1-2 chiziq ushbu taktga to'g'ri keladi. Siqish taktining oxirida hali porshen YCHN ga yetih kelmasdan turib yonilg'ini purkash boshlanadi va u qizigan havo bilan aralashib shu ondayoq alanga oladi va yona boshlaydi. Uchinchi taktda (yonish va kengayish) silindrga yuqori bosim ostidagi yonilg'ini forsunka (2) orqali purkash ma’lum muddat davom etadi (diagrammadagi 3-4 chiziq). Yonish natijasida gazlar bosimi (4- nuqta) 5,5-9,0 MPa gacha, harorati esa 1425 1925DC gacha ko'tariladi. Bu paytda porshen YCHN dan o'tib olib, pastga tomon harakatlanadi. Ushbu takt mobaynida siklning foydali ishi amalga oshadi. Shuning uchun bu takt ish yo'li deb ataladi. Ish yo'lining oxirida chiqarish klapani (3) ochila boshlaydi (5-nuqta), silindrdagi bosim 0,3-0,5 MPa gacha (6-nuqta), harorat esa 925 - 1225°C gacha pasayadi. To'rtinchi taktda (chiqarish) porshen (1.5-chizma, I e) PCHN dan YCHN tomon harakatlanadi, chiqarish klapani ochiq, kiritish klapani esa yopiq bo'ladl. Silindrdagi bosim atmosfera bosimidan yuqori, ishlatilgan gazlar tashqi muhitga chiqarish klapanlari orqali porshen yordamida siqib chiqariladi. Chiqarish mobaynida silindrdagi gazlar bosimi va harorati (6-7-chiziq) kam miqdorga o'zgaradi. Takt oxiriga kelib, ya’ni porshen YCHNga yetib kelganda bosim va harorat bir- biriga mos ravishda 0,125 MPa va 325 - 625°C qiymatlarga ega bo'ladi. Silindrda ro'y beradigan jarayonlar shu tartibda ketma ket davom etaveradi. Faqat bitta takt, ya’ni yonish-kengayish asosiy ishni bajaradi, qolgan kiritish. siqish va chiqarish taktlari esa yordamchidir. Dvigatelni yurgazish uchun, uning tirsakli vali asosan, elektr dvigatel (starter) yordamida (ba’zan yurgazish dastasi yordamida) aylantiriladi. Dvigatel ish lay boshlaganda kiritish, siqish va chiqarish taktlari maxovikning ish yo'li taktida olgan energiyasi hisobiga amalga oshiriladi. 1.5-chizma, II shaklda bir silindrli dvigateldagi ta'sir etuvchi kuchlar chizmasi ko'rsatilgan. Gazlar bosimi va porshen inersiyasi yig'indisiga teng bo'lgan P' kuchi, ish yo'lida ikkita N va S kuchlarga ajratiladi.
1.5-chizma. To‘rt taktli dizelning ishlash chizmasi: } silcli, laktJar; d-kiritish, A siqish. d-yomsh vakengayish, e-chiqansh; Пknvoship-shanin mexamzmidagi kuchlar chizmasi: /-kirituvchi klapan, 2-fnreunka, J-chiqarish klapani, 4-pon;hen; 5-yuqori bosimli yonilg'i nasosi.
N kuchi porshenni silindr devorlariga bosadi, S kuchi esa shatun orqali tirsakli valga uzatiladi. Tirsakli valning shatun bo’yniga ta’sir etuvchi S kuchi ikkita tashkil etuvchilarga, ya’ni shatun bo’yniga (krivoshipga) tik yo’nalgan Кhamda shatun bo’yniga (krivoshipga) perpendikular (urinma sifatida) yo’nalgan T kuchlarga ajratiladi. T kuchi tirsakli valga Rra teng yelka bilan ta’sir etadi, natijada T R momenti, ya’ni dvigatel- ning aylanuvchi momenti hosil bo’ladi. Ushbu aylanuvchi moment tirsakli valning aylanishiga sababchi bo’ladi va u transmissiya mexa- nizmlari OTqali yetaklovchi g’ildiraklarga uzatiladi. Natijada avtomobil harakatga keladi. S kuchining ikkinchi tashkil etuvchisi bo’lgan Кkuchni esa tirsakli valning o’zak podshipniklari o’ziga qabul qiladi. Bir silindrli to’rt taktli dvigatellarda ish yo’li tirsakli valning ikki marta aylanishida bir marta amalga oshadi. Shuning uchun tirsakli val, maxovik mavjudligiga qaramasdan, notekis aylanadi.