To‘rt taktli karburatorli dvigatelning ish sikli. Bunday dvigatellarda taktlar ketma-ketligi xuddi dizelning ish siklidagi kabi bo'lsa-da, quyidagi ayrim xususiyatlar bilan ajralib turadi: Kiritish taktida silindrga, benzin bug'i va havodan (yoki gazsimon yonilg’i va havodan) iborat bo’lgan yonuvchan aralashma kiritiladi. Takt so’ngida, ya’ni porshen YCHNga keiganda silindrdagi bosim 0,08 - 0,09 MPa ga, harorat 45 - 105°C ga teng bo’ladi.
Karburatorli va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda siqish darajasi
dizcl dvigatellarga qaraganda birmuncha kichik, ya'ni 6 - 10 ga teng bo’ladi. Shu boisdan yonuvchan aralashmaning bosimi va harorati siqish taktining oxirida mos ravishda 0,9 - 1,5 MPa dan va 325 525°C dan ortmaydi. Siqish taktining yakunida, ya’ni porshen deyarli YCHNga
kclganda yonuvchan aralashma elektr uchquni bilan yondirib yuboriladi. Yonisb paytida bosim 3,5 - 6,0 MPa, harorat esa 2025 - 2425°C ntrofida boladi. Dizeldagi kabi, kengayish jarayonining oxirida chiqarish klapani ochila boshlaydi va bosim keskin pasayib ketadi. Porshen PCHNga yetib kelganda silindrdagi bosim 0,4 0,6 MPa ni, harorat esa 1125 - 1425°C ni tashkil qiladi. Chiqarish takti ham xuddi dizeldagi kabi amalga oshadi. Silindrdagi gazlar bosimi 0,102 0,120 MPa gacha, harorat esa 625 - 825°C gacha pasayadi.
Shunday qiiib, yonuvchan gaz aralashmasini hosil qilish va ularni alanga oldirish usuliga qarab porshenli avtomobil dvigatellari ikkita guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga, yonuvchan aralashma ichkarida (silindrda) hosil qilinib, silindrda yuqori darajada siqish natijasida qizigan havo bilan aralashib, o‘z-o‘zidan alangalanib ketuvchi (dizel) dvigatellar kirsa, ikkinchi guruhga yonuvchan aralashma tashqarida (karburatorda) hosil qilinib, silindrda uchqun yordamida alangala- nadigan (karburatorli va gaz bilan ishlaydigan) dvigatellar kiradi. Dizellar, yonilg'i sarf qilish bo'yicha karburatorli va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarga qaraganda ancha tejamkor hisoblanadi. Bunga siqish darajasining yuqoriligi hamda yongan gazlarning ko‘proq kengayishi asosiy omil hisoblanadi. Bulardan tashqari, dizellar nisbatan arzon bo‘lgan neft yonilg'ilarini iste’mol qiladi va yong‘inga birmuncha xavfsiz bo ladi. Dizel dvigatellarni ishlab chiqarish karburatorli dvigatellarga qaraganda (1,5- 2,0 marta) qimmat turadi, shuningdek, ularning oghrligi va o'lchamlari ham katta bo'ladi. Shuning uchun ular yuk ko'taruvchanligi yuqori bo'lganМАЗ, КрАЗ, КамАЗavtomobillariga o'rnatiladi. Yaqin kunlarda dizel dvigatelli ГАЗva ЗИЛavtomobillarini ko'plab ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.