AVTOMOBILNING UMUMIY TUZILISHI AVTOMOBILLARNING TASNIF1 (KLASSIFIKATSIYASI) VA TEXNIKAV1Y TAVSIFI (XARAKTERIST1KAS1) Avtomobillar hamda avtomobil transportida foydalaniladigan tirkama vositalari birgalikda harakatlanuvchi avtomobillar tizimini hosil qiladi. Bu tizim vazifasiga ko‘ra maxsus, yuk tashuvchi va yo‘Iovchi tashuvchi qismlarga bo‘linadi. Yuk tashuvchilarga yuk avtomobillari, shatakchi, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; yo'lovchi tashuvchilarga - yengil avtomobillar, avtobuslar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; maxsus tarkibga maxsus jihozlangan, transport ishlariga mo‘ljallangan avtomobillar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar kiradi (o‘t o‘chiruvchi, avtokranlar va boshqalar). Yuk tashishga mo‘ljallangan harakatlanuvchi tarkib, foydalanish holatiga ko‘ra umumiy va ixtisoslashtirilgan guruhlarga boMinadi. Umumiy guruhga kiruvchi yuk avtomobillarining kuzovi tashlama devorli (bortli) platforma shaklida bo'ladi. Ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari kuzovi esa faqat ma'lum yuklarni tashishga moslashtirilgandir (samosval, furgon-, sisterna va boshqalar). Yuk avtomobillari ruxsat etilgan maksimal massasi bo'yicha yettita klassga bo‘linadi: 1,2 tonnagacha; 1,3 - 2,0; 2,1 - 8,0; 9,0 - 14; 15 - 20; 21 - 40; 40 tonnadan yuqori. Sochiluvchan (qovushqoq) yuklarni tashishga moslashtirilib, o‘zi ag daradigan kuzov bilan jihozlangan yuk avtomobillari samosval- avtomobillar deb, tirkama yoki yarim tirkamalarni sudrab yurishga moslashtirilganlari esa shatakchi-avtomobillar deb ataladi. Agar avtomobil yoki shatakchi-avtomobil yolg‘iz o‘zi bir yoki bir necha tirkamalarni sudrasa, bunday transport vositalari tizimi avtopoyezd deb ataladi. Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmiga ko‘ra quyidagi turkumlarga bo'linadi: juda kichik (1,2 l.gacha), kichik (1,3-1,8 I), o’rtacha (1,9-3,5 1), katta (3,5 l.dan katta), juda katta (chegaralanmagan) Avtobuslar yo'lovchi tashuvchi avtomobillar tarkibiga kirib, sakkizta va undan ortiq o‘rindiqqa ega bo'ladi. Uzunligiga qarab avtobuslar: juda kichik (5 m. gacha), kichik (6,0-7,5 m), o'rtacha (8,0-9,5 m), katta (10,5-12 m), juda katta (qo'shaloq) (16,5 m va undan uzun) bo'lgan turkumlarga ajratiladi. Avtomobillarning barcha turlari esa har xil yo'IIarda harakatlanish xususiyatiga qarab ikki guruhga bolinadi: tabiiy (normal) o‘tuvchan- likka ega va o'tuvchanligi yuqori bolgan avtomobillar. Birinchi guruhga kiruvchilar qatnov uchun moslashtirilgan yo'llarga mo'ljallangan bo'lib, bitta yetaklovchi most - (most-avtomobil shassisining o'qlar o'rnatilgan qismi) ko‘prikka ega. Ikkinchi guruhdagilar esa o‘ta qiyin yollardan ham yura oladigan avtomobillardir. Ular yo‘l bo'lmagan joylarda ham harakatlana oladi. Bu avtomobillarning barcha g'ildiraklari yetaklovchi- dir. Avtomobillarni yuqoridagi belgilariga qarab farqlash uchun g'ildirak formulasi deb ataluvchi parametrdan (kattalikdan) foydalaniladi Bu parametr avtomobil g'ildiraklarining umumiy miqdorini hamda yetaklovchi g'ildiraklar sonini ifodalaydi va ko'paytma ko'rinishida yoziladi, ya’ni 4x2, 4x4, 6x4, 6x6 va h.k. Bu yerda birinchisi g‘ildiraklarning umumiy miqdorini, ikkinchisi esa yetaklovchi g'ildiraklar miqdorini bildiradi. Yuqoridagi 4x4, 6x6 belgilashlar o‘ta qiyin yo'llardan ham yura oladigan avtomobillarga taalluqlidir. Har bir avtomobil zavodi avtomobilning asosiy (bazaviy) modelini hamda undan ayrim ko'rsatkichlari va konstruksiyalari bilan farq qiladigan modifikatsiyalarini ishlab chiqaradi. 1966-yilgacha avtomobil modelini belgilashda zavodni ifodalovchi harflardan va modelga berilgan raqamlardan foydalanilgan. Misol uchun, ЗИЛ-130 yozuvi quyidagilarni ifodalagan: Lixachev nomli zavod, 130-ishlab chiqarilgan model raqami. Barcha zavodlarga modellami belgilash uchun raqamlar guruhi ajratilgan edi. Gorkiy avtomobil zavodiga ( ГАЗ) 99 gacha bo‘lgan raqamlar, 3HJTga esa 100 dan 199 gacha bo’lgan raqamlar berilgan va h.k. Lekin, zavodlar va ishlab chiqarilayotgan modellar raqamining ortishi bilan bu belgilashlar davr talablarini qanoatlantirmay qo'ydi. Natijada harakatlanuvchi tarkibni belgilash uchun yangi tizim (indeksatsiya) muomalaga kiritildi Ushbu belgilash tizimi ham oldingiga o‘xshash bo'lib, zavod nomini ifodalovchi harflardan va to'rtta yoki beshta raqamdan iborat. Birinchi raqam avtomobil sinfini, ikkinchisi avtomobil turini, uchinchi va to’rtinchisi model raqamini. beshinchi raqam esa (agar qo'yilgan bolsa) modifikatsiyaning tartib raqamini ifodalaydi. Ikkinchi raqam, avtomobillami vazifasiga ko‘ra yoki ixtisoslashti- rilganligiga qarab ajratish imkonini beradi: 1 - yengil avtomobillar, 2 - avtobuslar, 3 - yuk avtomobillari, 4 - egarsimon shatakchilar, 5 - samosvallar, 6 sisternalar, 7 - furgonlar, 8 zaxira (rezerv), 9 - maxsus avtomobillar. Dastlabki ikki raqam (indeks) bo'yicha avtomobillami belgilash tizimi quyidagi umumiy ko‘rinishga ega:
Indeksatsiyalashning yangi tizimi bo‘yicha avtomobillami belgilanishiga oid misollarni ko‘rib chiqamiz: Kamsk avtomobil zavodining bortli avtomobili, ruxsat etilgan eng yuqori massasi 15184 kg, yigirmanchi model КамАЗ-5320; Gorkiy avtozavodining yengil avtomobili dvigateiining ish hajmi 2,445 1, ikkinchi model - ГАЗ- 3102; Pavlov avtozavodining avtobusi, uzunligi 7,15 m, birinchi model - ПАЗ- 3201. Avtomobilning texnikaviy tavsifi. Avtomobilga zavod tomonidan ilova etiladigan ko'rsatmada uning texnikaviy tavsifiga doir ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar quyidagi asosiy ko'rsatkichlardan iborat bo‘ladi: g'ildirak formulasi; tonna (kg) bilan ifodafangan nominal yuk ko'tarish qobiliyati yoki o’rinlar soni; tonna (kg) bilan ifodalangan ruxsat etilgan eng yuqori massa; m (mm) bilan ifodalangan gabarit o'lchamlari; dvigatel turi va uning modeli; to‘la yuk bilan eng katta tezligi (km/s); 100 km. ga yonilg‘i sarfi (I). Aytib o'tilgan ko‘rsatkichlardan tashqari, texnikaviy tavsifnomada (I.l-jadvaJ) dvigatel va uningtizimi, transmissiya, g'ildiraklar va osmalar, boshqarish tizimi, elektr jihozlar, kabina, kuzov, qo'shimcha jihozlar, yonilg‘i idishining (bakining) hajmi hamda rostlash va nazorat qiiish to‘g‘risida ham qisqacha ma’lumotlar keltiriladi.
I. I-jadval Ayrim asosiy avtomohillarning qisqacha texnikaviy tavsifnomasi
Нагqanday avtomobil konstruksiyasida uch asosiy qismni ajratish mumkin: dvigatel, shassi va kuzov. Dvigatel yongan yonilg'ining issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradi. Avtomobil shassisi aylantiruvchi lahzani (momentni) dvigateldan yetaklovchi g‘ildiraklarga uzatuvchi mexanizmlarni bir butun qilib birlashtiradi hamda dvigatel, kuzov, g‘ildiraklar va ko'priklarni, osmalar va boshqarish tizimlarini joylashtirish uchun asos bollib xizmat qiladi. Shassi tarkibiga uch turkum mexanizmlar kiradi: transmissiya, yurish qismi va boshqarish mexanizmlari. Avtomobil transmissiyasi aylantiruvchi lahzani bir zumda o'zgartirgan holda dvigateldan yetaklovchi g’ildiraklarga uzatib beradi.