«avtomobilsozlik» fakulteti «metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi «metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti»TA


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 482,73 Kb.
səhifə11/16
tarix07.01.2024
ölçüsü482,73 Kb.
#207922
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kurs ishi

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-may,
440-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 440-son qaroriga
1-ILOVA
2019 ― 2023-yillar davri uchun o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish
KONSEPSIYASI
Taraqqiyotning bugungi bosqichida mahsulot sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligi iqtisodiyot tarmoqlarini jadal va barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarishning rentabelligi va samaradorligini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va davlat boshqaruvida qo‘llanadigan o‘lchash natijalarining aniqligi, xolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini ta’minlamasdan, qayd etilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida respublika korxonalari tomonidan texnologik jarayonga zamonaviy uskunalarni, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini nazorat qiladigan o‘lchash priborlarini joriy etish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda.
Respublikada o‘lchash texnikasi miqdori va yangi turlarining ko‘payishi tendensiyasini hisobga olgan holda, metrologik faoliyat va uning infratuzilmasining takomillashishi doimiy ravishda O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlarga va mahalliy ishlab chiqarish, ayniqsa, kichik biznes korxonalarini va xususiy tadbirkorlikni eng qulay rivojlantirish sharoitlariga mos bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda, zarur metrologik infratuzilma yaratilgan. Qonun hujjatlariga muvofiq yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan va o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradigan milliy metrologiya organi — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarlik qiladigan davlat metrologiya xizmati faoliyat yuritmoqda.
(beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Shu bilan birga, o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalarning samarali hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan alohida muammoli masalalar va salbiy hodisalar saqlanib qolmoqda. Xususan:
o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish masalalari hali to‘liq hal etilmagan;
o‘lchash vositalari tavsiflarini baholash taribotlarining qonuniyligini ta’minlash, shuningdek, ularni muomalaga kiritishda ham, ulardan foydalanish jarayonida ham, davlat tomonidan tartibga solinadigan sohada ularning yaroqliligini tasdiqlash masalalarining huquqiy tartibga solinishini qo‘shimcha takomillashtirish zarurati mavjud;
respublikaning mavjud etalonlar bazasi alohida o‘lchash turlari bo‘yicha yuqori aniqlikdagi priborlarni metrologik tekshiruv bilan to‘liq qamrab olishga imkonini bermaydi, bu esa ularni xorijiy metrologik institutlarga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi;
o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimining ishlash jarayonida vazifalarni sifatli bajarishga qodir bo‘lgan malakali metrolog-mutaxassislar yetishmasligi kuzatiladi;
qo‘llanayotgan o‘lchash vositalari parkining tuzilmasi va hajmini monitoring va tahlil qilish yagona tizimi mavjud emasligi jiddiy muammo hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida, davlat va jamiyatning o‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tadqiq etish va prognoz qilish mexanizmi va metodologiyasini ishlab chiqish imkonini bermaydi.
Zamonaviy jamiyatda ko‘pgina faoliyat sohalarida milliy va xalqaro ehtiyojlar bir-biriga yaqinlashadi va shuning uchun metrologiya va metrologik faoliyat sohasidagi milliy siyosat hamda mamlakat iqtisodiyoti xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlaydigan va savdoda to‘siqlar yuzaga keltirishiga yo‘l qo‘ymaydigan darajada rivojlanishi kerak.
Shu maqsadda har bir mamlakat o‘zida o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalarini mujassam etgan, shuningdek, obyektlar, o‘z vakolatlari doirasida o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasidagi ishlarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari va yuridik shaxslarni ifoda etadigan o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Shu munosabati bilan hozirgi paytda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, O‘zbekistonning o‘rnatilgan huquq tartibi va iqtisodiyotini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish bir tomondan, o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining keyingi yo‘nalishlarini belgilash, ikkinchi tomondan esa — mamlakatda metrologik infratuzilmani va uning ishlash prinsiplarini takomillashtirish zaruratini belgilaydi.
Yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasi xorijiy mamlakatlarning o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimlarini yaratish tajribasini hisobga olgan holda, Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining ko‘rsatmalari va tavsiyalariga muvofiq 2019 ― 2023-yillar davri uchun o‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqardi.

Respublikada o’lchashlar birligini ta`minlash bo’yicha munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida hukumat qarorlari.


Bizning Respublikamizda yuqori davlat hokimiyati dalolatnomalari bo’lib Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan qonunlar hisoblanadi. Respublikamizning asosiy qonuni – O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidir. Alohida sohalarda qonunlar majmuasi kodekslar deb nomlanadi. Mehnat haqida qonunlar kodeksi, jinoyat kodeksi va boshqalar. Qonuniy metrologiyaning asosiy dalolatnomalaridan biri bo’lib sifatsiz, standartlarga yoki texnikaviy shartlarga nomuvofiq maxsulotni qayta–qayta yoki katta o’lchamda ishlab chiqarish uchun jinoiy jazoni ko’zda tutuvchi jinoyat kodeksining muvofiq moddasi hisoblanadi.
Metrologiya bo’yicha qonuniy dalolatnomalar bo’lib hukumat qarorlari hisoblanadi. Ulardan birinchisi 1918 yilda “O’lchovlar va og’irliklar xalqaro metrik tizimini joriy etish haqida”gi dekret bo’lgan. 1942 yilda “Davlat qiyoslashi va tamg’alanishi majburiy bo’lgan tekshirish o’lchash asboblari va o’lchovlar haqida”gi qaror chiqdi. 1983 yilda qonuniy metrologiya sohasida hukumatning eng muhim qarorlari “Mamlakatda o’lchashlar birligini ta`minlash haqida”gi qaror bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 29 aprelda 211 – sonli “O’zbekiston Respublikasi standartlar metrologik qoidalar va o’lchashlar birliligi ustidan davlat nazorati haqidagi qonunni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorni nashr qildi, bunda esa O’zbekiston Respublikasida standartlar va o’lchash vositalari ustidan davlat nazoratining asosiy vazifasi mahkamaviy bo’ysinuvi va mulk shaklidan qat`i nazar vazirliklar, idoralar, korxonalar va turli tashkilotlar tomonidan ta`minlashi va amal qilishi ekanligini ko’zda tutadi.
1993 yil 2 martda O’zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasida standartlash bo’yicha ishlarni tashkil qilish haqida”gi 93-sonli qaror qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e`lon qilinishi munosabati bilan, Respublikada standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratishning asoslari qurildi.
SHu munosabat bilan sobiq Davstandartning Respublika hududida joylashgan tashkilotlari bazasida O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi (O’zdavstandart) tashkil qilindi.
Bu qarorda Respublika hududida standartlashtirish ob’yektlariga qo’yiladigan talablarni aniqlovchi me`yoriy hujjatlar toifasi oldindan kelishib olindi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimining asosiy prinsiplari va O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi haqidagi asosiy tizimlar tasdiqlandi.
1993 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan Respublikada metrologiya bo’yicha faoliyat Davlat boshqaruvini tartibga soluvchi “Metrologiya to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
2002 yilda O’zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Standartlashtirish, metrologiya va maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishni takomillashtirish bo’yicha choralar haqida”gi 342-sonli qaror qabul qilindi. Bu qarorda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikstlashtirish markazi (O’zdavstandart) ni O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi)ga aylantirish haqida qaror qabul qilindi.


Me`yoriy hujjat – standartlash ob’yektlariga qo’yiladigan talablarni belgilovchi, faoliyatning aniq sohalarida bajarilishi majburiy bo’lgan, o’rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va nufuzli idora tomonidan tasdiqlangan hujjat.



Yüklə 482,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin