Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash


Texnologik jarayon to‘g‘risida tushincha



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə10/21
tarix17.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#99098
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

5.2.Texnologik jarayon to‘g‘risida tushincha


Avtomobil yoki uning birikmalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ma’lum texnologiya asosida bajariladi.
Avtomobillarning ishlash qobiliyatini ta’minlash maqsadi-da, uning texnik xolatini o‘zgartirish uslullarining majmui texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologiyasi deb tushiniladi.
Texnik talablar va rejaga asosan ma’lum bir ketma-ketlikda avtomobil(agregat) ustida ma’lum ish va amallar majmuasini bajarishga texnologik jarayon deyiladi. Avtotransport korxonalarida texnologik jarayonning xar-xil variantlaridan foydalaniladi. Bu variantlardan biri 5.2-rasmda keltirilgan.


5.2-rasm. Avtotransport korxonasida texnologik jarayonni tashkil qilinish variantlaridan birining shakli


Tanlab olingan texnologik jarayon quyidagilarni ta’minlashi lozim:



  1. kamxarajatlilik va mehnat xovfsizligi;

  2. bajarilgan ishning yuqori sifati;

  3. bajarilayotgan ishlar uchun shaxsiy javobgarlik;

  4. profilaktik tadbirlarning solishtirma qismini ko‘paytirish, shu jumladan oldindan ta’mirlash ishlari;

  5. TXK va JT ning rejim va me’yorlarini muqobillashtirish;

TXK va JT ishlarini bajarish uchun maxsus loyixalash tashkilotlari tamonidan namunaviy texnologiyalar ishlab chiqiladi. Bu texnologiyalardan har bir aniq korxona uchun, ularning o‘z ekspluatatsiya toifalari iqlim sharoitlari va korxonadagi mavjud texnik negizlar hisobga olingan holda o‘zgartirishlar kiritilib foydalaniladi.


TXK ning namunoviy texnologiyalari, ulardan foydalanishda juda kam o‘zgartiriladi. Chunki TXK ning barcha turlari bo‘yicha, o‘tkazilish davrlari, jami agregatlar va qismlar bo‘yicha bajariladigan ishlar va ularning mehnat hajmi belgilangan bo‘lib, o‘zgartirilmay bajariladidi.
Texnologik jarayonning variantini tanlashda, albatta u yoki bu ishlab chiqarish joylari(uchastkalari), diognostikani mavjudligi va ularning korxona xududida joylashishi, jixozlanish darajasi, texnik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish uslublari hisobga olinishi zarur.
Texnik xizmat ko‘rsatish texnologik jarayonlariga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki har bir xizmat ko‘rsatish davri va undagi ish hajmi hamda birikma va agregatlar bo‘yicha bajariladigan ishlar doimiydir.
Joriy ta’mir texnologik jarayonlariga tuzatish kiritish maqsadga muvofiqdir, chunki avtomobillarning ishdan chiqishi vaqt, joy va ish hajmi bo‘yicha ehtimoliy hisoblanadi.
Korxonaning umumiy texnologik jarayoni TXK turlari va ta’mirlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlarning texnologik jarayonilardan tashkil topadi. Bular esa o‘z navbatida bajarilayotgan operatsiyalardan iboratdir.
Operatsiya - avtomobil yoki uning qismlariga bir ishchi postida, bir yoki bir necha bajaruvchilar tomonidan bajariladigan texnologik jarayonning yakunlangan qismi.
Operatsiyaning ishlatiladigan jihoz yoki asboblarni o‘zgartirmasdan bajariladigan bir qismiga o‘tish deyiladi.
Ishlarni eng qulay ketma-ketlikda bajarish uchun texnik xujjatlardan, ya’ni texnologik xaritalardan, zavod ko‘rsatmalaridan, texnik shartlardan foydalaniladi.
TXKvaJT texnologik jarayoni ishchi postlarida va ish o‘rnilarida bajariladi.
Ishchi posti - TXK jihozlari, yordamchi uskunalar o‘rnatilgan va avtomobil uchun joy ajratilgan, bir yoki bir necha ish o‘rnilaridan iborat bo‘lgan muhit.
Ish o‘rni - ma’lum bir ishni bajarish uchun texnologik uskunalar, yordamchi jihoz, moslama, qurilma va asboblar bilan jihozlangan bir ishchining mehnat qilish muhiti.
TXK va JT texnologik jarayoni, ATK ning ishlab chiqarish texnika negizida texnologik va operatsion xaritalar, post xaritalari, xarita-sxemalar TXK uchun qo‘llanma, JT uchun qo‘llanma va boshqa turdagi hujjatlar ishlatilib tashkil qilinadi.
Texnologik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil qilish, kam mablag‘ sarflashni, mehnat xavfsizligini, ishchilarni kamroq ko‘chib yurishini, ishchilar va ishchi postlariga mehnat hajmini bir xil taqsimlanishini, hamda biriktirilgan operatsiyalarni sifatli bajarilishini ta’minlaydi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin