BOShLI/I |
|
IShLAB ChI+ARISh BO‘LIMI
BOShLI/I
|
KXK
|
|
KB-1
|
|
KB-2
|
|
KB-3
|
|
AGREGAT TA’MIRLASh
|
-
TXK va JT ishlarini kompleks brigadalar usulda tashkil etish
TXK va JT ishlari markazlashgan holda olib boriladi. Brigadalar alohida-alohida mutahassisliklarga ega bo‘lgan ishchilar bilan komplektlanadi. Bu usulda ham, har bir ishchining javobgarligi sezilarli darajada emas, JT ishlarini hajmi oshadi. Oqimiy usulni tashkil qilish qiyinlashadi. Barcha moddiy texnika materiallari brigadalar orasida bo‘linib ketadi, bu o‘z navbatida ulardan samarasiz foydalanishga olib keladi. Bu usulning qulayligi, TXK va JT ishlarini bajarishdagi javob- garlik brigada zimmasiga tushadi.
Agregat uchastka usulida TXK va JT ishlari avtomobilning qismlari bo‘yicha uchastkalarga bo‘lib beriladi. Ishlab chiqarishdagi ishchilar ham o‘z navbatida uchastkalarga bo‘linib, ular TXK, JT ishlarini bir yoki bir necha agregatlar bo‘yicha bajaradilar. Uchastkalarning soni, ATK ning katta-kichikligini qarab 4 tadan 8 ta gacha bo‘lishi mumkin, masalan:
1-uchastka - dvigatellarga TXK va JT.
2-uchastka - ilashish muftasi, uzmalar qutisi, qo‘l tormozi, kordan uzatmasi, radiator.
3-uchastka - oldi ko‘prik, rul boshqarmasi, orqa ko‘prik, tormoz tizimi, podveskalar.
4-uchastka - elektrojihozlar va ta’minlash sistemasi.
5-uchastka - rama, kabina, kuzov, issiqlik sexi ishlari.
6-uchastka - shinalar.
7-uchastka - chilangar-mexanik ishlar.
8-uchastka - yuvish-tozalash ishlari.
Ishni bu usulda tashkil qilish, ishlab chiqarishdagi barcha uskuna, jihozlarni, ehtiyot qism, materiallarni sarfini hisobga olishni osonlashtiradi, hamda TXK va JT varag‘i asosida, bajarilgan ish turi va bajaruvchi to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi.
Bu usul texnik hodimlarni ishga bo‘lgan qiziqishini, javobgarligini va texnik xizmatning samaradorligini oshiradi.
Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, to‘liq avtomobil uchun hech kim javob bermaydi, balki alohida-alohida qismlar uchun javob beriladi.
Hozirgi vaqtda bu usul takomillashib, brigada nazarida tusini olyapti va shu brigada ma’lum guruh avtomobillarning texnik holati uchun javob beradi. Bunda brigadalarga oxirgi natija bo‘yicha haq to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: |