Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə18/21
tarix17.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#99098
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

Kafolatlovchi ko‘rsatmalar





Tashkiliy, texnik, texnologik, va xakozo tadbirlar majmuisi



Buzilmay, ishlash resurslari va


Yurgan yo‘llari, kunlari va xokozo

Avtoservis xizmatini xuquqiy va me’yoriy ta’minlovchi xujjatlar tizimi.

O‘zbekistonda «O‘zavtosanoat korparatsiyasi» va «O‘zDEUavtoKo» avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risida «NIZOM» va aholi avtomobillariga xizmat ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqilgan.


Nizomda avtomobillarni texnik xizmati va ta’miri asoslari va me’yorlari, va shuningdek ularni avtotexxizmat korxonalarida tashkil etish bo‘yicha tavsiyanomalar keltiriladi. Nizomni asosi qilib avtomobillarni texnik holatini ta’minlovchi ma’lum bir strategiya tanlab olinadi.
+oidada esa mijoz bilan ijrochi orasidagi aloqalarni, tarkiblarni xuquqiy me’yorlari keltiriladi. Shu jumladan:
a) buyurtmani bajarish muddati:
-TXK va davlat texnik qaroviga tayyorlash - 2 kun;
-joriy ta’mirlash - 15 kunga qadar;
-kuzovni to‘la bo‘yash (eskisini olib tashlab) - 15 kunga qadar;
-kuzovni to‘la tiklash va bo‘yash - 45 kunga qadar;
b) sifatni kafolati:
-TXK - kamida 10 kun;
-avtomobilni, agregatni, uzelni joriy remonti - 30 kun;
-kuzovni bo‘yashga - 6 oy
-agregatni qayta tiklash - 6 oy, yurgan yo‘li 15 ming km. ga qadar;
Xuquqiy-me’yoriy xujjatlar ko‘p bo‘lgani bilan amalda xali sifat masalasida ko‘p muammolar xal bo‘lmayapti.


6.4.Avtomobillarga firma usulida xizmat ko‘rsatish


Firma usulida xizmat ko‘rsatish avtoservis xizmatining birlamchi usullaridan biri bo‘lib, u avtomobillarni ishlab chiqarish va xaridorlarga sotish bilan bog‘liqdir. Chunki, avtomobillarni sotib olayotgan xaridorlar sotuvchidan avtomobillarni ishonchli ishlashini, buzulgan xollarda tuzatib berishlari va ishdan chiqqan qismlarini almashtirish uchun ehtiyot qismlar bilan ta’minlashni kafolatlashlarini talab qiladi. Bunday talablarni bajara olishni kafolatlay oladigan avtomobilsozlik sanoati tomonidan tashkil etilgan avtoservis xizmati bugungi kungacha yashab, rivojlanib kelayapti va uning nomi «Avtomobillarga firma usulida servis xizmat ko‘rsatish» deb ataladi. Firma usulidagi servis xizmati quyidagi xususiyatlarga egadir:
-har bir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya faqat o‘z mahsulotlari bo‘lgan avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etadi;
-servis xizmati avtomobillar dunyoning qaerida sotilsa o‘sha yerida tashkil etiladi;
-xizmat to‘la shaklda, ya’ni avtomobillarni sotishdan tortib to TXK va ta’mirlashni barcha turlari bajariladi, shuningdek ehtiyot qismlar, ta’mirlash materiallari bilan to‘liq ta’minlanadi;
-servis xizmat ko‘rsatuvchi va firma usulida ishlovchi barcha korxonalar (avtomarkazlar, diler stansiyalari, maxsus ustaxonalar va h.k.) o‘z kompaniyalari tomonidan zarur texnologik jihozlar asbob-uskunalar, texnik va texnoogik xujjatlar bilan to‘la ta’minlanadi;
-kompaniya o‘z avtoservisi korxonalari uchun hamma kadrlar va mutaxassislarni tayyorlaydi va ularni kasbiy malakalarini daimo oshirib turadi. Avtomobilsoz kompaniyalar o‘zaro tashkil etgan avtoservis tizimiga juda katta e’tibor va jiddiylik bilan qaraydilar. Chunki bu tizimlar avtomobilsozlarni o‘z mijozlari, ya’ni avtomobillarni sotib oluvchi va ishlatuvchilar bilan bog‘lovchi muhim vazifani bajaradilar, o‘z kompaniyalari avtomobillarini reklama qiladilar, servis xizmati ko‘rsatishdagi mijozlar uchun yaratilgan qulayliklarni maqtaydilar, xullas kompaniyaning xaqiqiy jonkuyarlari ekanliklarini namoyish qiladilar. Kompaniyalarning avtomobillar bozorlaridagi mavqei, tijoriy ishlarining muvaffaqiyati aynan shu servis xizmati tizimining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Bu servis xizmatini firma usuli deb atalishini sababi esa, har bir avtomobilsoz kompaniya avtoservisining o‘ziga xosligi, boshqa kompaniyalar servisidan biron-bir jihati bilan ajralib turishidir. Albatta bu o‘ziga xosliklar birinchi navbatda mijozlarning manfaatlari uchun xizmat qilishi shart.
Firma usulida ishlovchi avtoservis xizmatini tashkil etish avtomobilsoz kompaniyalar uchun oson bo‘lmay, kompaniya mutaxassislari katta hajmdagi iqtisodiy-tashkiliy masalalarni taxlil va hisob-kitob qilib chiqadilar, so‘ngra firmaviy usulda avtoservis xizmati tashkil qilinishining quyidagi variantlaridan birini tanlab oladilar:
-avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan maxsus shartlar asosida ishlovchi, asosiy faoliyati boshqa soxa bo‘lgan (sug‘urta kompaniyalari, AYo+Sh egalari va boshqa firmalar yordamida servis xizmatini tashkil qilish);
-olib-sotuvchi firmalarning maxsus tayyorgalikdan o‘tgan mutaxasislari tomonidan tashkil qilish;
-avtomorbillar sotuvchi agentlar (dilerlar) yordamida (Reno, Fransiya);
-avtomobillarning ayrim qismlarini va tizimlarini (motor, elektr jihozlar, shinalar, akkumulatorlar va h.k.) ishlab chiqaruvchi firmalar tashkil etgan servisdan foydalanish (masalan: AKShda-dizel-motor chiqaruvchi firmalar Katerpiller, Kammins, Dizel-Detroyt, internatsional, Mak, FRGda - Raba Man, Porshe, Rossiyada-Russkiy uzel, avtomatik uzatmalar ishlab chiquvchi kompaniyalar-Amerikan Xonda motor, Kraysler, Ford motor, Djeneral motor, Nissan va h.k.).
-mahsulotlar ishlab chiqaruvchi avtomobilsoz kompaniyalarning firmalari orqali tashkil etilgan avtoservis xizmati (AvtoVAZ, UzDEUavtoKo).
Bu usullarning har biri o‘z afzallik va kamchiliklariga ega bo‘lib, ulardan qaysi birini qo‘llash murakkab taxliliy ishni talab etadi. Ammo qaysi usulni qo‘llashdan qat’iy nazar sotuvchi avtomobil sifatiga javob beradi, bu esa tijorat muvoffaqiyatining kalitidir.
Avtomobillarga firma usulida servis xizmat ko‘rsatishning quyidagi 8 ta qoidasi ayniqsa muhimdir:
1-strategiya tanlash. Har bir bozor uchun mijozlar kanday xizmatlarni talab etadi, avvalo shuni aniqlash (marketing) ga e’tibor beriladi.
2-mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, ular uchun qulayliklar yaratish. Agar mijozlar talabi ko‘p jihatdan qondirilmasa ularni ko‘ngli sovib ketishiga qarshi choralar qidirish, qo‘shimcha xizmatlar tashkil etish (vidio, kinofilmlar namoyish qilish, kurgazmalar tashkil etish va h.k.)).
3-xizmat korxonasini o‘z xodimlariga bo‘lgan aniq va ravshan talabi. Xizmat xodimlarining barchasi uchun barobar zarur bo‘lgan namunaviy (standart) xizmat qoidasini joriy etish.
4-uzluksiz ta’minlash tizimini yaratish.
5-servis xizmati xodimlari malakasini doimo oshirib borish, o‘qitish.
6-maqsad-nuqsonsiz ishlashga erishish. Servis xizmati elementlari sonini mumkin qadar kamaytirish, ya’ni buyurtma qabul kilingandan to u egasiga topshirilgunga qadar.
7-mijoz xizmatni baholovchi eng ishonchli xakam. Ularning fikrlarini o‘rganish va iloji boricha hisobga olish.
8-ijodga yul ochish. Hozirgi servisning shiori "Mijozga ko‘proq xizmat ko‘rsatish". Unga avtomobil sotish, u bilan aloqa o‘rnatilishini boshlanishidir. Servis xizmatining yangi usullarini doimo izlash.

Servisning muhim elementlaridan biri bu texnik xujjatlardir. Bu xujjatlarning eng muhimlari: atvomobillardan foydalanish to‘g‘risida yo‘riqnomalar, TXK va ta’mirlash to‘g‘risida qo‘llanmalar, ehtiyot qismlar katalogi, kafillik xizmati to‘g‘risidagi xujjatlar hisoblanadi. Ularni istemolchilar tilida sodda va ravon usulda ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir.


6.5.Avtoservis korxonalarida ishlab-chiqarishni tashkil etish


ATXKS larida avtoservis xizmat turlarining eng muhimlari avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash hisoblanadi. Xizmatni boshqa turlari tijorat va texnik axamiyatga ega bo‘lsada, shu ikki xizmatga yuldosh sifatida bajariladi.
TXK va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jihozlangan ishchi postlari va ustaxonalarida bajariladi.
Avtomobillarni o‘zida bajariladigan ishlar post ishlari deb ataladi va maxsus postlarda bajariladi. Avtomobillardan chiqarib olingan agregatlar, asbob-uskunalar va turli qismlar esa maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi va sozlanadi. ATXKS larda ishlab-chiqarishini tashkil etish texnologiyasi avtomobilni tozalash-yuvish-yig‘ishtirish, qabul qilish uchun ko‘rib chiqish va zarur bo‘lgan xollarda avtomobilni diagnostika postidan o‘tkazib bajariladigan ishlar hajmini oldindan taxminiy aniqlash hamda ularni bajarish shartlarini mijoz bilan kelishishdan boshlanadi. Shuni aytish zarurki, qaysi va qanday ishlarni bajarilishni tanlash va buyurish mijozning xuquqidir. Bunda, albatta servis xodimi unga malakali tushintirish yordamini ko‘rsatishi mumkin.
Mijoz bilan servis qabul qiluvchi mutaxassisi barcha asosiy masalalar (ishlar hajmi, bajarish muddati va xizmat narhi) bo‘yicha kelishilib kerakli xujjatlar to‘ldirilgandan so‘ng (texnik holat dalolatnomasi, buyurtma-naryad) avtomobil TXK yoki ta’mirlash mintaqasiga (uchastkasiga) jo‘natiladi. Birinchi navbatda ta’mirlash ishlari bajarilib so‘ngra TXK ishlari bajariladi.
Barcha buyurtma-naryaddagi ishlar bajarilib bo‘lingandan so‘ng avtomobil texnik nazoratdan o‘tkazilib egasiga topshiriladi. TXK va ta’mirlash ishlari hajmi mijozning talabi va xoxishiga qarab, o‘zgarishi, ko‘pvariantli xollari bo‘lishi mumkin. Masalan, TXK ni to‘la hajmda bajarish va ta’mirlash, TXK ni ayrim ishlari bilan ta’mirlash ishlarini bajarish va h.k.
Shuni ta’kidlash kerakki, hamma hollarda ham avtomobilni yuvish tozalash, qabul qilib ko‘zdan kechirish ishlari bajariladi, xavfsizlikni ta’minlovchi mexanizmlari va tizimlari diagnostika qilinadi, zarurat bo‘lsa chuqur diagnostika qilib so‘ng ishchi postlarga yoki kutish joylariga jo‘natiladi.
Odatda qabul qilish va texnik-nazorat qilinib egasiga topshirilish postlari birlashtirilgan bo‘lib bir joyda avtomobil bir mutaxassis tomonidan xam qabul qilinadi va xamda egasiga topshiriladi.
Ayrim ishchi postlari ba’zi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘lishlari mumkin, masalan, moylash va moylarni almashtirish posti, tormozlarni tekshirish va sozlash, oldingi g‘ildiraklarni o‘rnatish burchaklarini nazorat qilish va sozlash postlari va h.k.
TXK va ta’mirlashning barcha umumiy ishlar (sozlash, qotirish, agregatlar, qismlarni o‘rnidan ajratib olish va o‘rniga qo‘yish va h.k.) universal postlarda bajariladi va bu ishlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Kichik quvvatli stansiyalarning (2-6 postli) postlari asosan universal postlardan iboratdir. Yirik va ba’zan o‘rta quvvatli ATXKS larida avtomobillardagi mayda ta’mirlash ishlarini bajarish uchun aloxida, kirish va chiqish uchun qulay bo‘lgan joyda, maxsus postlar ajratiladi. Bunda avtomobil yuvish-tozalash va qabul qiluvchi bilan kelishgan xolda bo‘sh turgan postga kiritiladi yoki bo‘shi bo‘lmagan xolda kutib turiladi. Shu joyni o‘zida, aynan shu postda, barcha ishlar bajariladi va avtomobil chiqib ketadi.
Ba’zan, asosan chet amaliyotida, shu postlarni qatorida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish postlari xam ajratiladi, ya’ni mijoz o‘zi yoki yordamchisi bilan o‘zlari mo‘ljallangan ishlarni o‘zlari bajarib olishadi. ATXK korxonalari ishlab-chiqarish texnologiyasining muxim elementlari bu jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomotizatsiyalashtirish va komp’yuterlashtirishdir.
Mexanizatsiyalashtirish har xil turdagi mexanizatsiyalash jihozlaridan unumli foydalanish bo‘lsa, avtomotizatsiya qo‘llanilganda texnologik jarayonlar ishlarini bajaruvchi mashina yoki mashinalar jamlamasi shu ishlarni bajaribgina qolmay, balki shu texnologik jarayonni boshqarib ham borishidir. Texnologik jarayonni boshqarish insonlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dasturlar yordamida bajariladi.
Avtoservisda avtomobillarni yuvish, diagnostika qilish, ombor xo‘jaliklarini boshqarishda avtomatizatsiyani qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Komp’yuterlashtirish barcha hisob-kitoblarni olib borishda, axborotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda o‘ziga xos vositachi hisoblanadi.
Ishlab-chiqarishni tashkil qilish texnologiyasi, ya’ni barcha ishlar bajarilish ketma-ketligi va tarkibi ishlab chiqilar ekan, uning muqobil(ratsional) bo‘lishiga harakat qilinadi.
Muqobil texnologik jarayon esa quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-sodda va qulay bo‘lishi;
-hammabop(universal)ligi;
-ishlarni yakunlashga imkon berishi;
-havfsizligi;
-mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalarini keng qo‘llash.

Xammabop(universal) texnologiya deyilganda, uning ko‘p marotaba, boshqa joylarda xam qo‘llash imkoniyati mavjudligi va turli modeldagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llash mumkinligi tushuniladi.


Texnologiyani yakunlovchanligi esa, avtomobil xar bir uchastkadan o‘tgan paytda shu uchastkada mo‘ljallangan barcha ishlar to‘la bajarilishi zarurligini bildiradi.
Albatta maqsadga muvofiq(rayional) texnologiya qo‘llanilganda mehnat unumi va sifati yuqori bo‘lishligi zarur va shart. Avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalar, firmalar o‘zlarining avtomarkazlari, ATXKSlari va diler stansiyalari uchun ishlab-chiqarish jarayonlarini tashkil qilishning turli variantlarini ishlab-chiqqanlar va qo‘llaganlar.


6.6. Avtoservis korxonalarining ishlab-chikarish ustaxonalari va texnologik jihozlari

Avtoservis korxonalarining ishlab-chiqarish ustaxonalari va ularga o‘rnashtirilgan texnologik jihozlar tarkibi xamda soni ularning quvvatiga va ishlab chiqarishning ixtisoslanganligiga bog‘liqdir.
Avtomobillarga to‘la ravishda (kompleks) xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda quyidagi ishlab chiqarish uchastkalari tashkil etiladi:
-avtomobillarni yuvish va quritish;
-avtomobillarni TXK ga qabul qilish va ularni egasiga topshirish;
-maxsus diagnostika uchastkasi;
-texnik xizmat ko‘rsatish postlari;
-ta’mirlash va agregatlarni almashtirish postlari:
-kuzov elementlarini (eshiklari, kanotlari, bamperlari va h.k.) ta’mirlovchi postlar;
-agregatlar va detallarni ta’mirlovchi ustaxonalar;
-g‘ildiraklar va shinalarga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar;
-akkumulatorlarni ta’mirlovchi va zaryadloachi ustaxonalar;
-elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar;
-dvigatelning ta’minot tizimi priborlari (karbyurator, injektor, benzonasos va h.k.) ga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar;
-kuzovni ta’mirlash kompleksi (tunukasozlik, payvandlash, armatura, bo‘yashga tayyorlash, bo‘yash va quritish).

Avtomarkazlarda, yirik va o‘rta ATXKS larda yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish uchastkalarining barchasi to‘la va mustaqil ravishda tashkil etiladi. Lekin uning bir qancha variantlari xam bo‘lishi mumkin, masalan, mayda ta’mirlash ishlarini TXK postlarida yoki alohida, kirishga va chiqishga qulay bo‘lgan postlarda bajarishni tashkil qilish mumkin. Ba’zi ustaxonalar kichik ATXKS larda birlashtiriladi, masalan, akkumulator ustaxonasi elektr jihozlari ustaxonasi bilan, Ta’minot tizimi asboblarini ta’mirlash agregatlar ustaxonasida bajarilishi mumkin. Shuningdek TXK ishlari ta’mirlash ishlari bilan birgalikda bir postning o‘zida tashkil etilishi xam mumkin.


Avtomobillarni yuvish, tozalash va quritish ustaxonasi avtomobillar salonini yig‘ishtirish va tozalash, motorni va kuzovni har tomondan, shuningdek ostidan ham yuvish, kuzovni quritish va jilo berish (polirovka) ishlarini bajaradi. Zamonaviy ATXKS larda bu ishlarini bajaruvchi uchastkalar kerakli jihozlar va suv tozalagich inshoatlari bilan ta’minlanadi. Bu uchastka korxonaning quvvati va imkoniyatiga qarab mexanizatsiyalashgan yoki qo‘lda, shlang yordamida yuvadigan bo‘lishi mumkin, ammo avtomarkazlar, yirik va ba’zi o‘rta quvvatli ATXKS larda yuvish uchastkasi albatta mexanizatsiyalashgan, ba’zida esa, avtomatizatsiyalashgan bo‘ladi.
Avtomobillarni qabul qilish va egasiga topshirish ustaxonasida quyidagi ishlar bajariladi: avtomobilni tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish, egasi nosoz deb aytgan agregatlar va uzellarni tekshirib ko‘rish, shuningdek barcha xavfsizlikni ta’minlovchi organ va mexanizmlarni tekshirib ko‘rish majburiy ravishda bajariladi. Shuningdek, avtomobilni umumiy texnik xolatini ko‘rsatuvchi agregatlar va qismlarning texnik holati mijozning buyurtmasidan qat’iy nazar nazoratdan o‘tkaziladi.
Avtomobillarni qabul qilishda va ularni egasiga topshirishda diagnostik jihozlar yoki asboblarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Maxsus diagnostika mintaqasi avtomobillarni, ularni agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash, baholash bilan shug‘ullanadi.
Diagnostika jarayonida texnik holatni aniqlash avtomobilni qismlarga ajratmasdan, maxsus dasturlarga asosan jihozlar, o‘lchov va nazorat asboblari yordamida bajariladi. Diagnostika TXK va ta’mirlashning muxim elementi va nazorat ishlarining asosiy qismi bo‘lib, uni bilib qo‘llanilsa mehnat sarfi kamayadi va ish unumi oshadi. Eng muximi bajarilgan ishning sifati va avtomobillarning texnik xolati yaxshilanadi.
TXK postlari to‘satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzulishlar sodir bo‘lishi ehtimolini oldini olish ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangandirlar. Ma’lumki, bu ishlar tekshiruv-nazorat, qotirish-maxkamlash, sozlash, moylash va mayda ta’mirlash ishlaridan iborat bo‘lib, kerakli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan postlarda, maxsus ko‘rish ariqchalari ustida yoki ko‘targichlar, estakadalarda bajariladi. TXK uchastkasining ayrim postlari, ba’zi ishlarni masalan moylash, oldingi g‘ildiraklarni o‘rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash, chiqindi gazlar zaharliligini me’yoriga keltirishga ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin. Bu uchastka postlarining ixtisoslashganligi yoki barcha ishlarni bajarishga mo‘ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlar hajmiga va ularni tashkil etish usuliga bog‘likdir.
Agregatlarni almashtirish postlari avtomobillarning agregatlari, uzellari va tizim qismlarida sodir bo‘lgan buzulishlar, nosozliklarni tuzatish uchun xizmat qiladi. Ko‘p xollarda bu buzulishlar va nosozliklarni oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bulmaydi, buning uchun o‘sha agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi, ba’zi bir qismlar almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi.
Ta’mirlash postlari maxsus jihozlangan ko‘rish ariqchalari, bir necha tirgakli ko‘targichlar yoki estakadalardan iboratdir. Ba’zan ta’mirlash ishlarini bajarishda avtomobilni ko‘tarib, uni ostida ish bajarish talab qilinmaydi (svechani yoki karbyuratorni almashtirishda), bu vaqtda ish maxsus ajratilgan oddiy joylarda bajarilishi mumkin. Ta’mirlash ustaxonasi ko‘taruvchi va tashuvchi kranlar, qo‘l bilan boshqariluvchi tallar yoki elektrotallar bilan jihozlanadi va ko‘chma domkratlar bilan ta’minlanadi.
Ba’zan yengil avtomobil kuzovlarining shikastlangan elementlarini (eshiklari, kanotlari, bamperlari va h.k.) to‘g‘rilashga yoki tekislashga, payvandlashga va joyida bo‘yashga to‘g‘ri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o‘rta quvvatdagi stansiyalarda bu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar ajratiladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra postlarda bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki mumkin bo‘lmagan ta’mirlash ishlari yuqorida aytib o‘tilgandek maxsus ta’mirlovchi ustaxonalarda bajariladi. ATXKS lardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga va yillik bajariladigan ishlar hajmiga bog‘liqdir.
Agregatlarni ta’mirlash va mexanika ustaxonasida motorlar, uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, oldingi va orqa ko‘priklar, reduktor, rul mexanizmlari va boshqa uzellarni qismlarga ajratish, yig‘ish, ayrim detallarga (tirsakli val, motor bloki va h.k.larga) turli xildagi mexanik, elektrogalvanik, chilangarlik kabi ishlovlar beriladi va sinaladi.
Akkumulator ustaxonasida esa akkumulatorlar batareyasiga xizmat ko‘rsatiladi, ta’mirlangandan so‘ng yangidan zaryadlanadi, distillangan suv va elektrolit tayerlanadi. Ta’mirlashga yaroqli akkumulatorlar batareyasi avtomarkazlar, yirik ATXKSlar yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda korpusini almashtirib yoki mastika quyib tuzatish, plastinkalari va separatorlarini almashtirish, qo‘rg‘oshinli setkalari va klemmalarni qalaylash, kavsharlash bilan ta’mirlanib ishlash qobiliyati tiklanadi.
Elektrotexnika yoki elektr jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada esa elektr va elektron jihozlar, agregatlar (generatorlar, starterlar, turli uzatma elektromotorlari, elektron motorlar va h.k.) va boshqa nazorat-o‘lchov asboblari tekshirilib ko‘riladi va zarurat bo‘lganda ta’mirlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu jihozlarni nosozligi avtomobillarni o‘zida, ta’mirlash postlarida yoki bataraf etilishi iloji bo‘lmagan xollardagina ular ustaxonada bajariladi. Ta’mirlashga keltirilgan agregatlar avval maxsus jihozlarda tekshirilib ko‘rilib, so‘ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi, tozalanadi, quritiladi va defektovka qilinadi, ya’ni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi, ba’zilari ta’mirlanadi va yana yig‘ilib sinab ko‘riladi.
Ta’minot tizimi asboblari va jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada esa yonilg‘i nasosi, karbyurator, injektorlarni qismlarga ajratib, yuvib, tozalab, yaroqsiz detallarini almashtirib so‘ngra qaytadan yig‘ib tekshirib va sinab ko‘riladi.
Kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasi barcha ustaxonalardan eng kattasi bo‘lib, undagi ishlarining hajmi va murakkabligi ko‘p vaqtni talab qiladi. Shuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan eng ko‘p bo‘ladi. Kuzov ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va shuningdek shikastlangan kuzovlarni tiklashga ixtisoslashgan maxsus stansiyalarda tashkil etiladi.
Kuzov ustaxonalari bir necha mustakil ishlab-chiqarish uchastkalaridan chunonchi tunukasozlik, bo‘yashga tayyorlash, bo‘yash va quritish va armaturalarni ta’mirlash jamlamasidan ibyuoratdir. Bu ustaxonaga kuzov barcha agregatlar va osma qismlardan ajratilgan xolda keltiriladi. Kuzovni ta’mirlash tunukasozlik uchastkasidan boshlanadi. Bu joyda urilib shikastlangan kuzovlar maxsus jihozlarda, vintli, gidravlik tortmalarda tortilib to‘g‘rilanadi, zanglashga uchrab chirigan joylari va deformatsiya ezilib, to‘g‘rilashni iloji bo‘lmagan qismlari avtogen yordamida kesib tashlanadi. Olib tashlangan joylarga ehtiyot qismlar yoki maxsus tayerlangan yamoqlar payvandlanadi. Payvandlash karbonat angidridli himoyali muhitda, yarim avtomat elektr yoyli qurilmalarda bajariladi.
Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma kesgichlar qo‘llaniladi. Kuzov detallarini bir-biriga ulashda kontakt nuqtasimon elektr payvandlash usullari xam qo‘llaniladi.
To‘g‘rilangan va ulangan kuzov so‘ngra payvandlash choklaridan tozalanadi va maxsus asboblar yordamida qo‘l zarbasi bilan tekislanadi. Uzel-kesil to‘g‘rilangan, nafis xolgacha tekislangan va tozalangan kuzov bo‘yashga tayerlash uchastkasiga o‘tkaziladi. Bu joyda kuzov satxidan bo‘yoqlari iloji boricha qirib, sidirib tashlanadi, qumqog‘oz bilan ishqalanib tozalanadi. Notekis joylari va tirqishlari maxsus shpaklevka bilan tekislanadi, so‘ngra kuzov bo‘yash uchastkasiga o‘tkaziladi.
Buyash joyi alohida yopiq germetik kamera bo‘lib, u ishonchli havo surish va xaydash asosida ishlovchi ventilator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov satxiga avvalo xomaki bo‘yoq grunt sepiladi, korpusiga shovqinga va zanglashga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo‘yoq sepiladi. Nitroemalli bo‘yoqlar tez, 20 minut ichida, past harorat(18-20°S)da quritiladi, agar sintetik emal bo‘yoqlar ishlatilsa, quritish uchun kuzovni 110-130°S haroratli kamerada 30-50 minut ushlab turishga to‘g‘ri keladi.
Bo‘yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlash kompyuterlar yoki maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lgan mutaxassislar yordamida bajaradilar. Kuzov jamlamasining yana bir uchastkasi armatura uchastkasi bo‘lib, bu joyda eshiklar, kapotlar, yukxona oshiq-moshiqlari, qulflar, oynalarini ko‘tarish-tushirish mexanizmlari ta’mirlanadi.
Avtomarkazlar va ATXKS larda ma’muriy-maishiy xonalar qatori mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo dukonlari, salonlari bo‘lishi shart.
ATXKS larning texnologik jiqozlariga kelsak, ular ishchi postlari soni va ixtisoslashganligiga qarab maxsus ishlab chiqilgan texnologik jihozlar va maxsus asboblar tabeliga asosan jihozlanadi. Tabelda stansiyaning quvvatiga qarab har bir kerakli texnologik jihozning nomi va soni ko‘rsatiladi.
Diler stansiyalarida esa har bir postda ishlovchi ishchilar soni va ular uchun kerakli asbob-uskunalar jamlamasi xam keltiriladi.
Zarur texnologik jihozlar sonini hisob-kitob yo‘li bilan xam topsa bo‘ladi. Buning uchun ular ikki turga ajratiladi: smena davomida uzluksiz ishlatiladigan (yuvish-mashinalari, payvandlash apparatlari, mexanik dastaklar va h.k.) va vaqti-vaqti bilan ishlatiladigan (diagnostik jihozlar, ko‘tarish va yuk kranlari va h.k. jihozlar).
Uzluksiz ishlatiladigan jihozlarni kuyidagi formulaga asosan hisoblab chiqsa bo‘ladi:



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin