Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash


Avtoservis xizmatiga qo‘yiladigan talablar va ularni belgilovchi xujjatlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə17/21
tarix17.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#99098
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

6.3.Avtoservis xizmatiga qo‘yiladigan talablar va ularni belgilovchi xujjatlar
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga chidash va unda muvoffaqiyatli kurash olib birishning asosiy shartlaridan biri bozorga qo‘yilgan molni yoki xizmatni yuqori sifatli bo‘lishi va unga beriladigan kafolat hisoblanadi. Avtoservis xizmati xam bu qoidadan holis emas, chunki mijozlar avtomobillariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, xizmat ko‘rsatuvchilarni bozordagi, tadbirkorlikdagi muvoffaqiyatlari garovidir. Xizmat ko‘rsatish soxasida, jumladan avtoservis xizmatida xam, sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda bajarilgan ishlarning sifati va avtomobillar egalari mijozlarga qilinadigan muomala madaniyati xamda qulayliklardan iboratdir.
Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash miqyosida bajariladigan ishlar texnik xujjatlarda ko‘rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar va shartlarga rioya qilgan xoldagina bajarilsa, bunday bajarilgan ishlarni sifatli deb tan olish mumkin. Masalan, avtomobil motorining blok kallagini qotirishni aluminiy qotishmasidan tayyorlangan bloklarda sovuq xoldaligida qotirilsa, cho‘yan qotishmasidan tayorlangan bloklarda issiq xoldaligida qotiriladi(bu texnik shart), qotirishni o‘rtadagi shpilkadan boshlab shaxmat usulida bajariladi(bu texnologik talab), qotirish momentli GAZ-53 motori uchun 67-72 Nm, Zil-130 motori uchun 70-90 Nm va GAZ-24 motorlari uchun 73-78 Nm bo‘lishi (bu texnik talab).
Xar bir sohadagi kabi servis xizmat ko‘rsatishda xam sifat muammosini yechishda xar tomonlama yondoshish talab etiladi, ya’ni bir necha o‘zaro bog‘liq bo‘lgan masalalarni ketma-ket yoki parallel ravishda hal etish zaruriyati paydo bo‘ladi.
TXK va ta’mirlash ishlari sifatini shakllantiruvchi omillarni sanab o‘tamiz, ular quyidagilar:
1. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;
2. Moddiy-texnika ta’minoti;
3. Kadrlarni tayyorlash va doimo o‘qitish;
4. Metereologik ta’minot;
5. Xizmat sifatiga bo‘lgan talablarni me’yorlashtirish va xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish;
6. Xizmatni baholashdan o‘tkazish (sertifikatsiya);
7. Xizmat sifatini yaxshilashni rag‘batlantirish;
8. Xizmat sifatini boshqarishni xuquqiy ta’minlash;
9. Davlat tomonidan davlat standartlarini joriy etilishi va unga rioya etilishini va texnik shartlar, texnik o‘lchov vositalar holatini nazorat qilish;
10. Xizmat sifatini muassasalar tomonidan nazorat qilish;
11. Tizimni ma’lumot (axborot) bilan ta’minlash.

Shu ko‘rsatilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha korxonada ishlab chiqarishni standartlari tuziladi va ularda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bajariladigan tadbirlar, bajaruvchi bo‘limlar va ijrochilar aniq ko‘rsatiladi.


Har qanday ko‘rsatiladigan xizmatni sifatiga mijozlar qo‘yadigan talablar davlat qonunlarida aks ettiriladi va shu holatdagina ularni bajarilishiga xuquqiy asos yaratiladi. O‘zbekistonda va Rossiyada bunday qonunlar xozircha ikkita: ”Iste’molchilarni xuquqini himiya qilish to‘g‘risidagi qonuni 1996 yil may oyida qabul qilingan (O‘zbekistonda) va “Tovarlar va xizmatchilarni sertifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun. Bu qonunlarda tovar (mol) ishlab chiqaruvchi yoki savdo qiluvchilar bilan iste’molchilar, mijozlarni o‘zaro xaq-xuquqlari, vazifalari, javobgarliklari umumiy tarzda keltirilgan. Ikkinchi qonunda esa tovarni yoki xizmatni sertifikatsiya qilish, ya’ni ularni barcha talablar, standartlar asosida tayyorlanganligi yoki bajarilganligini davlat tomonidan tasdiqlash va shunga xujjat yoki belgi olish.
Bu qonunlardan tashqari davlatni yana bir qancha standartlari (GOSTlari) mavjud bo‘lib ular xavfsizlikni ta’minlash va tabiatni asrash, ekologik talablaridan kelib chiqadi, masalan, avtomobilning kafolati, chiroqlari, signalizatsiya, boshqaruv organlariga qo‘yilgan standartlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, avtomobillar ishlab chiqaruvchi firmalarning o‘z mahsulotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qo‘llaniladigan turli qoidalar, nizomlar, texnik talablar, shartlar, texnologik intizom va hakozolar ham mavjuddir.
Yuqorida keltirilgan davlat qonunlari, standartlari, soxa va muassasalarning talablari asosida servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar xizmat sifatini ta’minlash va uni talab darajasida barqaror ushlab turish maqsadida aytib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z standartlarini ishlab chiqaradi va amalga oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan barcha xuquqiy va me’yoriy xujjatlar tizimini quyidagi chizmada tasavvur qilish mumkin.

Davlat qonunlari va standartlari




Tarmoq, muassasalar standartlari, qoidalari va talablari (GOSTlar, nizomlar, qo‘llanmalar va xakozolar).




Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalari, standartlari.




Sifatni ta’minlovchi
standartlar




Mijozlar uchun xizmat sifatini

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin