Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla
6.8. O‘zbekiston avtoservisning muammolari va ilg‘or chet el tajribalari Mamalakatimizda avtomobil servisini paydo bo‘lishi va uni rivojlanish tarixini yuqorida qisqacha bayon qilib o‘tgan edik.
Uning o‘ziga xosligi shundan iboratki, soxa ma’lum ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sabablarga ko‘ra dunyo avtomobil servisidan deyarli 50-60 yil kech qolgan deb tan olindi va rivojlana boshladi.
Ayniqsa avtomobil servmsining eng zarur va mukammal usuli, ya’ni firma usulida xizmat ko‘rsatish orqada qolib ketdi. Jahon avtomobil servisini ko‘p yillik tajribalari yetarli o‘rganilmadi va ularning bu soxada erishgan yutuqlaridan o‘z vaqtida foydalanilmadi.
Avtoservis xizmati asosan faqat bir turdagi, ya’ni shaxsiy yengil avtomobillarga mo‘ljallanganligi, soxa ko‘lamini toraytirdi va uni ijtimoiy-iqtisodiy axamiyatini susaytirdi. O‘zbekistonda 1990 yilda aholiga qarashli yengil avtomobillar soni deyarli 1 mln. bo‘lishiga qaramay, ularga faqatgina 300 ta ATXKS lar, avtoustaxonalar va texnik xizmat ko‘rsatish punktlari xizmat ko‘rsatar, ulardagi jami ishchi postlari soni 1500 tagina edi. Demak, 660 avtomobilga 1 ta ishchi posti to‘g‘ri kelgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasida bu nisbat 70-751 ni tashkil etadi. Natijada, avtoservis xizmatiga bo‘lgan talablar to‘la qondirilmas, xizmat uchun navbat ko‘p, turli joylardan ehtiyot qismlar qidirish, buning ustiga mijozlarga nisbatan qo‘pol muomila va ba’zida hisobdagi qalbakiliklar, soxada jiddiy tarangliklar va noroziliklarga sabab bo‘lar edi.
Mustaqillik yillari davrida (1992-2002yy.) mamlakatimiz avtoservisi soxasida, undagi axvolni yaxshilash maqsadida, bir qancha jiddiy ishlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda iqtisodiy isloxatlar o‘tkazilib mulk egalari o‘zgartirildi, deyarli 70% ATXKSlar, avtoustaxonalar xususiy ishbilarmonlarga sotildi, qolganlari esa xissadorlik jamiyatlari va uyushmalariga aylantirildi.
Davlatning o‘rta va kichik biznesni tez sur’atlar bilan rivojlantirishga qaratilgan siyosatiga asosan (avtoservis aynan shu toifaga kiradi) Respublikamizning barcha shaxarlari va xatto, qishloqlarida kichik quvvatga ega bo‘lgan (1-2 postli) ko‘pdan ko‘p texnik xizmat punktlari va avtoustaxonalar ochildi. Bunday kichik korxonalar son-sanog‘i to‘g‘risida xozircha statistik ma’lumotlarga ega emasmiz.
Ayniqsa Respublikamiz avtoservisi xizmati axvoliga jiddiy ijobiy ta’sir ko‘rsata olgan narsa, bu mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi, avtomobil sanoatini paydo bo‘lishidir. O‘zbekiston -Janubiy-Koreya +o‘shma avtokorxonasi “O‘zDEUavtoKo” tomonidan Andijon viloyatining Asaka shaxrida zamonaviy yengil avtomobillar 1996 yil avgustidan ishlab chiqarila boshladi. Bu avtomobillar bilan savdo qilish va ularga firma usulida xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakatimizning barcha viloyatlari va Toshkent shaxridagi yirik avtomarkazlardan 13 tasi takomillashtirilib to‘la qayta jixozlandi, bir qancha zamonaviy avtosalonlar, avtodo‘konlar qurilib, kadrlar malakasini oshirishga e’tibor berildi. Albatta, keyingi 6-7 yillar ichida avtoservis soxasida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar o‘z samarasini berdi.
Avtoservis korxonalari eshiklari oldida uzoqdan-uzoq navbat kutishlar yo‘qoldi, shaxarlarda mijozlar servis korxonalarni va xatto, ustalarni xam tanlab olish imkoniyatlariga ega bo‘ldlar. Soxada mijozlarni jalb etish uchun raqobat paydo bo‘ldi.
Ammo amalga oshirilgan jiddiy choralar va erishilgan ijobiy yutuqlarga qaramay Respublika avtoservisi soxasida xam avtomobillar egalari va avtotransport xodimlarini qanoatlantiradigan muxim, tub o‘zgarishlarga erishilganicha yo‘q.
Ayniqsa xizmatning sifatiga, xizmat uchun olinayotgan narxlarni asossiz ravishda oshirilib yuborilayotganligiga mijozlarni e’tirozlari kamaymayapti. Mijozlar uchun qulayliklar yaratish, ularni kerakli axborotlar bilan ta’minlash va xizmat ko‘rsatish madaniyati jahon andozalari darajasidan xali yiroqda.
+ishloq tumanlarida, shaxarlararo yo‘llar bo‘ylarida qoniqarli avtoservis xizmati ko‘rsatiladigan stansiyalar, texnik yordami punktlari kam uchraydi.
Avtoservis xizmatini ko‘rsatuvchi barcha korxonalarning ehtiyot qismlar omborlari deyarli bo‘m-bo‘sh. Zarur ehtiyot qismlar va ta’mirlash materiallari (bo‘yoqlar, moylar, filtrlar, tormoz va sovutish suyuqliklari va h.k.) turli do‘konlardan, asosan bozorlardan sotib olinib ishlatilmoqda: Tabiiyki, bunday mollarni kelib chiqishi noma’lum bo‘lib, ularning sifatiga xech kim kafolat bermaydi.
Mijozlar xuquqlarini ximoya qiluvchi davlat qonunlariga asoslangan korxonalarning me’yoriy xujjatlari (xizmatga qabul qilish va egasiga topshirish qoidalari, sifatini kafolatlash tartibi, mijozlar shikoyatlarini ko‘rib chiqish va chora ko‘rish tartiblari va h.k.) xatto yirik avtomarkazlarda xam kamdan-kam uchraydi. Korxonalar tomonidan xizmatlar sifatini nazorat qilish o‘z xoliga tashlab qo‘yilgan.
Bizning fikrimizga ko‘ra mamalakatimiz avtoservisi soxasining eng muxim muammolari quyidagilardan iborat:
1.Respublika avtoservis korxonalarining soni, tarkibi va ishlab chiqarish quvvati uning mavjud avtomobil parkiga mutanosib emas. Natijada qishloq tumanlari, magistral yo‘llarning bo‘yilari, yirik avtomobillar turish va saqlash joylarida xizmatga bo‘lgan talablar juda kam darajada qondiriladi;
2. Mavjud avtoservis korxonalari asosan yengil avtomobillarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Ularda yuk avtomobillari, avtobuslar va maxsus avtomobillarga xizmat ko‘rsatish imkoniyati chegaralangan yoki umuman yo‘q.
3. Avtoservis korxonalarida ishdan chiqqan detallar, uzellar va agregatlarni ta’mirlash, ish qobiliyatini tiklash ishlari yetarli emas, tiklangan detallar nomenklaturasi 3-4 % dan oshmaydi.
4. Maxsus ishlarni bajarishga ixtisoslashgan, masalan, yo‘l transport xodisalari tufayli shikastlangan kuzovlarni tiklovchi mustaqil servis korxonalari deyarli yo‘q.
5. Ko‘pchilik avtoservis korxonalarining 90% ishlab-chiqarish texnika ba’zasi o‘ta zaif axvolda, ularning asosiy qismi tasodifiy va vaqtincha binolarda joylashgan, texnologik jihozlar va maxsus asbob uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi me’yoriy ko‘rsatkichlarning 30-40 % dan oshmaydi, ishlab-turgan jihozlarni ko‘pchiligi xam ma’naviy xam jismonan eskirib qolgan. Ayniqsa maxsus diagnostika-nazorat asboblari va qurilmalari, g‘ildiraklarni muvozanatlovchi jihozlar, tormoz va motor quvvatlarini o‘lchovchi jihozlar, yuvish-quritish mashinalari, maxsus skanerlar yetishmaydi. Soxada mexanizatsiya, avtomatizatsiya va kompyuterizatsiya darajasi past. Bu esa mehnat unumi va sifatini oshirishga imkon bermaydi.
6. Soxada ishlab chiqarish texnik bazasini yaratish va xizmatlar sifatini kafolatlash uchun zarur bo‘lgan standartlar va me’yoriy texnik xujjatlar ishlab chiqilmagan.
7. Mamlakat miqyosida avtomobil transporti va avtomobil servisi soxalari uchun ishonchli, uzluksiz ishlovchi oddiy-texnika ta’minoti tizimi va bozori xali yaratilganicha yoki shakillanganicha yo‘q.
8. Soxada ilmiy-texnika yutuqlari, ilg‘or tajribalar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash yoki almashish umuman yo‘lga qo‘yilmagan.
9.Soxa uchun xamma bo‘g‘indagi kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish masalasi xali maromiga yetishmagan va h.k.
Albatta bu muammolar vaqtinchalik, ular vaqt o‘tishi bilan xal bo‘lishi muqarrar.
Endi avtoservis soxasida ilg‘or chet el tajribasiga kelsak, yuqorida aytib o‘tganimizdek, avtoservis Yevropa, A+Sh va boshqa mamlakatlarda avtomobil sanoati va transporti bilan teng tarixga ega, birga tug‘ilib, birga xamkorlikda rivojlanib kelayapti. Shuning uchun u mamlakatlarda ko‘rsatayotgan xizmatlarning sifati xam madaniyati xam yuqori va ko‘lami kengdir. Buning uchun mamlakat xududlarining barcha shaxarlari, qishloqlari va boshqa aholi yashovchi punktlari, shaxarlararo yo‘l bo‘ylari dam olish zonalari turli darajada va xildagi avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar tarmog‘i bilan qoplangan.
Masalan, XX asrning 90-chi yillar oxirida 200 mln.dan ortiq avtomobil parkiga ega bo‘lgan A+Shda (shundan 80% yengil avtomobillar, 19,7% yuk avtomobillari va 0,3% avtobuslar), avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar va punktlar soni 58500 ta bo‘lgan.
Shundan 11000 tasi ATXKSlar va avtoustaxonalar, 85 mingi savdo bazalari va do‘konlari, ijaraga olish punktlari bo‘lgan. A+Shdagi AZSlarni ko‘pchiligida (yo‘llar bo‘ylaridagida 100% umuman olganda 70%) ayrim texnik xizmat va mayda ta’mirlash ishlari bajariladi (1-3 postli). Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan avtoservis korxonalari bo‘yicha texnik xizmat va ta’mirlash ishlarining taqsimlanishi taxminan quyidagicha:
AZS va ular yonidagi stansiyalarda ...39%.
Mustaqil ATXKSlar ...40%
Diler stansiyalari ...15%
Avtokorxonalar ustaxonalarida ...6%
Shuningdek, ATXKstansiyalar, avtoustaxonalarning umumiy soni:
Fransiyada (70 mln. avtomobil) ...50 ming
Germaniyada (50 mln. avtomobil) ...20 ming
Angliyada (25 mln. avtomobil) ...35 ming bo‘lgan.
Bu mamlakatlarda ATXKSlar turli xillarini uchratish mumkin; masalan;
1.Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan stansiya-asosiy bajaradigan ishlari TXK va ta’mirlash, eng muximi savdo;
2.O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish stansiyalari;
3.Tez xizmat ko‘rsatish stansiyalari (12 minut ichida) ma’lum xildagi mayda TXK va ta’mirlash ishlarini bajarib beradi;
4.Avariya natijasida shikastlangan avtomobillar kuzovlarini tiklovchi stansiyalar.
5.Xarakat xavfsizligi stansiyalari (yo‘l politsiyasiga qarashli).
6.Ixtisoslashgan avtoustaxonalar-maxsus ishlarni bajaruvchi (shinalar, akkumulatorlar, kuzovlar, agregatlar, elektr va elektron jihozlari va h.k.)
7.Ko‘chma stansiyalar, tez texnik yordam ko‘rsatuvchi va avtomobillar to‘xtab turadigan va saqlanadigan joylarda xizmat ko‘rsatadilar.
Chet eldagi barcha turdagi ATXKSlar va avtoustaxonalar asosan kichik xajmdagi, ba’zida oilaviy korxonalardir, masalan, A+Shdagi ATXKSlarni xajmi quyidagicha:
3-9 avtojoyda (1-3 postli) ...45-50%.
10-20 avtojoyda (4-6 postli) ...20-25%
21-35 avtojoyli (7-10 postli) ...15-20 %
35 dan ko‘p avtojoyli (10dan ko‘p postli) ...10-15 %.
Shuni aytish kerak-ki, mustaqil ATXKSlar va avtoustaxonalarning 85 % yuk avtomobillariga xam xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga egadirlar.
Barcha turdagi avtoservis korxonalarini texnologik jihozlar, asbob-uskunalar, diagnostika-nazorat jihozlari va o‘lchov asboblari bilan ta’minlanganliklari talab darajasida ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Iqtisodiy rivojlangan barcha dunyo mamlakatlarida avtoservis va avtmobil transportini ehtiyot qismlar, TXK va T uchun zarur bo‘lgan materiallar bilan ta’minlash masalasi ijobiy xal qilingan. Buning uchun uzluksiz, ishonchli va barqaror ta’minlash tizimi beto‘xtov ishlab turadi.
Ilg‘or chet el tajribasida mijozlar bilan ishlash masalasiga juda katta e’tibor beriladi.
Mijozlar barcha zarur ma’lumotlar bilan ta’minlanadi, ular uchun turli qulayliklar yaratilgan, masalan, avtomobilni xizmatga olib kelish va xizmatdan chiqqandan so‘ng egasiga elitib berish, yoki egasi talabiga ko‘ra uyida, garajida xizmat ko‘rsatish, doimiy mijozlar uchun xizmat xaqini bir qismidan kechish va h.k. Xullas, bu soxada ilg‘or chet el tajribasini jiddiy o‘rganish, ulardan o‘z amaliyotimizda-ijodiy foydalanish masalasi oldimizda turipti.