Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash


Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə16/21
tarix17.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#99098
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

6.2. Avtoservis korxonalari va ularning ta’rifi
Ma’lumki, aholi avtomobillariga xizmat ko‘rsatish ishlarining asosiy qismini maxsus avtoservis korxonalari bajaradi. Bu ishlarni o‘z navbatida asosiy ishlab chiqarish faoliyati boshqa, turli soxa korxonalari (masalan, yuk va yo‘lovchilar tashuvchi avtotransport korxonalari) xam bajaradilar. Lekin ularning ulushi ko‘rsatilgan umumiy ish hajmiga nisbatan juda oz bo‘lib, faqat bir necha foiznigina tashkil qiladi.



AVTOSERVIS KORXONALARI





























Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar



Avtosavdo


bazalari
va do‘konlar




Avtosaqlash
joylari




Avtota’mirlash
korxonalari

6.1-rasm. Avtoservis korxonalarining xillari.


Maxsus avtoservis korxonalari o‘z faoliyatlari va mavjud iqtisodiy-ijtimoiy tuzum asosida tarixiy shakllanib va rivojlanib kelganlar va butun mamlakatlar xududi bo‘ylab shaharlar va qishloqlar, magistral yo‘llari yoqalari, aholi zich yashovchi mavzelar, avtosayoxatchilar to‘xtovchi mexmonxonalar va oromgoxlarda (motellarda) joylashganlar. Bunday korxonalar o‘zlari bajaradigan xizmat turlari va ishlab chiqarish faoliyatiga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi (1-rasm).


Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘z navbatida avtomarkazlar, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar (ATXKS) va postlar, shuningdek turli ishlarga ixtisoslashgan avtoustaxonalardan iboratdir.
Avtomarkazlar avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning asosiy, tayanch-yetakchi korxonalari bo‘lib, asosan yirik shaxarlarda (viloyat markazlarida) joylashadi va kamida 25 ta, ko‘pi bilan 100 ta, xatto 200 ta ishchi postlariga ega bo‘lishi mumkin. Bunday markazlarni odatda avtomobillar ishlab chiqaruvchi va ular bilan savdo qiluvchi kompaniyalar xissadorlik asosida tashkil qiladilar. Avtomarkazlar bir necha rusumdagi avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha texnologik jihozlar, maxsus asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, materiallar, texnik-texnologik xujjatlar va adabiyotlar bilan to‘la ta’minlangan bo‘ladi. Avtomarkazlarning ma’lum xududlarda, viloyat tumanlari, shaharlari va qishloqlarida bir necha filiallari bo‘lib, markaz ularga har jihatdan xomiylik qiladi (kadrlar malakasini oshirish, ishlab chiqarishda yangi va ilg‘or texnologiyani joriy qilish va h.k.). Demak, avtomarkazlar avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan birga avtomobillar servisi soxasida ilmiy-texnika taraqqiyotini yetaklovchisi va ta’minlovchisi, bu soxada texnik siyosat yaratuvchisi va olib boruvchisi hisoblanadi. Avtomarkaz mamlakatimizda, viloyat markazlari va yirik shaxarlarida XX asrning 70-80 chi yillarida qurilib ishga tushirilgan bo‘lib, birgina Toshkentda bunday markazlarning 4 tasi ishlab turibdi.
Avtomarkazlarda avtomobillar, ehtiyot qismlar, materiallar bilan savdo qiluvchi avtosalonlar, bazalar, omborlar, do‘konlar bilan bir qatorda turli texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi kuchli ishlab-chiqarish texnik bazasi xam mavjud bo‘ladi. Avtomarkazlarning tarkibiy qismi bo‘lgan savdo bazalari, do‘konlari, omborlari va ishlab chiqarish uchastkalari xududiy bir joyga joylashgan yoki xudud bo‘ylab mijozlar uchun qulay bo‘lgan yerlarga joylashishi mumkin.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar (ATXKS) avtoservis xizmatini bajaruvchi asosiy va eng ko‘p tarqalgan korxonalar hisoblanadi. Zamonaviy ATXKS lar yangi va ishlatilgan avtomobillar, ehtiyot qismlar va materiallari bilan savdo qilish, avtomobillarga turli xildagi texnik xizmatlar ko‘rsatish, agregatlar va detallarni ta’mirlash, ishdan chiqqanlarini almashtirish, avtoavariyalar natijasida shikastlangan avtomobillar va ularning kuzovlarini ishlash qobiliyatini tiklash ishlari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ATXKS lar mijozlarning murojatlariga asosan, ularning avtomobillariga ko‘chalarda, yo‘llarda, avtomobillarni saqlash joylarida texnik yordam ko‘rsatish, mijozlarga maslahat berish kabi xizmatlar bilan xam shug‘ullanadi.
ATXKS lar o‘zlarining ishlab-chiqarish faoliyati, quvvati, bajarayotgan xizmat turlari va ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab bir necha turlarga bo‘linadi.
Shahar stansiyalarida ko‘rsatiladigan xizmat turlari xalma-xil va bajariladigan ishlarning hajmi xam kattaroq bo‘lib, bu stansiyalardan foydalanuvchi avtomobillarning soni barqaror bo‘ladi, ya’ni stansiyalar doimiy mijozlarga ega bo‘ladi.
Shaxarlararo yo‘llar bo‘ylarida joylashgan stansiyalarda aksincha, xizmat turlari chegaralangan bo‘lib, ular asosan texnik yordam ko‘rsatish, mayda tamirlash ishlari, g‘ildiraklar va shinalarini yamash, damlash, motor, tormoz, rul boshqarmasi tizimlarida, elektr jixozlari asboblarida paydo bo‘lgan nuqson va nosozliklarni tuzatish bilan birga eng ko‘p zarur bo‘ladigan ehtiyot qismlar va matriallarning savdosi bilan xam shug‘ullanadilar.
Shuni aytib o‘tish joizki, mamalakatimizda yo‘l bo‘ylarida joylashgan ATXKS lar 90 yillardan boshlab tashkil etilgan va ishga tushirilgan. Ularning soni va xizmat ko‘rsatish darajasi xozircha yetarli darajada talabga javob bera olmayapti. Ular asosan yengil avtomobillarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, yuk avtomobillari va avtobuslar deyarli avtoservis xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega emaslar. Bunday xolat shahar avtoservislariga xam ta’luqlidir. Yo‘l bo‘yidagi stansiyalarga xos bo‘lgan yana bir holat ularning yil va sutka davomida uzluksiz ishlashlaridir. Bunday stansiyalar xususiy yoki shirkat mulklari asosida tashkil qilinib, ulardagi ishchi postlarning soni asosan 2-5 tadan iboratdir.
Chet el avtoservisi faoliyatida yo‘l bo‘yidagi ATXKSlar ko‘pincha AYo+Sh lar bilan yonma-yon joylashgan bo‘lib, ular bilan bir xo‘jalikni tashkil qiladi.
ATXKS lar o‘z xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni, ya’ni, avtomobilni yuvishdan tortib to unga texnik xizmat ko‘rsatish va uning asosiy qismlari, agregatlari, mexanizmlarini ta’mirlaganliklari uchun universal stansiyalar deb ataladi.
Ba’zi xollarda ATXKS, ayniqsa shahardagilari, xizmatning ayrim turlarinigina bajaradilar. Masalan, avtomobil moylarini almashtirish, avariyaga uchrab urilgan avtomobillar kuzovini tiklash yoki avtomobillarning agregatlari va detallarini ta’mirlash. Bunday ATXKS lar ixtisoslashgan deb ataladilar.
ATXKS larining quvvatlari ulardagi ishchi postlarning soni va bir yilda xizmat ko‘rsatilgan avtomobillar soni bilan belgilanadi. Shunga asosan ular kichik (15 ta gacha ishchi postlarga ega bo‘lgan), o‘rta (16-25 ishchi postlari) va yirik (25 dan ko‘p ishchi postli) turlarga bo‘linadi.
Yo‘l bo‘ylarida joylashgan stansiyalarining quvvati esa shu yo‘lning klassi, ya’ni sutkada yo‘ldan o‘tadigan avtomobillarning soniga qarab toifalanadi, ularni ko‘pchiligi kichik stansiyalardir.
Avtoustaxonalar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini ayrim mexanizmlar, agregatlar yoki tizimlar bo‘yicha bajarishga ixtisoslashgan kichik korxonalardir. Masalan, shinalarga TX ko‘rsatuvchi va ularni yamovchi yoki akkumulatorni zaryadlovchi va ta’mirlovchi, yengil avtomobillar kuzovlarini tiklovchi va bo‘yovchi va h.k. Bunday ustaxonalar shaxar va qishloqlarda, yo‘llar bo‘ylarida joylashishi mumkin. Ustaxonalarda avtomobillar kirishi uchun maxsus postlar bo‘lmaydi va u yerda ishlovchilarning soni 1-3 kishidan oshmaydi. Avtoustaxonalar oilaviy va kichik biznesni aynan o‘zi hisoblanadi.
Texnik xizmat ko‘rsatish postlari esa ustaxonalardan farqli avtomobilni o‘ziga xizmat ko‘rsatadi va mayda ta’mirlash ishlarini bajaradi. Bular xam kichik biznes korxonalari bo‘lib ularda ishlovchilarni soni 1-3 kishi, postlar soni esa 1-2 dan iborat bo‘lib, shahar va qishloq yo‘llari bo‘yida joylashgan bo‘ladi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin