Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə19/21
tarix17.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#99098
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

Qq
Bu yerda:
Tj-shu jihoz yoki jihozlardagi bajariladigan ishlarning yillik hajmi, ishchi-soat;
Fj-bir jihozni bir yildagi ishlash vaqti fondi, soat;
Dy-yillik ish kunlari;
Ts-ishchi smenaning davomiyligi,soat;
S -ishchi smenalar soni;
J-jihozdan unumli foydalanish koeffitsienti (0,6-0,9);
R -shu jihozda bir vaqtda ishlaydigan ishchilar soni, ishchi.

Ishlab chiqarish anjomlari (dastgoxlar, tokchalar, tumbochkalar va h.k.) miqdori smenada eng ko‘p ishlovchi ishchilar soni bilan aniqlanadi. Korxonada bajariladigan og‘ir ishlar birinchi navbatda, avtomobillarni yuvish, ko‘tarib-ko‘rish, qismlarga ajratish va yig‘ish, ko‘tarish-tashish ishlari mexanizatsiyalashtiriladi.




6.7. Avtoservis korxonalarida mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish
Avtoservis korxonalarida mehnatni tashkil qilish va boshqarish masalalarini o‘rganish uchun avvalo ularni tashkiliy tuzulishlari xamda tarkibi bilan tanishib chiqamiz. Avtomarkazlar avtoservis tizimining eng yirik va ko‘p qirrali faoliyatlariga ega bo‘lgan korxonalari bo‘lib, ularning tarkibi quyidagi qismlardan iborat deyish mukin:
-savdo;
-ishlab chiqarish;
-maishiy-madaniy xizmati;
-ma’muriy boshqaruv soxasi.
Savdo qismi avtomobillar, ularga extiyot qismlar va turli materiallar, anjomlarning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanadi xamda u savdo bazalari, omborlari, salon-do‘konlaridan va hisobot-axborot bo‘limlaridan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarish qismi avtomobillarga turli xildagi texnik xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash, mijozlar bilan ishlash, moddiy -texnika ta’minoti ishlari bilan shug‘ullanadi va unga barcha ishlab chiqarish uchastkalari, texnologik jihozlar, ehtiyot qismlar va materiallar omborlari qarashlidir.
Maishiy-madaniy xizmatini mijozlar va xodimlar uchun xizmat qiluvchi oshxonalar, kafe-barlar va choyxonalar tashkil etadi.
Avtomarkazlarning ma’muriy-boshqaruv tizimi mulk egaligiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lib, u boshqaruv boshlig‘i va shuningdek bir necha bo‘limlar, chunonchi, kadrlar, moliya-iqtisod, qurilish-ta’mirlash, moddiy-texnika ta’minoti, ishlab-chiqarish va boshqa bo‘limlardan iboratdir.
Avtomobillar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyalarning firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi avtomarkazlari xam deyarli yuqorida keltirilgan tizimlar va bo‘limlardan iborat bo‘lib, faqat ularning savdo qismlari moliyaviy, ba’zan esa ma’muriy mustaqilliklarga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, bunday avtomarkazlar mijozlar bilan ishlashga, ular diqqatini firma mollariga va xizmatiga jalb etishga katta axamiyat beradi. Shu maqsadda savdo va texnik xizmat ko‘rsatish soxalarida maxsus bozorni o‘rganish, mijozlar bilan aloqa bog‘lash va ularning istak va takliflarini o‘rganish sektorlarini tashkil etadilar.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarining (ATXKS) tarkibiy qismi xam uch qismdan:
-savdo;
-texnik xizmat;
-moddiy-texnika ta’minotidan iboratdir.

Ma’lumki, mehnatni tashkil qilish, har qanday boshqaruvni (menejmentni) asosini tashkil etadi. Bunda har bir ishchi yoki xodim (uning yuqori samarali mehnat qilishini ta’minlash maqsadida) ishlab chiqarish texnologiyasi asosida maxsus jihozlangan, ma’lum sanitariya-gigiena qoidalari va xavfsizlik talablariga javob bera oladigan ishchi o‘rinlari bilan ta’minlanishi zarurdir.


Avtoservis korxonalarida ishchi o‘rinlarini va ishchi postlarini tashkil qilish ATK nikidan jiddiy farq qilmaydi. Shuning uchun biz ATXKS da mehnatni bajaruvchi ishchilar orasida taqsimlash masalasini ko‘rib chiqamiz. Chunki ishlarni bajarish natijasida talab etilgan sifatga va yuqori ish unumiga erishish talab etiladi. Shu naqtai nazardan qaralganda TXK va ta’mirlash ishlarini avtomobil agregatlari va tizimlari bo‘yicha ixtisoslashgan maxsus brigadalar orasida taqsimlash maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Buning uchun korxonada 5-6 ta agregat va tizimlar bo‘yicha ixtisoslashgan (masalan, motor va uning tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi, elektr va elektron jihozlarga, transmissiya va yurish qismi, kuzov va uning elementlariga va h.k. xizmat ko‘rsatuvchi) brigadalar tashkil etiladi. Ishlarni bu usulda taqsimlash va tashkil etish agregat-uzel usuli deb ataladi va ko‘pincha avtomarkazlarda va yirik quvvatli stansiyalarda qo‘llaniladi. Bu usulni afzalligi shundaki, bir tomondan ish unumi oshsa (bir xil ishni bajaraverish natijasida) ikkinchi tomondan ishlar sifatini nazorat qilish imkoniyati oshadi, shuningdek brigadalar orasida (korxonaning ishlab-chiqarish resurslarini, ishchi postlari, jihozlar, asbob-uskunalar, extiyot qismlar va h.k. larni) taqsimlash osonlashadi. Mehnatni agregat-uzel usulida taqsimlash va tashkil qilishni kamchiligi esa avtomobilni yaxlit texnik xolatiga brigadalar javob bermaydilar.
Mexnatni taqsimlash va tashkil qilishni yana bir usuli, xizmatlarning turlari bo‘yicha ixtisoslashgan ishchilar brigadasini shakllantirish va ishlatishdir. Bu usulga binoan xizmat turlari (yuvish-tozalash, texnik xizmat, mayda va tez ta’mirlash, jiddiy ta’mirlash, kuzov ishlari va h.k.) bo‘yicha alohida ixtisoslashgan ishchi brigadalari tuziladi. Bunday brigadalar turli kasbdagi ishchilardan iborat bo‘lib, qabul qilib olingan avtomobil bo‘yicha barcha turdagi ishlarni (yuvish va tozalashdan tashqari) to‘la bajaradilar. Ishchilar mehnatini bu usulda tashkil qilishning asosiy afzalligi uning soddaligi va qulayligidadir. Lekin avtomobil turli xildagi xizmat uchun kirgan vaqtlarda turli brigadalar qo‘liga tushib qoladi va uni “o‘z” ustasidan ayrilib qolish imkoniyati tug‘iladi va bu xol mijozlarga ko‘pam yoqavermaydi.
Ishchilar mehnatini tashkil qilishning yana bir usuli kompleks brigadalar usuli bo‘lib, bunda brigadalar turli kasbdagi ishchilardan iborat bo‘ladi va qabul qilingan avtomobil bo‘yicha barcha ishlarni (yuvish-tozalashdan tashqari va TXK ga yoki ta’mirlashga qarashliligidan qat’iy nazar) to‘liq bajaradilar. Ishchilar mehnatini bu usulda tashkil qilinganda, har bir brigada o‘zlari xizmat ko‘rsatgan avtomobillarning texnik xolatiga va bajarilgan ish sifatiga to‘la javobgarlik xis etadilar xamda “o‘z” mijozlariga ega bo‘lishga va ularni yo‘qotmaslikka, balki ko‘paytirishga xarakat qiladilar. Natijada brigadalar orasida mijozlar uchun “kurash” raqobat paydo bo‘ladi, bu xol esa ishni sifatini va samarasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Ishchilar mexnatini kompleks brigadalar usulida tashkil qilinishi xam jiddiy kamchiliklardan xoli emas, ulardan eng ko‘p tarqalgani brigadalardagi ish sifatini korxona ko‘lamida nazorat qilinishining sustligidir. Chunki brigadalar mijozlar bilan kelishgan xolda o‘z nuqsonli ishlarini yashirishlariga imkoniyat tug‘iladi. Shuningdek, kompleks brigadalar orasida ishlab chiqarish resurslarini teng taqsimlash qiyinlashadi va bu xol jamoada ma’naviy-ruxiy holatni taranglashishiga olib kelishi mumkin.
Bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki ishchilar mehnatini tashkil qilish oson ish emas, barcha qo‘llanilgan usullar o‘z afzalliklari bilan bir qatorda jiddiy kamchiliklarga xam egadirlar.
Amalda, avtoservis korxonalarining tajribalaridan kelib chiqqan holda, bayon etilgan usullarni barcha turlari yoki ularning bir-biri bilan qorishmalarini va kombinatsiyalarini uchratish mumkin.
Mehnat jamoasini, xodimlarini boshqarish masalasiga kelsak, u ilmiy asoslar va amaliyot bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarni, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy ruxiy (psixologik) muammolarni o‘z ichiga oladi.
Agar boshqarishni ijtimoiy-iqtisodiy tomoni ishlab chiqarishni texnologiyasi va tashkil etilishi, shuningdek korxonalar tarkibini o‘z ichiga olsa, ijtimoiy-ruxiy (psixologik) jihati esa ishchilar va xodimlarning o‘z vazifalarini bajarilishdan qoniqishlari va shuningdek, samarali mehnat qilish mezonlarini (motevatsiya truda) o‘z ichiga oladi.
Har qanday boshqarishning bosh maqsadi, har bir xodimni o‘z ishchi o‘rinida samarali mehnat qilishga erishish natijasida yuqori sifatli mahsulot chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan ishlab chiqarishning yuqori va barqaror samadorligini ta’minlashdir. Chunki har qanday texnika va texnologiyani odamlar boshqaradilar xamda ishni muvaffaqiyatini ta’minlaydilar.
Ishchining (xodimning) faolligi uning o‘z mehnati natijalaridan qanchalik manfaatdor ekanligiga, ya’ni mehnat qilish mezonlariga bog‘liqdir.
Mehnat qilish mezonlari esa har bir ishchi, xodimning shaxsiy manfaatlari blan korxona yoki firmaning manfaatlarini uyg‘unlashishiga xizmat qiluvchi, ularning mehnatga bo‘lgan munosabatlarini belgilovchi, ishtiyoq, ko‘tarinki ruh, xatto shavq-zavq bilan ishlashga undovchi moddiy, ma’naviy, ruxiy va insoniy omillardir.
Bundagi omillar: moddiy mehnat xaqi, turli mukofotlar, ma’naviy malakasini oshirish, unvonlar, xizmat pog‘onasi bo‘ylab ko‘tarilishi va h.k., ruxiy-jamoada toza, yaxshi kayfiyat muhitini yaratish, insonni ijtimoiy muxofaza qilish va oilaga ko‘maklashish kabi chora-tadbirlarni bildiradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mehnat qilish mezoni xozir “insoniy” lashtirilgan bo‘lib, u har qanday boshqarishning ososini tashkil etadi. Shu asnoda uning ma’naviy qiziqtiruvchi tarkibiga kirgan quyidagi elementlarini alohida ko‘rsatib o‘tish zarur:
1.Korxona o‘z ishchi-xodimlariga qo‘ygan aniq va ravshan talablarga ega bo‘lishi shart;
2.Korxonada barcha ishchi-xodimlar uchun (jumladan, raxbarlar uchun xam), qat’iy rioya qilinadigan yagona xizmat qoidalari bo‘lishi va ishlashi zarur:
3.Ishchi xodimlarni doimo o‘qitish, malakalarini muttasil oshirish;
4.Ijodga yo‘l ochish va uni doimo rag‘batlantirish.
5.Ishchi-xodimlarni o‘z korxonasi, firmasiga sadoqatli ruxda tarbiyalash.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin