Avzu: sug’oriladigan bo’z tuproqlar va ularning unumdorligini oshirish yo’llari


Bo’z tuproqlar poyasining tuproqlari



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə2/6
tarix13.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#112861
1   2   3   4   5   6
TAYYOR 14-MAVZU KURS ISHI eng

2. Bo’z tuproqlar poyasining tuproqlari.
Bo`z tuproqlar poyasining tuproqlarini dastlab A.Middendorf (1882) va N.Teyx (1881) o`rgandilar. Bu tuproqlarni N.A.Dimo "och tuproq", S.S.Neustruyev "bo`z tuproqlar" deb atashni taklif qildilar. A.N.Rozanov keyinchalik ko`p yillik izlanishlar samarasi o`laroq "O`rta Osiyo bo`z tuproqlari" kitobini yozdi (1951).
Bo`z tuproqlar poyasi tog`larning yuksakligi 250-400 metr dan 1400 metrgacha, janubda 1500-1600 metr absolyut yuksakliklarini ishg`ol qiladi. Biologik va iqlimiy sharoitlarning ifodalanishiga ko`ra bu tuproqlarning yuqori chegarasi hamma joyda har xil yuksakliklardan o`tadi.
Keyingi yillarda toshkentlik tuproqshunoslar N.V.Kimberg, B.V.Gorbunov, A.Z.Genusovlar tomonidan olib borilgan tekshirishlar natijasida bo`z tuproqlar poyasi bilan cho`llarning biologik va iqlimiy sharoitlari orasida muhim farqlar borligi va bu farqlar bir-biridan ajralib turadigan tuproqlar paydo bo`lganligi aniqladi.
Relyefi tog` jinslari. Bo`z tuproqlar Tyan-Shan, Pomir-Oloy va Kopetdog` tog`larining etaklaridagi qiya tekisliklarda, tog` daryolarining terrasalarida va tog`oldi murakkab relpefli joylarda tarqalgandir. Bo`z tuproqlar tarqalgan joylarda to`rtlamchi davr g`ovak jinslari (Toshkent vohasi va Mirzacho`dda lyosslar, lyossimon jinslar), konus yoyilmalarida shag`al aralash turli granulometrik tarkibli jinslar hosil bo`lgan. Tog` etaklaridan yuqoriga ko`tarilgan sari lyoss tarkibidagi il jinslarining miqdori ortib boradi. Lyoss tarkibida yirik chang miqdori ko`p, g`ovak, mikroagregatli, SaSO3 ga boy, kolloidlarga va almashinuvchi kationlarga kambag`al.
Turkiston lyosslari allyuvial, allyuvo-prolyuvial va delyuvo- prolyuvial jarayonlar taosirida hosil bo`lgan degan nazariya bor.
Bo`z tuproqlarda sizot suvlari chuqurda bo`ladi, ammo baozi joylarda bu suvlar yer yuziga yaqinlashganda (3-5 m) tuproq gorizontlari bo`ylab kapillyarlar orqali ko`tarilayotgan nam o`tma tuproqlarni hosil qiladi. Sizot suvlari yanada yuzada joylashgan yerlarda esa bo`z tuproqlar zonasining gidromorf tuproqlari-sho`rxoklar va o`tloqi tuproqlar hosil bo`ladi.
Iqlimi. Bo`z tuproqlar poyasining iqlimi Turkiston cho`llarning iqlimidan aridlik va kontinentalligining ozligi bilan farqlanadi.
Tog`lari uchta yuksaklik iqlim poyasiga bo`linadi: arid, subgumid, gumid-subnival. Har bir poyas maolum geomorfologik rayonlarga muvofiq keladi: arid-tog`oldi qiya tekisliklari va past tog`lar, subgumid-o`rtacha yuksaklikdagi tog`lar, gumid-subnival-yuksak tog`lar. Bo`z tuproqlar yuqorida eslatib o`tilganidek 1600 m yuksaklikkacha bo`lgan joylarni egallaydi. Bo`z tuproqlar poyasining o`rtacha yillik temperaturasi zonaning shimolida 9-11°, markazida (Toshkent, Samarqand oblastlari) 12-13,6° va janubida (Tojikiston Turkmaniston va Janubiy O`zbekistonda) 14-15° ni tashkil qiladi. Yillik yog`in miqdori yuqoridagilarga muvofiq 200-300, 250-500 va 250-600 mm ni tashkil qiladi. Zonaning shimolida yog`in asosan qishda va bahorda bo`lib, bahorgi yog`inlar maksimumi mai oyiga to`g`ri keladi, Markazda yog`ining asosiy qismi baqorda mart-aprel oylarida bo`ladi. Janubda qish yumshoq, yanvarning o’rtacha temperaturasi 0° dan yuqoridir.
Absolyut yuksaklik ortgan sari yillik yog`in miqdori ortab, yillik o`rtacha temperatura ozayadi. Suv yuzasidan bo`g`lanishi 1000-1500 mm ni tashkil qiladi yog`in miqdoridan 4-5 marta ortiqdir.
O`simliklar. Bo`z tuproqlar poyasining quyi och bo`z tuproqlar tarqalgan tog`oldi qiya tekisliklarida efemeroidlar, ulardan keng tarqalgani rang (Calex pachystylis) va qo`ng`irbosh (Poalubosa) iliq va nam bahor oylarida zich yashab chim hosil qiladi. Yozda esa qurib-qovjirab qoladi. Efemeroidlar orasida efemerlar keng tarqalgandir (Papaver pavonium, Delphinium persicum, Alyssum desertorum, Malsomlia turcestanica va boshqalar). Gipslashgan skeletli melkozem ustida esa asosan shuvoq va uncha siyrak rang, qo`ng`irbosh assotsiatsiyasi qo`shilib o`sadi.
Bir metrli qatlamdagi jami biomassa gektariga 8-10 tonnaga
teng. Shunday qilib och bo`z tuproqlar poyasida efemerli mezofil
o`simliklarining hosil bo`lishi, mezotermik fazada qalin o`sib
yuqori o`n santimetrli qatlamda chim hosil qilishi bilan cho`l
zonasining siyrak o`simliklaridan farq qiladi.
Tipik bo’z tuproqlar tarqalgan joylarda efemer-efemeroidli
o`simliklarga yozda vegetatsiya qiladigan o`simliklar qo`shilib o`sadi.
Bular zontiksimonlarning baozi turlari (Saligeria allioides, S. transcaspica), flomislar (Phlomis tapsoides, Ph.bucharica) juziniya (Cousinia reanosa), kapalakgullilar (Proralea drupacla) va boshqalardir. Bu tuproqlarning bir metrli qatlamqdagi jami biomassa gektariga 20 tonnadan ortiqdir.
To’q tusli bo’z tuproqlar tarqalgan joylarda o`simliklarning bo`yi yanada balandlashadi va qalinlashadi. Asosiy o`simliklari bug`doyiq (Agrorurum triuchophorum) va piyozboshlilar (Hordeum bulboum), baland bo`yli o`t o`simliklari - kamola (Ferula Jaeschkeana sovina), devyasila (Codonocephalum), yugana (Prahgos pabularia) qo`shilib o`sadi. Bug’doyiq asosiy fonni tashkil qilganidan bu mintaqani bug`’doyik-yirik o`tli tog` quruq dashti deb ham yuritiladi.
O’zbekistonlik olimlar tomonidan (Genusov, Gorbunov, Kimberg) ishlab chiqilgan tuproqlar tasnifining geomorfologik rayonlarga munosib ravishda tog`oldi va past tog`larda bo`z tuproqlar, o`rtacha yuksakliklardagi tog`larda jigarrang va tog` o`rmon qo`ng`ir tuproqlari hamda yuksak tog`larda o`tloqi-dasht och qo`ng`ir tuproqlari tarqalgan.
Tekisliklardagi sigari yuksaklik mintaqalarqda ham sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan yerlarda gidromorf tuproqlar, gidromorf va avtomorf tuproqlar orasida elyuvial-gidromorf tartibotdagi o`tma tuproqlar hosil bo`lgan. Bo`z tuproqlar. Poyasi atalgan tog`oldi qiya tekislaklar va past tog`larda quyidagi tiplari tarqalgan.
X. Bo`z tuproqlar.
XI. O’tloqi tuproqlar.
XII. Botqoq tuproqlar.
XIII. Sho’rxoklar.
Avtomorf sharoitda bo`z tuproqlar, elyuvial-gidromorf sharoitda solonetslar, gidromorf sharoitda o`tloqi, botqoq va sho`rxoklar hosil bo`lgandir.
XIV. Bo`z tuproqlar poyasining bo`z-voha tuproqlari.
XV. Bo`z tuproqlar poyasining o`tloqi-voha tuproqlari.
XVI. Bo`z tuproqlar poyasining botqoq-voha tuproqlari.
X. Bo`z tuproqlar.
Bo`z tuproqlar Tyan-Shan, Pomir-Oltoy va Kopetdog`ning tekisliklar bilan kontakt zonadan boshlanib barcha qiya tekisliklarni, o`rtacha yuksakliklardagi tog`larni ishg`ol qiladi. Bu poyas arid iqlimi va efemer-efemeroidli o`simliklar qoplamidan iborat. Tog`oldi qiya tekisliklaridan past tog`larning yuqori qismida ko`tarilgan sari iqlimning aridlik xususiyati ozaya boradi, o`smlikalarda kech vegetatsiya qiluvchi shakllari ko`payadi va qalinlashadi. Tuproqlarning chirindisi ortadi, tuproq kesmasi uzayadi, karbonatlar va gips ko`proq yuvila boradi. Bo`z tuproqlardagi bu o`zgarishlar ularning tipchalarga ajratishni taqozo qiladk. Tog` ostidan yuqoriga ko`tarilgan sari och tusli, tipik va to`q tusli tuproq tipchalar ajratiladi.
X.1. Och tusli bo`z tuproqlar cho`l zonasi bilan vertikal poyasning kontakt zonasida absolyut yuksakligi 300 metrdan 600 metrgacha bo`lgan yuksakliklarda - Qoratov etaklari, Mirzacho`l, Farg`ona vodiysining adirlarida va KObtyc yoyilmalarida, Zarafshon, Surxondaryo va Vaxsh vodiylarining yuqori terrasalarida, Kopetdog` etagida, Korabel va Badxiz yuksakliklarida tarqalgan. Konus yoyilmalari va tog`oldi qiyaliklari turli shag`allar va mayin jinslar aralashmasidan iborat bo`lib, jinslarning tarkibi quyiga tomon og`irlashib boradi. Adirlarda esa to`rtlamchi davrining Mirzacho`l va Toshkent yaruslariga mansub bo`lgan lyosslar va lyossimon jinslar ustida hosil bo`lgan.




Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin