Avzu: sug’oriladigan bo’z tuproqlar va ularning unumdorligini oshirish yo’llari


Bo’z tuproqlar joylashgan yerlar iqlimi



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə3/6
tarix13.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#112861
1   2   3   4   5   6
TAYYOR 14-MAVZU KURS ISHI eng

3.Bo’z tuproqlar joylashgan yerlar iqlimi.
Och tusli bo`z tuproqlar tarqalgan joylarning iqlimi quruq va issiq, yog`ingarchilik yiliga 200-300 mm ga teng. Yog`inning ko`pi qish va bahor oylariga to`g`ri keladi. Tuproqning ustki 10-15 sm qismigina qish sovuq kelgan yillari muzlaydi, yozda 10 sm chuqurlik 65° gacha, 100 sm chuqurlik 25° gacha isiydi. Qish va bahordagi seryog`in paytda tuproq 1 metr chuqurlikkacha namladi. Tuproq namligi qish-bahor oylari yuqoridagi 1 metr qatlam dala nam sig`imi darajasida (20-21 %), bahor oxirida 14-15 %, yozda esa maksimal gigroskopiklik darajasigacha (4-6 %), yuqori gorizontlarda esa so`lish koeffitsiyentidan ham past darajasigacha (1-2 %) ozayadi. Namlashining kontrastligi bahorda efemerli mezofil o`simliklarning yaxshi rivojlanishiga va mikroorganizmlarning bahorda keng rivojlanishiga olib keladi. (1 g tuproqda 1,5 mlrd. mikroorganizmlar mavjud).
Qisqa muddatli bahorgi seryog`in pallada tuproqning yaxshi
yuvilmasligi va pastga harakatlanayotgan suvning yuqoriga qarab qayta
ko`tarilishi tuproq yaratilishi jarayonida ishtirok etuvchi moddalarning tuproq kesmasi bo`ylab yaxshi yuvilmasligiga olib keladi.
Och tusli tuproq quyidagi morfologik tuzilishga ega:
0-5 sm. Och bo`z tusli, chim qatlami tangachasimon-kesaksimon strukturali yengil soz jinslardan iborat.
5-16 sm. Och bo`z rangli (ammo yuqoridagi gorizontdan ochroq) ildizlarga boy, chidamsiz kesaksimon strukturali.
16-55 sm. Och qo`ng`ir rangli, chidamsiz uvoq strukturali, o`rta soz jinslardan iborat, mayda xol-xol shaklida karbonatlar va yer pillalar ko`p.
55-87 sm. Yuqoridagi gorizontdan ochroq, qo`ng`ir rangli karbonat dog`lari bor, chidamsiz uvoqli strukturaga ega.
87 sm dan quyida. Sarg`ish, yumshoq g`ovak, changsimon, yengil soz, yuqori qismida karbonatlar, quyida esa gips (oq dog`lar) uchraydi, po`panak, konkretsiyalar dog` shaklida hosil bo`lgan. Yer kovlab hayot kechiruvchi qurt-qumursqalarning inlari bor.
Och tusli bo`z tuproqlarning granulometrik tarkibi har xil, og`ir sozdan qumoqqacha o`zgaradi. Bu tuproqning 30-60 sm chuqurligida gidrotermik sharoit tufayli birlamchi minerallarning yemirilishidan sozga aylanish jarayoni sodir bo`ladi va uni analiz qilish yo`li bilangina aniqlash mumkin. Shuning uchun bu jarayonni A.N.Rozanov "yashirin sozga aylanish" deb nomlagan. Och tusli bo`z tuproqlarda kolloid zarralar miqdori 9-16 % ga teng, ularda temir va alyuminiy oksidlari ko`pdir. Kolloidlarning 30-80 % ti montmorillonit va nantronit, 10 % ti gidroslyuda gruppasidagi minerallar, 1-7 % ti kremnezyomdir.
Chimli qatlamda chirindi miqdori tuproqning granulometrik tarkibiga bog`liq holda 2 % atrofida, pastda esa ozayib boradi, umuman chirindi qatlamining chuqurligi 70-80 sm ga yetadi. Chirindining umumiy zahirasi gektariga 50-60 tonna, azot chimli qatlamda 0,14-0,16 %, quyida 0,1-0,08 %, fosfor 0,24-0,1 %, kaliyning umumiy zahirasi 1-1,72 % ga teng. Harakatchan fosfor 10 mg/kg dan 40-60 mg/kg gacha, jami fosfor 1-2 % ga teng. Yuqori gorizontdan pastga tomon karbonatlarning miqdori 15-25 % gacha ortib boradi va ular mog`or, primazka va konkretsiya shakllarida uchraydi. Karbonatlarning ko`pligi onalik jinsga bog`liq bo`lib, karbonatsiz ustida yaratilgan, och tusli bo`z tuproqlarda bu miqdor 0,5 % ni tashkil etadi xolos. Shuni taokidlash lozimki, karbonatlar lyosslarda tuproqdagiga nisbatan birmuncha ozdir.
Och tusli bo`z tuproqlar sho`rlashgan va sho`rtoblashgan och tusli bo`z tuproqlarga bo`linadi. SHo`rlanish och tusli bo`z tuproqlardagi suvda eriydigan tuzlar va gips qishqi-bahorgi yog`inlar tufayli deyarli yuvilib ketishi tufayli ko`pgina hollarda sho`rtoblashgan och tusli bo`z tuproqlar hosil bo`ladi. Och tusli bo`z tuproqlarning yuqori qatlamlarida suvda eriydigan tuzlar miqdori 0,1 % ni, 1 metr chuqurlikda esa 1,0 % ni, tashkil qiladi.
Och tusli-bo`z tuproqlarning singirdish sig`imi 8-10 mg/ekv ni tashkil qiladi. Yuqori gorizontlarda singdirilgan kationlar orasida kalpsiy eng ko`p (80 %), magniy esa ozroq (10-15 %) bo`lib, pastga borgan sari magniyning xissasi ortadi va kalpsiy 50 % gacha ozayib boradi, natriy esa ortadi. Bu jarayon tuproqning yuqori gorizontlarida kalpsiy va kaliyning biogen yo`li bilan to`planishini isbotlaydi .
Och tusli bo`z tuproqlar tipchasi och tusli buz tuproqlar, yupqa och tusli bo`z tuproqlar va gipslashgan och tusli bo`z tuproqlar oilalariga bo`linadi.
X.2. Taqirsimon bo`z tuproqlar. Ular bo`z tuproq tipiga kiruvchi tipcha sifatida o`rganiladi. Taqirsimon bo`z tuproqlar bo`z tuproqlar poyasi bilan cho`l zonasining kontakt zonalarida Kopetdog` tog` osti qiyaligida, Sirdaryoning qayir usti ikkinchi terrasasida va boshqa joylarda tarqalgandir. Taqirsimion bo`z tuproqlar qadimgi taqirlardan suvo`tlari o`rniga qo`ng`irbosh, rang`ut va shuvoq kabilarning o`sishi va seryog`in yillari qalin chim hosil qilishi tufayli hosil bo`ladi. Lekin xali tuproqning usti poligonal yorilgan qirrali qatqaloq shakllari saqlanib turadi. Bu tuproqlar cho`l zonasi .uchun xarakterli bo`lgan taqirlar va taqirsimon tuproqlar singari strukturaga ega bo`lsa ham chirindisi ko`p, chirindili qatlam qalin, singdirilgan xajm ham ko`pdir. Ammo, bu tuproqlar och tusli bo`z tuproqlarchalik hosildor emas.
X.3. O`tloqi-bo`z tuproqlar. Bu tuproqlar bo`z tuproqlar tipiga mansub bo`lgan tuproq tipchasi bo`lib, ilgarigi o`tloq jarayonining o`zgarishi tufayli sizot suvlari sathining chuqurlashuvi tufayli hosil bo`lgandir. O`tloqi bo`z tuproqlarda bo`z tuproqlarga xos o`simliklar rivojlanayotgan va sizot suvlari chuqurda bo`lsa ham ilgarigi o`tloq jarayonining qoldiqlari - chirindining ko`pligi, chirindili qatlamning qalinligi, botqoqlanish izlarining mavjudligi sezilib turadi. Tuproq tarkibida sulpfatli tuzlar ko`p bo`lib xloridlar yuvilib ketgandir.
Sirdaryoning qayir usti ikkinchi terrasasida, Mirzacho`l,
Chordara dashtida, Qashqadaryo va Vaxsh vodiylarida va tog`larning
quyi etaklarida uchraydi.
X.4. Bo`z-o`tloqi tuproqlar. Bu tuproqlar bo`z tuproqlar tipining tipchasidir. Qadimgi och tusli bo`z tuproqlar o`rnida turli sabablarga ko`ra sizot suvlari sathining ko`tarilishidan paydo bo`ladi. Bo`z-o`tloqi tuproqlarda sizot suvlari yaqin, o`tloq o`simliklar formatsiyasi rivojlangan bo`lib, qadimgi bo`z tuproqlarning qoldiqlari - karbonatli gorizont va yomg`ir chuvalchanglarining izlari saqlanib qolganligi bilan farq qiladi. Bu tuproqlardagi yana bir diagnostik belgi shundan iboratki, tuproqda xlorli tuzlar sulpfatli tuzlardan ko`pdir. Demak bu tuproqlar ikkilamchi sho`rlanishga tortilgandir.
X.5. Tipik bo`z tuproqlar. Tipik bo`z tuproqlar och tusli bo`z tuproqlardan so`ng yuqori poyasda absolyut yuksakligi 400-500 metrdan 600-800 metrgacha bo`lgan Aris, Chirchiq va Oxangaron daryolarining yuqori terrasalarida, O`rta Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Kofirnihon, Vaxsh va Qizilsuv daryolarining yuqori terrasalarida, Kopetdog` va Farg`ona vodiysida tarqalgandir.
Bu tuproqlar tarqalgan poyasning jinslari asosan lyossdan hamda prolyuviylar, delyuviylar va elyuviylardan iborat galka, shag`al va mayin jinslar aralashmasi ustida hosil bo`lgai. Och tusli bo`z tuproqlardagidan birmuncha seryog`in (300-400 mm), qishki-bahorgi seryog`in palla uzoqroq davom etadi va o`rtacha yillik temperaturasi pastroqdir (12°-13,5°). Tuproq ancha chuqur (170 sm) gacha namlanadi. O`simliklari och tusli bo`z tuproqlarning o`simliklaridan va unga qo`shilib o`suvchi boshqa ko`p yillik o`simliklardan iborat bo`lib, nisbatan qalin chim hosil qiladi.
To`q tusli bo`z tuproqlarning morfologik tuzilishi och tusli bo`z tuproqlardagidan genetik gorizontlar mufassalroq ajralib turishi bilan farq qiladi.
Eng yuqori 4-6 sm qalinlikda chim qatlami bo`lib, uning ostida (12-16 sm qalinlikda) qo`ng`ir dog`i chirindili akkumulyativ qatlam mavjud. Tipik bo`z tuproqlarning morfologik tuzilishi quyidagicha:
0-5 sm. Bo`z rangli qo`ng`ir dog`li zich kukunsimon mayda kesakli strukturaga eta bo`lgan chim qatlami.
5-18 sm. Bo`z rangli qo`ng`ir dog`lari bor, biroz zichlashgan mayda ildizlar ko`p, donador-kesaksimon strukturali ayrim mayda karbonat qo`zoqchalari bo`lgan chimosti qatlami.
18-31 sm. Bo`z-qo`ng`inr, og`ir soz, ildizlar ko`p, hayvonlarning inlari ko`p va ular yerpillalar, karbonat mitsellalar bilan to`lgan, salgina kesaksimon (yaxshi ifodalanmagan) strukturali qatlam.
35-70 sm. Sur dog`lari bo`lgan sarg`ich qo`ng`ir rangli ildizlar pastga tomon ozayib boradi, chuvalchang izlari ko`p va gumbaklar bor. Yirik kesaksimon (yaxshi ifodalanmagan) strukturali, po`panak va dog`lar holida karbonatlar bor.
70-115 sm. Sarg`ich qo`ng`ir rangli ildizlari oz, yumshoq va noaniq yirik kesaksimon strukturali, karbonat yangi yaratmalari oz.
115 dan chuqurda sarg`ich-qo`ng`ir rangli mayda teshikchali karbonatlar oqish dog`lar shaklida bilinib turadi. Bahorgi yomg`ir suvi tuproqni 1,90 metrgacha namlaydi.
Tipik bo`z tuproqlarning chimli qatlamlaridagi chirindi miqdori 4 % ga yetadi, quyida esa keskin ozayadi. Chirindi moddalarning gruppaviy tarkibi analiz qilinganda 20 % gumin kislota, 23-31 % fulpvokislota, 5-7 % bitum, 30 % ishqorda erimaydigan moddalardan iborat ekanligi aniqlangan.
Karbonatlar yuqori chimli va chim osti qatlamlarida 4-6 %, quyida esa 8-10 % ni tashkil qiladi. Tuproq juda kuchsiz sho`rlanishga ega bo`lib, faqat bir metrdan chuqurdagina suvda eriydigan, tuzlar miqdori 0,5 % ga teng. Jami fosfor yuqori qatlamlarda 0,3 % quyida esa 0,1 %, shundan 2-5 % gina harakatchan fosfordir. Shuning uchun qishloq xo`jalik ekinlari fosforli o`g`itlarga muxtojdir. Kaliy tipik bo`z tuproqlarning singdiruvchi kompleksiga ko`proq kirganligidan tuproqqa kaliyli o`g`it solish talab etilmaydi. Bu tuproqlarda singdiruvchi xajmning 100 gramm tuproqdagi miqdori 13-15 mg/ekv.ni tashkil etadi.
B.V.Gorbunovning tekshirishlari shuni ko`rsatadiki singdiruvchi kompleksda kalpsiy ko`p bo`lib, u quyi qatlamlarga tomon kamayadi, ammo magniy miqdory maolum chuqurlikkacha ortib boradi. Kaliyning miqdori maolum chuqurlikkacha (deyarli B1 qatlamgacha) bir xil boradi so`ngra kamaya boradi.
Tipik bo`z tuproqlar absolyut balandligi yuqori joyda hosil bo`lganidan eroziya kuchli tarqalgan joylarga to`g`ri keladi. Shuning uchun kuchli yuvilgan va yuvilmagan uchastkalarning tuprog`i bir-biridan ajratiladi. Kuchli yuviladigan tuproqlarni o`zlashtirishda "Nerozin" va "K-9" preparatalarning taosiri sinab ko`rilib effektivligi aniqlanmoqda.
Tog`larning g`arbiy va sharqiy yonbag`irlarida plato yoki tekisliklardagi yuviladigan suv tartiboti sharoitda tipik bo`z tuproqlar, xuddi shunday yuksaklikdagi janubiy yonbag`irlarning dag`al skeletli jinslari ustida yupqa tipik bo`z tuproqlar hosil bo`lgandir.
X.6. To`q tusli bo`z tuproqlar tog`larning 800 metrdan 1200-1400 metr absolyut yusakliklarida tarqalgan. Baozi tog`larda, chunonchi, Nurota va Zarafshon tizmalarida esa 1500 metr yuksaklikkacha yetib boradi. Tuproq yaratuvchi jinslar lyoss, shag`al va tub jinslardan iborat.
Iqlimi tipik bo`z tuproqlar poyasndan sernam, yozi salqin bo`lishi bilan ajralib turadi. Yeg`ingarchilik 400-600 mm bo`lib yog`inning asosiy qismi qish bahor oylarida yog`adi. O`simliklari g`allasimonlar, piyozboshlilar va baland bo`yli o`simliklardan iborat, bo`yi o`rtacha 80 sm ni tashkil qiladi. Bu o`simliklar qalin o`sib chim hosil qiladi. Yog`inlar taosirida karbonatlar ancha ichkariga yuviladi.
To`q tusli bo`z tuproqlar quyidagi morfologik tuzilishga ega:
0-4 sm. To`q bo`z rangli yaproqsimon-tangachasimon strukturali bo`lib, ildizlar qalin chim hosil qiladi.
4-14 sm. Qo`ng`ir dog`li bo`z rangda, zich va tik darzlar bor, kukunsimon-kesaksimon-palaxsali strukturaga eta, ildizlar ko`p.
14-45 sm. Sur-qo`ng`ir olachipor rangli, mayda va yirik kesaklarga bo`linib ketadi, chuvalanch izlari yerpillalar, kaprolitlar va ildizlar ko`p.
45-65 sm. Zang dog`lari bo`lgan och-qo`ng`ir rangli po`ranaklar ko`p, karbonat donachalari ham bor, yerpillalar kaprolitlar, yer kovlovchi xayvonlarning izlari ko`p, ildizlar ozaya boradi.
65-140 sm. Zang dog`lari bo`lgan och-qo`ng`ir (qo`ng`ir-sariq) rangli zich qo`zoqchalar va mitsellalar shaklidagi karbonat yangi yaratmalari ko`p, ammo hayvon izlari va yerpillalar kamayadi.
140-165 sm. Yuqoridagi gorizontga o`xshash rangli bo`lib zich, karbonat yangi yaratmalari yo`q, ildizlar kam.
165 sm (225 sm). Sarg`ich rangli changsimon og`ir soz jinlsar-lyoss.
To`q tusli bo`z tuproqlar tipik bo`z tuproqlarga nisbatan chirindisining (3-4,5 % gacha) va azotning (0,39 % gacha) ko`pligi, A+V gorizontlarning qalinligi, karbonatlar chuqurda joylashganligi bilan farq qiladi. Kolloid zarralar ham ko`p bo`lib ayniqsa organik kolloidlar singdiruvchi xajmining katta bo`lishiga olib keladi (100 gramm tuproqda 17 mg/ekv. gacha). Singdiruvchi kationlardan kalpsiy ko`p bo`lsa-da quyi gorizontlarda ozayadi, magniy va natriyning xissasi quyida ortadi, kaliy esa pastga tomon ozayib boradi.
3-jadval.
Bo`z tuproqlarning singdiruvchi kationlari.

Tuproq kesmasi

Chuqurligi, cm.

Jami singdiruvchi kationlar

%hisobida

Sa

Mg

K

Na

Mirzacho‘lning och tusli bo‘z tuproqlari

5-14
40-50
210-220

8,05
8,29
7,64

79
60
40

10
27
51

10
8
3

1
5
6

Qashqadaryo vodiysining tipik bo‘z tuproqlari

0-5
50-60
170-185

9,90
7,72
5,68

84
74
49

7
16
43

8
8
4

1
2
4

Angren vodiysining to‘q tusli bo‘z tuproqlari

0-4
50-60
210-220

14,58
10,21
9,83

84
79
18

6
17
78

9
3
2

1
1
2

Singdiruvchi kompleksdagi magniyning miqdorini quyi gorizontlarga tomon ortib, natriy miqdorini ozayib borishini birinchi marta B.V.Gorbunov 1942 yili aniqlagan edi.
Keyinchalik bu fikrni 1972 yili A.Z.Genusov va boshqa olimlar O`zbekiston tog` etaklarida, 1969 y. Aranbayev Kopetdog` etkalarida to`la-to`kis isbotladilar. Yalpi fosforning miqdori och va-tipik bo`z tuproqlardagiga nisbatan to`q tusli bo`z tuproqlarda ko`p bo`lib (deyarli deqqonchilik uchun yetishmaydi) chimli-akkumulyativ qatlamda maksimal darajaga yetadi (0,209 %). Bu hol fosforning biogen yul bilan to`planishini ko`rsatadi. Harakatchan fosfor tipik va to`q tusli bo`z tuproqlarda 87-117 mg/kg ga yetadi.
Yalpi kaliy miqdori och tusli bo`z tuproqlarning chimli qatlamida 2,0 %, to`q tusli bo`z tuproqlarda 2,4 % gacha, o`simlik o`zlashgira oladigan kaliy muvofiq ravishda och tusli bo`z tuproqlarda 240 mg/kg, to`q tusli bo`z tuproqlarda esa 750 mg/kg ni tashkil etadi. Quyi qatlamlarda esa kaliy ozayib boradi.
Makroagregaglar (>1 mm) och tusli bo`z tuproqlarning chirindili qatlamida 15 % ni, to`q tusli bo`z tuproqlarda esa 50 % ni tashkil qiladi. Och tusli bo`z tuproqlarning g`ovakligi 47-50 % bo`lsa, to`q tusli bo`z tuproqlarda bu miqdor 55-59 % ga yetadi. Bo`z tuproqlardagi gigroskopiklik, so`lish namligi, tuproqning eng oz nam sig`imi og`ir soz jinslarda ko`p bo`lib, tuproqning quyi gorizontlaridan yuqoriga tomon ortib boradi.
XI. O`tloqi tuproqlar.
Bo`z tuproqlar kamarining o`tloqi tuproqlari konus yoyilmalari-ning chekkalarida (agar bo`z tuproqlar poyasiga kirsa) daryo vodiylarida o`tloqi tuproqlar va botqoqlashgan o`tloqi tuproq tipchalari sifatida uchraydi. Ular och tusli bo`z tuproqlar zonasida bo`lsa har xil darajada sho`rlashgan, tipik va to`q tusli bo`z tuproqlar orasida bo`lsa sho`rlashmagandir.
O`tloqi tuproqlar. Bu tuproqlar qayir-allyuvial, allyuvial va soz tartibotlarida hosil bo`lgandir. Qayir-allyuvial tartibotdagi o`tloqi tuproqlar daryo suvi toshib turadigan qayirlarda hosil bo`lgan va fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatdan cho`l zonasining xuddi shunday tuproqlariga o`xshaydi.
Allyuvial tartibotdagi o`tloqi tuproqlari Qoradaryo, Norin, Chirchiq, Oxangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Kofirnihon, Vaxsh, Chu daryo vodiylarining bo`z tuproqlar poyasidan oqib o`tayotgan joylarida hosil bo`lgan. Qatlamlashgan turli jinslar 0,5-2,0 m chuqurlikda galechnik bilan almashinadi. Sizot suvlari yaqin joylarda o`tloqlar qalin chim hosil qiladi, sho`rlangan gruntlarda esa siyrak o`tlar o`sib yotadi.
O`tloqi tuproqlar morfologik tuzilishi quyidagicha. 12-25 sm qalinlikda chimli qatlam bo`lib, to`q bo`z rangli, ildizlar qalin chim hosil qiladi, mustahkam mayda kesakli strukturaga ega. O`tma garizont qo`ng`ir-bo`z rangli chidamsiz kesaksimon strukturali, sarg`ich dog`lar uchraydi. Quyida qo`ng`ir dog`lari bo`lgan gleylashgan bo`z rangli qatlam keladi. Chirindili qatlam 60-80 sm chuqurlikda. Soz tartibotidagi o`tloqi tuproqlar karbonatli qattiq sizot suvlari taosirida hosil bo`lganligidan karbonatlarga boy (40-50 % gacha), sizot suvlari sothining stabilligidan chirindi ko`p to`planadi va bu bilan allyuvial rejimdagi o`tloqi tuproqlardan ajralib turadi. Chirindining oz-ko`pligiga ko`ra o`tloqi tuproqlar to`q tusli o`tloqi tuproqlar va och tusli o`tloq tuproqlarga bo`linadi. Chirindi miqdori 1,5-2,5 %, 3-4 % (chuqurga tomon kamayadi), azot 0,08 % 0,25 %, fosfor 0,13-0,15, >0,25 mm agregatlar 60-70 % bo`lib, suvni yaxshi o`tkazadi. Bu tuproqlar deyarli qishloq xo`jaligi oborotiga kiritilgandir.
Allyuvial tartibotdagi botqoklashgan-o`tloqi tuproqlar bo`z tuproqlar poyasidagi daryolarning o`zan usti terrasalarida sizot suvlari yer yuziga yaqin joylarda (70-100 sm) hosil bo`lgan. Granulometrik tarkibining og`irligi, chim osti qatlamida anaerob jarayon xukumronlik qiluvchi ko`k-yashil rangdagi qatlamning mavjudligi bilan bu poyasning o`tloqi tuproqlaridan ajralib turadi. Yuqori gorizontda namlanish tartiboti o`zgarib turganligadan o`tloq jarayon yaxshi rivojlangan bo`lib, o`t o`simliklari o`tloqi tuproqlardagidan qalin o`sadi. Gleyli qatlamda moddalar ammiak, serovodorodgacha tiklanib turadi.
O`t o`simliklarining qalin o`sishi chimli qatlamda ko`plab chirindi hosil qilgan (8,0 % gacha), azot va fosfor moddalari ham ko`p, ammo fosfor temir bilan birikib erimaydigan shaklga o`tgan.
XII. Botqoq tuproqlar.
Bu poyasdagi botqoq tuproqlar o`tloqi va botqoqlashgan-o`tloqi tuproqlar orasidagi pastqamliklarda, sizot suvlari yozgi suv ko`tarilishi davrlarida yer yuziga yaqinlashib keladigan joylarda hosil bo`ladi. Sizot suvlari ozayganda 20-50 sm chuqurlikka yaqinlashadi. O`simliklari qamish va qo`g`adan iboratdir. Sizot suvlarining uzoq vaqt tuproq ustiga chiqib yotishi tufayli torf qatlami hosil bo`ladi va ular torflashgan botqoqlar deb yuritiladi. Ularning tarkibida chirindi (10-22 %), azot va fosfor moddalar ko`p. Sizot suvlari tezda pasayib ketadigan joylarda esa illashgan-botqoq tuproqlar hosil bo`ladi. Illashgan-botqoq tuproqlarda chirindi (1,5-2 %), azot va fosfor moddalari ozdir.
Botqoq tuproqlar deyarli o`zlashtirishga tortilgan bo`lib, qo`riq holda juda oz uchraydi.
XIII. SHo`rxoklar.
Bu tuproq tipik sho`rxok, o`tloqi sho`rxok va botqoqli sho`rxok kabi tipchalarga bo`linadi va xuddi shunday tipchalardan iborat cho`l zonasining sho`rxoklariga o`xshaydi. Ammo bo`z tuproqlar poyasida yog`ingarchilikning maksimal miqdori bahor va qishda bo`lishi sho`rxoklar tarkibidagi suvda eriydigan tuzlarni sizot suvlari sathigacha yuvib tushadi. Bunday paytlarda sho`rxoklarning yuqori gorizontlarida tuz miqdori 1,5-2,0 % ga tushib qoladi. Kech bahor, yoz va kuzdagi yog`insiz davrda kuchli bug`lanish tuproq kapillyarlari orqali suvda eriydigan tuzlarni yuqori gorizontlarga olib chiqadi va turli sho`rxoklar hosil bo`ladi.
Bo`z tuproqlar poyasida sho`rxoklar oz maydonlarni egallaydi. SHo`rxoklar aksariyat adirorti tekisliklari, adirlar va tog`oldi bilan tutashgan joylaridagi yonbag`irlarda minerallashgan sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan yerlarda hosil bo`lgan.
O`zlashtirishning keng quloch yoyishi tufayli Mirzacho`l, Vaxsh vodiysi va boshqa och tusli bo`z tuproqlar poyasida qazilgan kanallar, sug`orish shoxobchalaridan sizib o`tgan suvlar taosirida ko`plab ikkilamchi sho`rxoklar hosil bo`lmoqda. Tegishli meliorativ tadbirlar ko`rilmasa bu jarayon keng avj olishi mumkin.
XIV. Bo`z-voha tuproqlari.
Bo`z-voha tuproqlari, tog`oldi qiya tekisliklari va daryolarning
terrasilarida bo`z tuproqlarni o`zlashtirish natijasida hosil
bo`ladi.
Sug`orish taosirida mikro iqlimdagi kontinentallik ozayadi, yuvilmaydigan suv rejimi davriy yuviladigan tartibotiga aylanadi, madaniy o`simliklar tuproq ichki bug`lanishini kuchaytiradi, agroirrigatsion yotqiziqlar kelib qo`shila boradi, mikroorganizmlar tuproqqa chuqurroq kiradi va aktivligi ortadi, tuproqni ishlash, sug`orish, o`g`itlash - bularning hammasi yig`ilib yangi tuproq tipi - bo`z-voha tuproqlarining paydo bo`lishiga olib keladi. Bo`z tuproqlarni o`zlashtirish natijasida avval sug`oriladigan bo`z tuproqlar so`ng bo`z-voha tuproqlari hosil bo`ladi. Och tusli bo`z tuproqlar o`zlashtirilishi natijasida sug`oriladigan och tusli bo`z tuproqlarga, tipik bo`z tuproqlar esa sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlarga aylanadi. Hamma sug`oriladigan bo`z tuproqlar rivojlanib tuproq tipi bo`z-voha tuproqlariga aylanadi.
Sug`oriladigan bo`z tuproqlar morfologik jihatdan ham bo`z tuproqlarga o`xshaydi. Ularning kesmasi qisqa, karbonatli gorizont mavjud bo`lib, kimyoviy, fizik xossalari jihatidan ham bo`z tuproqlarga o`xshaydi. Bo`z-voha tuproqlarda esa 2 metrga yaqin agroirrigatsion qatlam hosil bo`ladi, tuproq kesmasi bir gorizontdan ikkinchi gorizontga sekinlik bilan o`tib boradi. Bo`z-voha tuproqlari quyidagi morfologik tuzilishga ega (X.Abduqodirov):
0-27 sm. Bo`z rangli chidamsiz changsimon, kesaksimon strukturali haydov qatlami.
27-48 sm. Bo`z rangli zich, chuvalchang izlari, kaprolitlar, ildizlar, ko`mir va sopol qoldiqlari ko`p bo`lgan haydov osti qatlami.
48-72 sm. Qo`ng`ir dog`li bo`z rang, zich kesaksimon strukturali, chuvalchaig izlari, kaprolitlar, ildizchalar ko`p.
72-115 sm. Bo`z-qo`ng`ir, chuvalchang izlari, kaprolitlar ko`p, karbonat mitsellalar paydo bo`ladi, sopol idish qoldiqlari topilgan.
115-155 sm. Bo`z qo`ng`ir (ko`plab dog`lar paydo bo`ladi) rangli, ildizchalar oz, kaprolitlar ko`p, pastroqda yer pillalar uchraydi.
155-205 sm. Qo`ng`ir-chipor pillalar ko`p, siyrak ildizchalar bor.
205-215 sm. Bo`z rangli mayda teshikchali lyoss. Suvda eriydigan tuzlar lalmikor tipik bo`z tuproqlarda 2 metr chuqurlikkacha yuviladi.
Sug`oriladigan tipik bo`z tuproqlar 8 metr chuqurlikkacha, bo`z-voha tuproqlari esa 15 m cha yuvilib ketadi, suvda eriydigan tuzlar miqdori 0,07 % dan ortmaydi, xlor juda oz - 0,004 %.
Bo`z-voha tuproqlarida chirindili qatlam oz bo`lsa-da umumiy zaerfasi katta - 140-170 t/ga. Tekshirishlar natijasida yangi o`zlashtirilgan yillari bo`z tuproqlar organik moddalarning keskin ozayishi, keyinchalik o`g`itlash, sug`orishdan hosil bo`ladigan loyqa, yerga ishlov berish natijasida bu moddalar miqdori stabillashuvi va hatto ko`payib borishi, jumladan umumiy azotning zahirasi ortishi aniqlangan.
Fosforli o`g`itlarning 20 % ni o`simliklar o`zlashtiradi, qolganlari qiyin eriydigan uchkalpsiyli fosfor shaklida to`planadi.
Bo`z-voha tuproqlari hosil bo`lish jarayonida - ugleammoniy, uglekislota va uksus kislotadan ajratib olinadigan harakatchan fosforning miqdori orta boradi. Uksus kislotada ajratib olinadigan fosforning miqdori bo`z-voha tuproqlarining chuqur gorizontlarida ham ko`plab to`planishi aniqlagan. Bu jarayon bo`z tuproqlarda uchramaydi. Fosforning erimaydigan qoldig`i aksincha ozayib boradi. Harakatchan kaliy miqdori bo`z va bo`z-voha tuproqlarida deyarli bir xil bo`lsa-da keyingi yillarda harakatchan kaliyning miqdori ozayib borayotganligi aniqlangan.
Singdiruvchi kationlar miqdori jihatidan bo`z tuproqlarga o`xshash bo`lib, Mg miqdori bo`z-voha tuproqlarida birmuncha ko`proqdir. Sug`orish taosirida il (<0,001 mm) jinslari ortib mikroagregatlar ozayadi, agregatlar buziladi, tuproqning fizik xossalari yomonlashadi, xajm og`irligi ortadi, zachlashadi, g`ovakligi ozayadi.
Bo`z-voha tuproqlarining yupqa o`rtacha qalinlikdagi va qalin agroirrigatsion gorizontli xillari ajratiladi. Yupqa agroirrigatsion qatlamli bo`z-voha tuproqlarida bu qatlam haydov qatlamiga to`g`ri kelsa, o`rta qalinlikdagi xillarida bu qatlam 1 metr chuqurlikkacha yetib boradi. Qalin agroirrigatsion qatlami bo`z-voha tuproqlarida uning qalinligi 1 metrdan ortadi.



Gidromorf va avtomorf tuproq yaratilishi jarayonlarining kontakt zonasida o`tloki bo`z tuproqlar yaratiladi. Bu tuproqlarda sizot suvlari chuqur (4-6 m) bo`lishiga qaramay o`tloqi jarayonning izlari mavjuddir. O`tloqi bo`z tuproqlar hozir deyarli o`zlashtirib yuborilgan va sug`oriladigan o`tloqi-bo`z tuproqlariga aylantirilgan. Ularning uzoq yillar davomida o`zlashtirilishi bilan agroirrigatsion qatlamning qalinlashuvi natijasida sug`oriladigan o`tloqi bo`z-voha tuproqlari hosil bo`ladi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin