Avzu: sug’oriladigan bo’z tuproqlar va ularning unumdorligini oshirish yo’llari


Sug’oriladigan botqoqlashgan-o’tloqi tuproqlar



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə4/6
tarix13.05.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#112861
1   2   3   4   5   6
TAYYOR 14-MAVZU KURS ISHI eng

4.Sug’oriladigan botqoqlashgan-o’tloqi tuproqlar
Bo`z tuproqlar poyasining sizot suvlari yer yuziga yaqin bo`lgan joylarida o`tloqi tuproqlar hosil bo`ladi. Sizot suvlarining tartibotiga ko`ra allyuvial va soz tartibotidagi o`tloqi tuproqlarga ajratiladi. Ammo bu tuproqlar hozir o`zlashtirish natijasida deyarli sug`oriladigan o`tloqi, o`tloqi-vaqa va boshqa tuproqlarga aylanib ketgan.
Sug`oriladigan o`tloqi tuproqlar bilan o`tloqi-voha tuproqlari bir-biridan shartli ravishda ajratiladi. Bu esa sug`orma suvning tarkibidagi loyqaga va daryo yotqiziqlariga bog`liqdir. Sug`orma suv tarkibidagi loyqa ko`p bo`lsa, agroirrigatsion yotqiziqlar tez to`planadi, qalinligi ortadi, aksincha, tiniq suv bilan uzoq vaqt sug`orilishiga qaramay agroirrigatsion qatlam yupqa bo`ladi.
O`tloqi-voha tuproqlarining morfologik belgilari quyidagicha: 30 sm chuqurlikda qo`ng`ir dog`lari bo`lgan to`q bo`z rangli haydov qatlami yirik donador, kesaksimon strukturaga ega bo`lib, hamma joyda ko`mir va sopol qoldiqlari uchraydi. Uning ostida (100 sm) qora-qo`ng`ir, sarg`ich dog`lari bo`lgan chipor rangli V1 va yanada quyida sarg`ich va to`q jigarrang dog`lari bo`lgan sargich-qo`ng`ir V2 gorizontlari mavjud, 100 sm chuqurlikka yetib boradi. Antropogen yaratmalar esa 50 sm chuqurlikkacha uchraydi. Bir metrdan pastda qora va qizil dog`lari bo`lgan chipor-qo`ng`ir-bo`z rangli S gorizonti paydo bo`ladi.
Bu tuproqlarning morfologik tuzilishidagi temir oksidlaridan iborat sarg`ich-qo`ng`ir, qora-qo`ng`ir dog`lar gidromorfik belgilaridir. Sizot suvlarining tartibotiga ko`ra bu tuproqlar allyuvial o`tloqi-voha va soz o`tloqi-voha tuproqlariga bo`linadi. Allyuvial o`tloqi-voha tuproqlari daryolarning yuqori terrasalarida hosil bo`lganligidan sho`rlanmagan bo`ladi.
Umuman bo`z tuproqlar poyasining o`tloqi-voha tuproqlari cho`l poyasidagidek sho`rlanmagandir. Lekin Farg`ona vodiysi sharqiy qismidagi adiroldi tekisliklari singari minerallashgan sizot suvlari yer yuziga bo`rtib chiqqan joylarda bu tuproqlar maolum darajada sho`rlashgan bo`ladi.
O`tloqi-voha tuproqlari chirindiga boy va ayniqsa "ko`milgan tuproqlar" evaziga chirindi ancha chuqurlikka tushib boradi (o`tmish qoldig`i). Yalpi azot 0,12-0,16%, yengil gidrolizlanadigan azot miqdori ko`p (80-150 mg/kg). Yalpi fosforning, ayniqsa uning harakatchan shaklining miqdori fosforli o`g`itlarni qo`llashga bog`liqdir (Chirikov bo`yicha fosforning kalpsiy va magniy karbonatlari bilan bog`liq bo`lgan II-gruppa tarkibi va oksidlar bilan bog`liq bo`lgan III-gruppa tarkibi ko`pdir).
Bu tuproqlarda almashinuvchi va suvda eruvchi kaliy ham ko`p (300 mg/kg). Singdirish kompleksi bo`z-voha tuproqlaridagidek bo`lib, I.N.Felitsiant bo`yicha Zarafshon geoximik provinsiyasida Mg ko`pdir. O`tloqi-voha tuproqlarida yirik chang ham (40%) il miqdori ham (18-20%) ko`p. Sug`oriladigan o`tloqi-bo`z tuproqlar xuddi qo`riq tuproqlarning o`zlashtirilishi natijasida hosil bo`lganligidan o`tmishda gidromorf sharoitning avtomorf sharoit bilan almashinishi natijasida (sizot suvlari birmuncha pastda bo`lishiga qaramay) gidromorf xususiyatlar yaxshi saqlanib qolgan. Bu tuproqlarning uzoq davr o`zlashtirilishi natijasida qalin agroirrigatsion qatlamga ega bo`lgan o`tloqi-bo`z-voha tuproqlari hosil bo`ladi. Bular o`tloqi-voha tuproqlarning tipchalaridir.
XV-1. Sug`oriladigan botqoqlashgan-o`tloqi tuproqlar. Sug`oriladigan botqoqlashgan-o`tloqi tuproqlar allyuvial va soz tartibotdagi xuddi shunday qo`riq tuproqlardan hosil bo`ladi. Allyuvial tartibotdagi sug`oriladigan batqoqlashgan-o`tloqi tuproqlari sizot suvlari 0,5-1,5 m chuqurlikda bo`lgan sharoitda, gleylashgan bo`lib, o`tmish qo`riq sharoit belgilari yaxshi saqlanib qolgan. Bu tuproqlarni xuddi shunday cho`l tuproqlaridan chirindisining salgina ortiqligi va strukturasining yaxshiligidangina farqlash mumkin.
Soz tartibotdagi sug`oriladigan botqoqlashgan-o`tloqi tuaproqlar chirindisining juda ko`pligi (Farg`ona vodiysida 6-8%) o`tmishdagi qo`riq tuproq qoldig`i bo`lib, yaxshi saqlangan haydov osti qatlami gleylashgan. SHo`rlanish oz yoki sulpfat tuzlari mavjud.
XV-2. Botqoqlashgan-o`tloqi-voha tuproqlari. Botqoqlashgan-o`tloqi-voha tuproqlari allyuvial va soz tartibot sharoitlaridagi qo`riq tuproqlardan hosil bo`lgan. Allyuvial tartibotdagi botqoqlashgan-o`tloqi-voha tuproqlari soz tartibotdagi shunday tuproqlardan chirindisining ozligi bilan farq qilsa, umuman bu tuproqlar yuqorida taoriflangan tuproqlardan kam chirindili ekanligi bilan ajralib turadi. Sizot suvlari 0,5-1,5 m chuqurlikda bo`lganligidan gleylanish jarayoni kuchli, ammo agroirrigatsion qatlam birmuncha qalindir.
XVI. Botqoq tuproqlari.
Bu tuproqlar bo`z tuproqlar poyasidagi sizot suvlari yer yuziga juda yaqin, xatto ayrim joylarda yer yuziga chiqib yotgan yerlarda paydo bo`ladi. Bunday maydonlar oz bo`lib, eski sholipoyalargina yuqoridagi tuproqlarni hosil qiladi. Botqoq-voha tuproqlari tipi ikkita tipchadan iborat
1. Sug`oriladigan botqoq tuproqlar.
2. Botqoq-voha tuproqlari.
Sug`oriladigan botqoq tuproqlar o`z navbatida allyuvial tartibotdagi sug`oriladigan illashgan-botqoq tuproqlar, allyuvial tartibotdagi sug`oriladigan torfli-botqoq tuproqlar, soz tartibotdagi sug`oriladigan torfli-botqoq tuproqlarga bo`linadi.
Botqoq voha tuproqlari esa allyuvial va soz tartibotlaridan iborat.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin