Nazorat savollari 1. Qanday axborot resurslarini bilasiz?
2. Axborot zaxiralari deganda nimani tushunasiz?
3. Axborot resurslarini qanday parametrlar bilan izohlash mumkin?
4. Axborot resurslari tarkibiga nimalar kiradi?
5. Tashkilot doirasidagi axborot resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar muhitlarini tushuntiring.
6. Jahon bozorida axborotni qanday sektorlarga bo’lish mumkin?
7. Ishbilarmonlik axborot sektoriga nimalar kiradi?
8. Fan – texnika va maxsus axborot sektoriga nimalar kiradi?
9. Iste’molchilik axborot sektoriga nimalar kiradi?
10. Axborotlar tasnifini tushuntiring.
VEB-SAYTLAR HIMOYASI BO'YICHA TAVSIYALAR
Axborot xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish maqsadida veb-saytlarni himoya qilish uchun quyidagi tashkiliy va texnik choralarni ko'rish tavsiya etiladi:
Yangilanishlarni (update) muntazam ravishda o'rnatib borish Hujumni rejalashtirishda jinoyatkorlarning dastlabki bosqichi – veb-saytdagi bartaraf etilmagan va taniqli zaifliklarni izlash. Odatda, ommabop CMS (Kontent boshqaruv tizimlari: Wordpress, Joomla, Drupal va h.k.) va ularning plaginlari uchun aniqlangan har qanday zaiflik jinoyatkorlarning ko'z ostiga tushadi va natijada, bunday veb-saytlar "mass defacement" deb nomlanuvchi ommaviy maqsadsiz hujumga olib kelishi mumkin. Mass defacement - ko'p sonli veb-saytlar bosh sahifasini tajovuzkorlar (xaker) tomonidan ommaviy va ruhsatsiz o'zgartirib qo'yilishi. Shuning uchun veb-saytlar yadrolarini va ularga o'rnatilgan plaginlarni muntazam yangilab borish tavsiya etiladi.
Zaxira nusxasi (backup) Veb-sayt zaxira nusxasini (backup) saqlab borish mohiyati bu ma'lumotlar bazalarini (DB), sayt fayllarini, pochta, FTP hisoblarini va boshqa ko'plab hosting parametrlarini muntazam ravishda zaxiraviy nusxalashdan iborat. Zaxira nusxalarini saytning CMS-da o'rnatilgan vositalar yordamida, maxsus plagin yordamida, xosting provayderi tomonidan taqdim etilgan vositalar yordamida yoki boshqa har qanday qulay usulda amalga oshirish mumkin. Bundan maqsad – veb-sayt hujumga uchraganda, ma'lumotlar ruhsatsiz yoki yashirin o'zgartirilib qo'yilganda, zarar ko'rganda yoki ma'lumotlar o'chirib yuborilganda zaxira nusxasidan qayta tiklash imkonini yaratish.