Axborot almashinuvida tarmoqlardan foydalanish


Foydalanilmayotgan plaginlarni o'chirib tashlash



Yüklə 41,09 Kb.
səhifə9/11
tarix21.10.2023
ölçüsü41,09 Kb.
#158694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
AXBOROT ALMASHINUVIDA TARMOQLARDAN FOYDALANISH

Foydalanilmayotgan plaginlarni o'chirib tashlash
Saytga o'rnatiladigan har qanday yangi plagin, yoki yangi fayl kengaytmalari zararli hujumlar ehtimolini oshiradi. Shuning uchun, foydalanilmayotgan plaginlarni olib tashlash yoki o'chirib qo'yish va iloji bo'lsa, har bir alohida yangi saytga qo'shiladigan funksiya uchun uchinchi tomon plaginidan foydalanish o'rniga sayt CMSining o'z mexanizmlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Parol autentifikatsiyasini mustahkamlash
CMS-dagi administrator hisobi uchun, shu bilan birgalikda internet provayderlar veb-saytidagi shaxsiy kabinet va serverdagi hisoblar uchun (masalan, "maxsus ajratilgan" yoki "co-location" xostingi uchun) boshqa internet servislar va saytlarda takrorlanmaydigan murakkab paroldan foydalanish tavsiya etiladi. Parolni yangilagan yoki o'zgartirganda albatta maxsus qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi va parol yaratishda raqamlar, maxsus belgilar, kamida 8 belgidan iborat katta va kichik harflardan foydalanish kerak. Agar imkon bo'lsa, ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanish ham tavsiya etiladi. Shuningdek, administrator paneliga kirishda urunishlar sonini ham cheklash tavsiya etiladi (parollarni to'liq ajratib bajariladigan hujumdan himoya qiladi; bu hujum "brute-force" deb ham ataladi).
Xavfsiz boshqaruvni olib borish
CMS-larning administrator boshqaruv panellariga, internet-provayderlar shaxsiy kabinet hisoblariga, serverning boshqaruv qismlariga kirishda virus signatura bazalari yangilangan bo'lgan antivirus dasturlari o'rnatilgan va xavfsiz bo'lgan qurilmalardan foydalanish qattiq tavsiya etiladi.
Xavfsizlik plaginlaridan foydalanish
CMSlarni turli xil hujumlardan himoya qilishni ta'minlash uchun zararli dasturlarni qidirish, olib tashlash va undan himoya qilishni ta'minlaydigan xavfsizlik plaginlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Veb-saytni tekshiruvdan o'tkazib turish
Doimiy ravishda veb-saytni axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi hamda zaif tomonlari bo'yicha ekspertiza o'tkazish tavsiya etiladi.

Yüklə 41,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin