Axborot asri tahlikalari



Yüklə 30,27 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü30,27 Kb.
#169121
1   2   3   4
AXBOROT ASRI TAHLIKALARI

(Ey inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)”  (36 oyat) – degan xitobiga qat’iy amal qilish lozim.
“Axborat asri” deb atalayotgan hozirgi zamonda ma’lumot olish va axborot almashishning qulay vositasi internetdir. Biroq bu tarmoqda hamma narsa aralash-quralash – oq bilan qora, ezgulik bilan yovuzlik. Ma’lumot tarqatish, biznes va reklama uchun katta maydonga aylangan global tarmoqni nazorat qilishning imkoni yo‘q. Shuning uchun ham “o‘rgimchak to‘g‘ri”da buzg‘unchi g‘oyalar targ‘iboti va terrorga chaqiriqlar juda ko‘p uchraydi.
Buzg‘unchi firqalar tomonidan amalga oshirilayotgan xunrezliklar ommaviy axborot vositalari, ayniqsa internet orqali keng namoyish etilmoqda. Jangarilar o‘zlarining qabih maqsadi yo‘lida internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. Masalan, g‘alamislarning aldamchilik, ko‘zbo‘yamachilik bilan ishlangan, soxtalashtirilgan videotasvirlari g‘o‘r yoshlarni o‘z domiga tortmoqda.
Masalan, “Iroq va Shom islom davlati” terrorchi tashkiloti videolavhalari “al-Hayot” media studiyasida tayyorlandi. Ular yuqori sifat va professional mahorat bilan ishlagan. Bu ishga katta malaka, tajribaga ega bo‘lgan yepropalik mutaxassislar jalb etilgan. Har safar jangarilar tomonidan chiqarilgan videolavha avvalgisidan farq qiladi. Bunday lavhalar xalqaro jamoatchilikka qaydan ta’sir etishini ko‘rib, kuzatib, shunga yarasha ish tutilmoqda.
Dastlab, ushbu jargarilar tarqatgan videolavhalarda begunoh odamlarni qo‘ydek bo‘g‘izlash kabi vahshiylik aks ettirilgan bo‘lsa, endi bu qonxo‘rlar tarqatayotgan so‘nggi videolavhalarda bunday daxshatli tasvirlar yo‘q. Chunki jangarilarning ushbu vahshiy tasvirlarini xalqaro hamjamiyat, xususan, ommaviy axborot vositalari ularning zarariga qo‘llamoqda. Shuning uchun jangarilar, go‘yo Islom yo‘lida “qurbon” bo‘layotganlari aks etgan fotosurat va videolavhalardan targ‘ibot maqsadida foydalanishmoqda.
Yoshlarning bunday g‘oyalarga aldanmasligi, zalolat botqog‘iga botmasligini ta’minlash niyatida zarur tavsiyalarni bayon qilamiz. Maqsadimiz yoshlarni internetga in qurib, o‘zlarining vayronkor g‘oyalarini virus kabi butun dunyoga tarqatayotgan jinoyatchilarning asl basharasidan ogoh etishdir.
Yüklə 30,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin