Axborot asri tahlikalari


Biror kishi o‘z birodariga: “Ey kofir! desa, bu so‘z ikkalasidan biriga tegishli bo‘ladi”



Yüklə 30,27 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü30,27 Kb.
#169121
1   2   3   4
AXBOROT ASRI TAHLIKALARI

Biror kishi o‘z birodariga: “Ey kofir! desa, bu so‘z ikkalasidan biriga tegishli bo‘ladi”, dedilar, (ya’ni, agar kofirlikda ayblovga haq bo‘lsa, ayblanuvchi kofirligicha qoladi, basharti haq bo‘lmasa, u holda o‘zi kofir bo‘ladi).
Shuningdek, buzg‘unchilar insonlar orasida fitna qo‘zg‘ash, parokandalikni yuzaga keltirish hamda shu orqali o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishish uchun turli xil uslub va vositalardan foydalanmoqda. Shulardan biri, ma’lum bir davlatni «kufr diyori» deb atab, u yerdan «hijrat» qilish lozim, shuningdek, bunday «kufr diyorlari»ga qarshi urush olib borish kerak, degan g‘oyadir. Vaholanki Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam «Makka fathidan keyin hijrat yo‘q »deganlar.
Bundan maqsad o‘z yurtida tinch va osuda yashab turgan dili pok odamlarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solib, «sizlar noto‘g‘ri yo‘ldasizlar» deb, ularni o‘z yurtidan ketib, jangarilarga qo‘shilishlari uchun o‘ylab topilgan yolg‘on yo‘l sanaladi. Chunki Islom davlatiga o‘z armiyasini askarlar bilan to‘ldirish uchun yoshlar kerak, ular insoniy zahiralarini to‘ldirishlari darkor. Binobarin, mazkur buzg‘unchi tashkilot a’zolari hijratni o‘z qora maqsadlariga mos ravishda talqin qilib, masjidlarda jamoat bilan besh mahal namoz ado etilib turgan, musulmonlar islom arkonlariga emin-erkin amal qilib kelayotgan mamlakatlarni ham «dorul harb» (urush diyori) yoki «dorul kufr» (kufr diyori)ga chiqarmoqdalar.
Alloh taolo barchalarimizni O‘zining hidoyat yo‘lida bardavom aylasin.
Internetga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Natijada axborot va kommunikatsiya sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz beryapti. Oxirgi 50 yilda axborot uzatish tizimining ishi 300 ming marta tezlashdi. Narx esa ming barobar arzonlashdi. Bunday hodisa Yer yuzida ulkan axborot makoni – xalqaro internet tarmog‘i yuzaga kelishiga omil bo‘ldi.
Bugungi kunda internet ayrim “shaxslar” uchun g‘oyaviy qurolga aylanayotgan masalaning eng muammoli jihatidir. Yaqin o‘tmishda biror davlatni zabt etish uchun qurol, tank va shu kabi vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, hozir bunday qurollarning ahamiyati pasayib boryapti. Bularning o‘rnini ommaviy axborat vositalari, ayniqsa, internet egallayapti. Shundan ko‘rinadika, hozir biror xalqni yoki mamlakatni tobe qilish uchun, o‘sha mamlakat yoshlarining ongini zabt etish kifoya. Bu fikrning isboti sifatida “Arab baxori” buxronlari yoki Yevropaning ayrim xududlaridagi notinchliklarni aytish mumkin.
Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali taraqatilayotgan g‘arazli ma’lmumotlar, vayronkor g‘oyalar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar yosh avlodning har biriga ta’sir o‘tkazmoqda. Keyingi paytlarda internet orqali buzg‘unchilikka chaqiruvchilar, global tarmoqdan qabih maqsadda foydalanuvchilar ko‘payib bormoqda.
Bugun shaxsni manqurtga aylantirish uchun Chingiz Aytmatov yozganidek, tuya terisini odamning taqir boshiga kiydirish shart emas. Endi sodir bo‘ladigan urushlar jang maydonida emas, balki mafkura poligonida yuz beradi. Shu jihatdan qaraganda, yoshlarning ko‘p vaqtini internetda behuda sarflashi katta fojiadir.
Hozirgi kunda Xitoyda 500 milliondan, Rossiyada 50 milliondan, O‘zbekistonda 10,2 milliondan ortiq internetdan foydalanuvchi ro‘yxatga olingan. Endilikda ijobiy va salbiy axborotlarning global tarmoqqa chiqishi uchun bir soniya kifoya.
Afsuski, ko‘p yoshlar Islom din niqobi ostida olib borilayotgan buzg‘unchi harakatlarning qurboni bo‘lib, din dushmanlari quroliga aylanib qolmoqda. Ular nozik chegara chizig‘ini anglamay, shunday targ‘ibotlarga uchib, o‘z dini, dindoshlari, xalqi va o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vataniga qarshi isyon qilishgacha borib yetmoqda.
Aslida, adashgan kimsalarning din va shariat borasida umuman ilmlari yo‘q, faqatgina to‘daboshidan yodlab olganlarini takrorlashdan nariga o‘tolmaydi. Bu qayg‘u bilan qayd etish joizki, bugungi yoshlarimizning to‘qson foizi diniy masalalarda ulamolar tomonidan yozilgan adabiyotgan qolib, internetga murojaat qilmoqda.
Inson qayerdan, qanday ma’lumotlarni olmasin, albatta, tekshirib ko‘rishi va ularga ko‘r-ko‘rona ergashmasligi kerak. Qur’oniy Karimning Isro surasida shunday marxamat qilinadi: 
Yüklə 30,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin