Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

 
3.5§ Injener-texnik himoya 
Hozirgi kunda barcha tashkilotlarda ma’lumotlarni himoyalash dolzarb 
vazifalardan biriga aylangan. Bu esa o‘z navbatida ma’lumotlar xavfsizligini fizik 
satxda ham ta’minlash zaruratini keltirib chiqaradi. Tashkilotlardagi ma’lumotlarni 
elektron qayta ishlash markazlari kuchli elektromagnit nur manbai bo‘lgan 
obyektlardan uzoqda joylashgan bo‘lishi va atrofi devor bilan o‘ralishi kerak. 
Ma’lumotlarni himoyalashning texnik vositalariga, himoya obyektiga borish 
yo‘liga to‘siqlarni hosil qilishga mo‘ljallangan, ma’lumotlarni himoyalashni 
mustaqil yoki boshqa vositalar bilan kompleks amalga oshiruvchi mexaniq
elektromexaniq, optik, akustik, lazer, radio, radiolokatsion va boshqa qurilmalar 
hamda tizim va binolar kiradi.
Nazorat zonasini kuzatish televizion, radiolokatsiyali, lazerli, optik, akustik va 
boshqa umumiy pultga ulangan tizim orqali amalga oshirilishi mumkin. Axborot 
xavfsizligi muammosi tashkiliy chora-tadbirlar va talablar, axborot tizimlaridan 


60 
foydalanish 
va 
loyihalash 
boskichlarida 
hal 
qilinadi. 
Ular 
orasida 
himoyalanayotgan axborot tizimi joylashgan obyektni qo‘riqlash muhim o‘rinni 
egallaydi. Bunda hisoblash texnika vositalaridagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashni oldini 
oladigan va qiyinlashtiradigan, axborot tashuvchilar, shuningdek aloqa 
liniyalaridan va axborot tizimidan ruxsat berilmagan foydalanishni man etadigan 
tegishli qo‘riqlash postlari, texnik vositalar o‘rnatiladi. 
Injener-texnik himoya (ITH) vositalari, ularni qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan 
tadbirlar va maxsus xizmat tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan tashkiliy ishlarga aytiladi. 
Funksional qo‘llanilishiga qarab ITH vositalari quyidagi sinflarga ajratiladi: 

Bino, turli xildagi texnik vositalar yordamidagi shaxs, axborot, moddiy va 
moliyaviy himoyani tashkil etishga yo‘naltirilgan fizik vositalar; 

Apparat vositalari (Firewall, signalizatsiya vositalari, ma’lumotni 
yo‘qotilmasligini ta’minlash vositalari va boshqalar); 

Dasturiy vositalar (maxsus yaratilgan dasturlar, antirus dasturlari, va 
boshqalar); 

Kriptografik himoya vositalari; 

Kombinatsion vositalar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin