103
Ochiq kalitli tizimlarini qo‘llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli
funksiyalardan foydalanish yotadi.
Ochiq kalitni ishlatib shifrlash amalga oshirilganda o‘zaro muloqatda bo‘lgan
subyеktlar o‘rtasida maxfiy kalitni almashish zaruriyati yo‘qoladi. Bu esa o‘z
navbatida uzatiluvchi axborotning kriptohimoyasini soddalashtiradi.
Ochiq kalitli kriptotizimlari bir tomonli funksiyalar ko‘rinishi bo‘yicha
farqlash mumkin. Bularning ichida RSA, El-Gamal va DSA tizimlarini alohida
tilga olish o‘rinli. Hozirda eng samarali va kеng tarqalgan ochiq kalitli shifrlash
algoritmi sifatida RSA algoritmini ko‘rsatish mumkin. RSA nomi algoritmni
yaratuvchilari familiyalarining birinchi harfidan olingan
Dostları ilə paylaş: