54
III BOB. AXBOROTLARNI TEXNIK HIMOYALASH
3.1§ Tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta’minlash choralari
Hozirga davrda yangidan-yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
yaratilishi bilan kundalik ish faoliyatida va tashkilotlarda (davlat idorasi, korxona)
axborot xavfsizligini ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoj muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Quyida tashkilot (davlat idorasi, korxona)lar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
muhim postulat (talab)lar keltirilgan:
Agarda siz tashkilot (davlat idorasi, korxona) xavfsizligiga shubha bilan
qaraydigan bo‘lsangiz, bu tashkilotda xavfsizlik yo‘q;
Xavfsizlik bepul bo‘lmaydi;
Xavfsizlik xaddan tashqari ziyod bo‘la olmaydi.
Xavfsizlik masalalari kompleks hal qilingan bo‘lishi kerak;
Hech qanday xavfsizlik yetarli darajada bo‘la olmaydiki, agarda tashkilot
(davlat idorasi, korxona) rahbarlari, xizmatchilari va mijozlarining xavfsizligi
bo‘yicha tayyorgarligi bo‘lmasa.
Xavfsizlikni ta’minlash hammani ma’naviy va moliyaviy qiziqtirishi kerak.
Jahon amaliyotiga ko‘ra, tashkilot (davlat idorasi, korxona)larda xavfsizlikni
ta’minlashning quyidagi uchta yo‘nalishini tashkillashtirish maqsadga muvofiq deb
qaraladi (3.1-rasm):
3.1-rasm. Axborot himoya vositalari
Huquqiy himoya
- bu biz himoya qilmoqchi bo‘lgan har qanday tashkilot
(davlat idorasi, korxona) ning huquqiy-normativ bazalari va ularni amalga
oshirishning tashkiliy masalalarini huquqiy himoyasini hosil qilish.
Dostları ilə paylaş: