Bank
hisob va nazorat
operatsion va buxgalteriya hisoblaridan
iborat, ular bir-birlari bilan yaqindan aloqada, chunki tahliliy daraja
bank hisobida shaxsiy schyotlar bilan aks ettirilgan,
har bir shaxsiy
schyot esa belgilangan balansli schyotni ostida turadi. Har bir ish
kuni balansni shakllantirish bilan tugashi sababli shaxsiy
schyotlaming holatini o'zgartiruvchi buxgalteriya yozuvlari darhol
sintetik schyotlarda va balansda aks ettiradi. Statistik hisob ayrim
ko'rsatkichlami uzoq davr ichida o‘zgarishi haqida ma’lumotlami
yig‘ishga imkon beradi.
Tahlil
bank boshqaruvining ham tashqarisida va ham ichkarisida
vujudga keladigan iqtisodiy vaziyatlami bilib olishga imkoniyat
beradigan vazifadan iborat bo'ladi. Yirik
banklarda ikkita mustaqil
bo‘limlar mavjudki, ulardan biri bankning
ichki holati
tahlilini
ta’minlaydi, ikkinchisi
tashqi muhitni
tahlil qiladi.
Rejalashtirish
tahlilning ma’lumotlariga asoslanib, vujudga
kelgan vaziyatdan chiqish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
ehtimol bo‘lgan yechimlami tayyorlaydi. Bunda tashqi o‘zaro
hamkorlikni rejalashtirish va bankning ichki holatini rejalashtirish
o‘zaro bog‘liqdir, ammo ular tarkibiy bo‘linganlar va qisman
marketing jarayonlarida (marketing
va bankni rivojlanishi
departamentida),
qisman
rejalashtirish
bo‘limida
(iqtisodiy
boshqarish departamentida) tashqarida amalga oshiriladi.
Haqiqiy sharoitlarda boshqaruv vazifasining asosiy alomati
sifatida integratsiyalashgan BnAATni ishlab chiqarishdan mustaqil
foydalanilmaydi. Dekompozitsiyalashning eng keng tarqalgan
alomati bo‘lib boshqaruv obyekti hisoblanadi.
Rejalashtirish bosqichida tayyorlangan yechimlarni tartibga
solish vazifasi doirasida boshqaruv amalga oshiriladi.
Maqsadning darajasiga ko‘ra boshqaruvning ufqlari haqida
gapirish mumkin. Strategik va taktik maqsadlar tushunchalari
mavjud. Bu ikki tushunchalar ma’lum
darajada shartlidirlar, chunki
taktik maqsadlar, masalan, banklaming boshqaruvi boshqaruvning
boshqa bosqichlari, masalan, kredit bo‘limi uchun strategik bo‘lishi
mumkin. Ammo shunga qaramasdan bank sohasi uchun
maqsadlami, demak
boshqaruv pallalarining davriyligi
bo'yicha
boshqaruvni tezkor (bir ish kuni), joriy (oy, chorak) va istiqbolli (yil)
davrlariga bo‘lish mumkin.
Srunday qilib, tezkor, joriy, strategik
hisob va rejalashtirish tahlili haqida gapirish mumkin. Ammo shuni
ta’qidlash kerakki, tahlil o‘zicha mavjud bo‘lmaydi va rejalashtirish
uchun tayyorlov pallasi bo‘lib xizmat qiladi va tizimning haqiqiy
holatini aks ettiruvchi hisob ma’lumotlariga asoslanadi.
Bankda boshqaruv obyekti bo‘lib ham bo‘linma yoki bitta
hisobning faoliyati va ham bir qator texnologik bosqichlardan iborat
bo’lgan alohida bank operatsiyasi xizmat qilishi mumkin.
Bankning boshqaruv tuzilmasi har hil usullarda tashkil qilingan
bo‘lishi mumkin, bu ko‘proq bankning kattaligi, ko‘rsatilgan
xizmatlar turlarinmg sonlari, mijozlaming
va bank tomonidan
bajarilayotgan operatsiyalarning soniga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: