«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

axborot 
butligi
ta’minlangan 
hisoblanadi.
Tasodifiy yoki qasddan qilingan buzib ko‘rsatishlar yoki buzib 
tashlovchi ta’sirlar sharoitida ishlayotgan tizim o‘z tarkibiy qismi 
yoki zahirasini ma’no jihatdan o‘zgartirmasa, bu hoi ushbu tizim o‘z 
tarkibiy qismi yoki zahirasining butligini saqlab qolish xususiyatiga 
ega ekanligidan darak beradi.
Tizimning tarkibiy qismi yoki zahirasining kirish uchun 
qulayligi deganda ushbu tarkibiy qism yoki zahiraning muallifi 
ma’lum boigan qonuniy tizim subyektlari uchun kirishga qulayligi 
nazarda tutiladi.
AX tahdid deganda uning xavfsizligiga bevosita yoki bilvosita 
zarar etkazishi mumkin bo‘lgan barcha ehtimoliy ta’sirlar 
tushuniladi. 
Xavfsizlikka 
zarar 
yetkazish 
deganda 
AXda 
saqlanayotgan va ishlanayotgan axborotlaming himoyalanganlik 
holati buzilgani tushuniladi.
AX zaifligi bu tizimning biron bir qoniqarsiz xususiyati boiib, 
u tahdidning paydo bo‘lishi va amalga oshishini keltirib chiqarishi 
mumkin.
513


Kompyuter tizimiga xujum deganda buzg‘unchining tizimdagi u 
yoki bu zaif jihatlami izlab topib, ulardan o‘z niyatida foydalanishga 
qaratilgan xatti-harakatlari nazarda tutiladi.
Axborotlarga ishlov berish tizimlarini himoya qilishda maqsad 
ulaming xavfsizligiga tahdidlaming oldini olishdan iborat.
Xavfsiz 
yoki 
himoyalangan 
tizimlar 
deb 
xavfsizlikka 
tahdidlarga muvaffaqiyatli va samarali qarshi tura oladigan himoya 
vositalariga ega bo‘lgan tizimlarga aytiladi.
Himoya vositalari kompleksi bu AXni ta’minlash uchun 
yaratiladigan va qo‘llab-quwatlanadigan dasturiy hamda texnik 
vositalardir. 
Kompleks muayyan tashkilotda qabul qilingan 
xavfsizlik siyosatiga muvofiq yaratiladi va qo‘llab-quwatlanadi.
Xavfsizlik siyosati deganda xavfsizlikka tahdidlaming m a’lum 
bo‘lgan barcha turlaridan AXni himoyalash vositalari ishini 
boshqarib tumvchi m e’yorlar, qoidalar va amaliy ko‘rsatmalar 
majmui tushuniladi.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin