bosib
chiqarilishi
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
rivojlanishiga qudratli turtki bergan.
Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar:
texnik ta’minot texnologiyasi, telekommunikatsiya texnologiyasi,
dasturiy ta’minot texnologiyasi. Bu texnologiyalar hisoblash
tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida
birgalikda harakat qiladi va birlashadi.
Ulaming ayrimlari axborot
texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik
vositalardan, ko'proq kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari,
tashkiliy texnika vositalari, dasturiy ta’minot,
tashkiliy - uslubiy
materiallar va texnologik zanjirga birlashgan personaldan iborat
bo'ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotlami yig‘ish, uzatish, to‘plash,
saqlash, qayta ishlash, foydalanish va tarqatishni ta’minlaydi. Ushbu
texnologiyalaming asosiy tarkib topishi 2.2 - rasmda keltirilgan.
Agar axborot tizimining butun hayotiy tsikli ko‘rib chiqiladigan
bo‘lsa, avtomatlashtirilgan axborot tizimi deganda, axborot
tizimlarini, bazaviy, dasturiy, apparat
va kommunikatsiya plat-
formani loyihalash uslubiyoti va texnologiyasi majmui tushuniladi.
Axborot texnologiyasining asboblari - bu foydalanuvchining
maqsadga erishishini ta’minlaydigan ish texnologiyasi, ma’lum bir
turdagi kompyuter uchun moijallangan o‘zaro bog‘liq bir yoki bir
necha dasturiy mahsulotlar sanaladi.
Dostları ilə paylaş: