«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
-
obyektning 
(axborot mahsu-lotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi 
xususiyati to ‘g ‘risida axborot olish uchun m a’lumotlami yig‘ish, 
qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan 
foydalaniladigan 
jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi - inson 
yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish
sanaladi.
Moddiy
Axborot
resurslar
Mahsulotlar
M a’lu-
motlar
mahsuloti
Moddiy ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi
Axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalari
2.1 - rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari moddiy resursiarni 
qayta ishlash texnologiyasining analogi sifatida.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining maqsadi esa -
axborot ishlab chiqarish bo‘lib, uni tahlil etish va uning asosida 
biror-bir harakatga qo‘l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
M a’lumki, bitta va faqat o ‘sha moddiy resursga nisbatan har xii 
buyum yoki mahsulot olish mumkin. Axborotlami qayta ishlash 
texnologiyasiga nisbatan ham shunday bahoni bersa bo‘ladi.
A xborot-kom m unikatsiya texnologiyalari. Axborotlami yi- 
g'ish, uzatish, to ‘plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va 
foydalanish uslublari va usullari tizimi 
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
deb yuritiladi.
Moddiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy 
komponentlarini qiyoslash 2.1-jadvalda berilgan.
13


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari avtomatlashgan va 
an’anaviy (qog‘oz) ko‘rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish 
hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texno- 
logiyaning mohiyatiga bog‘liq.
A vtom atlashtirish - bu inson ish faoliyatini mashina va 
mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va 
iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kom- 
pleksidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv 
jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini 
qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
A vtom atlashtirish qachon z a ru r b o ‘Iadi? Quyidagi hollarda 
boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnolo- 
giyani avtomatlashtirish zarur bo‘ladi:
• insonning fiziologik va psixologik imkoniyati 
mazkur 
jarayonni boshqarish uchun etarli bo‘lmasa;
• boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun havfli 
muhitda b o isa;
•boshqaruv jarayonlarida ishtirok etish kishidan o ‘ta yuqori 
malakani talab ctsa;
•boshqarish kerak bo‘lgan jarayon o ‘ta tang yoki avariya 
holatida bo‘lsa.
Milliy iqtisodiyotni boshqarishda axborot tizimlarining tashkil 
qilinishi 
va 
faoliyat yuritishi 
avtomatlashtirilgan axborotlar 
tizimining (AAT)ning asosiy tarqibiy qismi - axborot texno­
logiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Avtomatlashtirilgan 
axborot texnologiyalari (AATex)
-
boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rivojlangan dasturiy ta ’min- 
lanish, hisoblash tcxnikasi va aloqaning foydalanilgan vositalari 
hamda axborotlami mijozlarga taklif qilishning usullarini qo'llash 
asosida axborotlami yig‘ish, ro‘yhatga olish, uzatish, jamlash, 
qidirish, ishlab chiqish va himoyalash opcratsiyalarini amalga 
oshirish usullari va vositalarining tizimiy tashkil qilingan majmuidir. 
Texnologiya deganda keng m a’noda uch xil: axborotli, uskunaviy 
va ijtimoiy nuqtai nazarlami o ‘z ichiga oluvchi moddiy boyliklami 
ishlab chiqarish haqidagi fan tushuniladi.
14



Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin