Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


-MathCAD  muhitida «dasturlarning» tuzish va bajarilishi jarayoni parallel  kechadi. Foydalanuvchi  MathCAD



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

-MathCAD 
muhitida «dasturlarning» tuzish va bajarilishi jarayoni parallel 
kechadi. Foydalanuvchi 
MathCAD
-hujjatida yangi ifoda kiritar ekan, uning 
qiymatini birdaniga hisoblash va ifodani kiritishda yo`l qo`yilgan yashiringan 
xatoliklarni ko’rish imkoniyati mavjud; 
-MathCAD 
paketi etarli darajada qudratli matematik apparat bilan 
qurollanganki, ular orqali tashqi protseduralarni chaqirmasdan turib paydo 
bo`ladigan 
muammolarni 
hal 
qilishimiz 
mumkin. 
-MathCAD 
muhiti: - (Chiziqli va chiziqli bo’lmagan) algebraik tenglama va 
sistemalarni yechish; -Oddiy differentsial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi 
va chegaraviy masala) yechish; -Xususiy hosilali differentsial tenglamalarni 
yechish; 
Berilganlarni statik qayta ishlov berish (interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya
approksimatsiya va ko`pgina boshqa amallar); -Vektor va matritsalar bilan ishlash 
(Chiziqli algebra va boshqalar); -Funktsional bog’liqlikning maksimum va 
minimumini izlash kabi masalalarni oson, ko’rgazmali hal qilishga katta imkon 
beradi. 
MathCAD 
paketi matematik va fizik-kimyoviy formulalarga, hamda 
o`zgarmaslarga asoslangan yordamchi qo`llanmalar bilan boyitilgan. 
MathCAD 
paketida turli sohalar bo’yicha elektron darsliklar yaratish mumkin. Masalan: oddiy 
differentsial tenglamalarni yechish, statistika, termodinamika, boshqaruv nazariyasi, 
materiallar qarshiligi va boshqalar bunga misol bo’laoladi. Foydalanuvchi o`z oldiga 
qo`yilgan masalani yechish bilan cheklanibgina qolmay, fizikaviy masalalarni 
yechishda o`lchamlarni hisobga olish imkoniyatiga ega. Bunda foydalanuvchi 
birliklar sistemasini ham tanlashi mumkin. Bundan tashqari 
MathCAD 
muhiti 


74 
animatsiya vositasi bilan qurollangan, bunda tuzilgan modellarni nafaqat statik 
(o`zgarmas), balki dinamik (animatsion kliplar) holda yaratish mumkin. 
MathCAD 
muhiti belgili matematika elementlari bilan boyitilgan bo`lib, 
bunda masalani nafaqat sonli yechish, balki analitik usulda ham yechishga 
imkoniyat yaratilgan. 
MathCAD 
muhitidan chiqmagan holda boshqa serverdagi 
hujjatlarni ishlatish va Internet tavsiya qiladigan yuqori informatsion texnologiya 
imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin