Kompyuter dasturlar ta’minotining toʻplami quyidagi guruhlarga ajraladi:
tizimviy dasturlar – xilma-xil qoʻshimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qoʻyish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlangʻich ishga tayyorlash va xakozolar;
amaliy dasturlar – foydalanuvchilarga zarur boʻlgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi dasturlar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va xokazolar.
dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar – ular kompyuter uchun yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar.
Tizimviy dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin.
Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan dasturlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:
grafik interfeys – ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar toʻplamini xosil qilish mumkin, ya’ni aloxida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va xokazolar;
multidasturlashtirish – bir vaqtning oʻzida bir qancha dasturlarni ishlatish imkoniyati;
dasturlararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish.
Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni echishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash tizimlari qurishda kompyuter texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.
Kompyuter dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda echishga tayyorlash;
operator bilan kompyuterning eng qulay koʻrinishlardagi aloqasini tashkil qilish;
kompyuterni nazorat qilish, unga diagnoz qoʻyish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik.
Kompyuterning dastur ta’minoti strukturasida dasturlashning modulli tomoyili amalga oshiriladi, bu tomoyil, odatda funktsional bogʻliq boʻlmagan dasturlar yoki ularning qismlari standart modullar koʻrinishida shakllanadigan va sozlanadigan boʻlishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning oʻrnini almashtirish, yoxud qoʻshimcha modullar kiritish yoʻli bilan EHMning dastur ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi.
Kompyuter dastur ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion tizim boʻlib, u turli tartiblarda kompyuterning eng samarali ishlashini, shuningdek, masalani kompyuterda echishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini ta’minlaydigan dasturli vositalar majmuidan iborat.
Personsl kompyuter funktsional maqsadiga bogʻliq holda kompleks monitor imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli boʻlmagan oddiy buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar bilan boshqarishgacha oʻzgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi Personsl kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida oʻzaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar taqsimlashni boshqarish va Personsl kompyuter faoliyatida talab etilgan tartibni ta’minlash, tizimli va boshqa dasturlarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini boshqarishdir.
Tizimli dasturlar va ma’lumotlar guruhiga tashqi tashuvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar, servis dasturlar va dasturlar kutubxonasi kiradi.
Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat koʻrsatadigan dasturlar tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, shuningdek tashuvchilar bilan va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va dasturlarni qoʻllash ishlarini engillashtiradi. Ular oʻzlarining funktsional maqsadlari nuqtai-nazaridan turlitumandir, lekin qoidaga koʻra, ularning tarkibida matnni taxrirlash dasturlari va kutubxonalar boʻladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan kiritilayotgan matnlar tahrir dasturlari orqali Personsl kompyuterning operativ yoki tashqi hotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida oʻzgartirilishi mumkin. Koʻplab tahrir dasturlari mavjud, ular bir biridan bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda oʻzgarishlar qilish uchun ishlatiladi.