Международный научный журнал № 2(100), часть 1
«Научный Фокус» июня, 2023
610
AXBOROT MATNLARI BILAN ISHLASH VA MEDIA MADANIYAT
Sobirova Tursunoy Ilhomboy qizi
Urganch Davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada axborot matnlari media madaniyat
tushunchalarining mazmun mohiyati, ular haqida ma’lumotlar va ularning jamiyatda
tutgan o’rni tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
axborot, media madaniyat, ommaviy madaniyat, iste’mol madaniyati.
Аннотация:
В данной статье анализируются содержание информационных
текстов, концепты медиакультуры, информация о них и их роль в обществе.
Ключевые слова:
информация, медиакультура, массовая культура,
культура потребления.
Annotation:
In this article, the content of information texts, the concepts of media
culture, information about them and their role in society are analyzed.
Key words:
information, media culture, mass culture, consumer culture.
KIRISH
Madaniyatshunoslikda media madaniyat deganda 20-asrda ommaviy axborot
vositalari taʼsirida paydo boʻlgan va shakllangan zamonaviy Gʻarb kapitalistik jamiyati
tushuniladi. Bu atama ommaviy axborot vositalarining nafaqat jamoatchilik fikriga,
balki did va qadriyatlarga ham koʻrsatadigan umumiy taʼsiri va intellektual taʼsirini
anglatadi.
Muqobil atama, ommaviy madaniyat, XX asrgacha ommaviy sanʼatda boʻlgani
kabi, bunday madaniyatning oʻz-oʻzidan ommaning oʻzida paydo boʻlishini anglatadi.
“Media madaniyat” iborasi esa bunday madaniyat ommaviy axborot vositalarining
mahsuli ekanligini bildiradi.
Ommaviy axborot vositalari, reklama va jamoatchilik bilan aloqalarga
yoʻnaltirilgan media madaniyat koʻpincha ommani manipulyatsiya qilishga qaratilgan
tizim sifatida qaraladi. Korporativ ommaviy axborot
vositalari asosan dominant
mafkuralarni ifodalash va koʻpaytirish uchun ishlatiladi. 1940-yillarda bu
tendentsiyaning rivojlanishida Teodor Adornoning ishi yaqqol namoyon boʻldi. Media
madaniyati isteʼmolchilik bilan bogʻliq va shu maʼnoda muqobil ravishda “isteʼmol
madaniyati” deb nomlanadi. Axborot matnlari ma’lum bir voqea yoki mavzu haqida
ma’lumot yetkazish uchun mo’ljallangan. Ushbu turdagi matnlar obyektiv bo’lishi
uchun mo’ljallangan, chunki ularning maqsadi ma’lumot berishdir. Bundan tashqari,
ular tushuntirilgan mavzuni tushunishni osonlashtirishi va o’quvchi tushuntirilayotgan
narsani tushunishi uchun yetarlicha tafsilotlarni berishi kerak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA: Xanna Arendtning 1961-yildagi
“Madaniyatdagi inqiroz” asarida ommaviy axborot vositalari madaniyat sanoatining
talablariga javob berishga olib keladi. Biroq, Syuzan Sontag taʼkidlashicha, bizning
Международный научный журнал № 2(100), часть 1
«Научный Фокус» июня, 2023
611
madaniyatimizda eng “tushunarli va ishonarli qadriyatlar” ushbu sohadan kelib
chiqqanligini taʼkidlaydi, bu “jiddiylikning loyqa standartlarini talab qiladi”.
Natijada
“befarq, yuzaki va o‘ylamasdan zo‘ravonlik” mavzulari odatiy holga aylanadi.
1950-yillardan boshlab televidenie jamoatchilik fikrini shakllantirishning asosiy
vositasi boʻlib kelmoqda . Rozenberg va Uaytning “Ommaviy madaniyat” kitobida
Makdonald “ommaviy madaniyat — bu chuqur voqeliklardan (oʻlim, magʻlubiyat, fojia)
va shuningdek, oddiy oʻz-oʻzidan paydo boʻladigan zavqlardan foydalanadigan
qadrsizlangan, ahamiyatsiz madaniyat” deb taʼkidlaydi. Van den Xagning
taʼkidlashicha, “barcha ommaviy axborot vositalari oxir-oqibat odamlarni shaxsiy
tajribadan uzoqlashtiradi va uni
qaytarib berishni talab qilib, ularning bir-biridan,
haqiqatdan va oʻzlaridan maʼnaviy izolyatsiyasini kuchaytiradi”.
MUHOKAMA: Hozirgi zamon axborot tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan
kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va
tarqatishning umumiy manfaat va umumiy taraqqiyot
nuqtai nazaridan boshqaruv
mexanizmini yaratish, uning moxiyati va unsurlarini chuqur anglash zarur bo'lib
qolmoqda. Ana shu hayotiy extiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni
ta'minlash tizimini yaratishning quydagi usullarini qo'llash madaniyatini zarur deb
hisoblaymiz:
Birinchidan, sotsiologik yo’nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida
jamiyat taraqqiyotining axborotini ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib,
jamiyatda shakillanayotgan ijtimoiy ong yo'nalishlari ijtimoiy tafakkur darajasi va
uning oqimlarini o'rganishni yo'lga qo'yish kerak.Aholi turli qatlamlari,
qarashlari,
kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikirlash tarzini aniqlab borish zarur.
Ikkinchidan, statistik yo'nalish. Ko'p millatli mamlakatda, hususan, 130 dan
ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat
ko'rsatayotgan O'zbekistonda millatlararo va dinlararo mojorolarni turli siyosiy
manfaatlar va buzg'unchi g'oyalar tasirida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolar
manbalarini o'rganib borish, bu borada aniq hisob – kitoblarga tahliliy yechimlarga ega
bo'lish.
Uchinchidan, siyosiy konfiktologiya va siyosiy psixologiya. Axborot psixologik
xavf
avj olayotgan bir paytda, turli buzg'unchi g’oyalar inson ongi va tafakkuriga o'z
ta’sirini o'tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojorolar kelib chiqish mumkin bo'lgan
manbalarni o'rganish, omillarini aniqlash hamda siyosiy qarashlari, ruhiyati, ijtimoiy –
siyosiy psixologik izchil ravishda o'rganib borilmog'i lozim.
To'rtinchidan, mantiqiy tizimiy va funktsional tahlil. Axborot tizimi, xususan,
axborot psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muxim qismi sifatida
baxolashi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondashib, ilmiy – tahliliy nazariy va amaliy
xulosalar chiqarish kerak. Tig’iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta'sirida
shakillanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o'rganilmog'i lozim.
Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g’oyasining ustuvorligi. Har qanday
fuqoro axborot bazasidan “maxsulot” tanlash jarayonida uning qalbida, ruxiyatida,
Международный научный журнал № 2(100), часть 1
«Научный Фокус» июня, 2023
612
kayfiyatida, fe'l atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi hatti – xarakati va
munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta'minlash. Albatta, O'zbekiston
mustaqillikning 32 yili mobaynida ommaviy axborot kommunikatsiyasi soxasida jiddiy
o'zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo har bir fuqaroning so'z
va fikr erkinligi, axborot
olish va tarqatish huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlangan.Ommaviy axborot vositalari
to’g’risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo’llanilmoqda. Mustaqil nashrlar
soni keskin ko’paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot
tizimining o'ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi.
XULOSA. Yuqorida aytib o’tilganlardan kelib chiqqan holda biz yangi hodisaga
quyidagicha ta’rifni berishga haqlimiz: media madaniyat – bu insoniyat tomonidan
madaniy va tarixiy rivojlanish jarayonida ishlab chiqilgan,ijtimoiy ongni
shakllantirishga va ijtimoiylashuviga hissa qo’shadigan individual axborot –
kommunikatsiya vositalarining to’plamidir. Unga axborot
uzatish madaniyati va uni
idrok etish madaniyati kiradi; u yoki bu boshqa media madaniyatni idrok etish, tahlil
qilish, baholash, mediaijodkorlik bilan shug’ullanish, ommaviy axborot vositalari orqali
yangi bilimlarni o’zlashtirishga qodir shaxsiyat rivojlanish darajalari tizimi sifatida
ham qaralishi mumkin.
ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Понимание медие. Жуковский, 2003.
2.
Кириллова Н. Медиакультура: от модерна к постмодерну. М 2005
3.
Media va axboriy savodxonlik bo’yicha tarbiyasi og’ir bolalar toifasi bilan
ishlash uchun uslubiy qo’llanma. Bishkek, 2021
4.
Doniyorova Dinora “ Axborot matnlari bilan ishlash va media madaniyat”.
Angren, 2023
5.
Uz.m.wikipedia.org