2.2. WI-MAX texnologiyasi: global tarmoqqa chiqishning evolutsiyasi
So’ng gi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal kompyuterlarning
yagona tarmoqqa ulash, hamda umumjahon Internet tarmog’iga
chiqish imkoniyati
usullarini oshirib yubordi.
Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohud
internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi
kunda deyarli barcha
foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini biroz
ko’rib chiqamiz.
1.
Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish.
Ushbu
texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon ishlatilib kelinmoqda. Ikki
modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan holda aloqa o’rnatadi. Oddiy holda
ulanish birga-bir amalga oshiriladi hamda ma’lumot uzatish uchun barcha mavjud ovoz
diapazoni chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu texnologiyaning ko’pgina
kamchiliklari mavjud. Masalan: ma’lumot
uzatishdagi past tezlik, tashqi ta’sir tufayli
yuborilayotgan paketlarning qismi yo’qolish extimoli, ulanishning uzilib qolish extimoli
hamda ulanish davrida telefon liniyasining butunlay band bo’lishi.
2.
Keng polosali ma’lumot uzatish texnologiyasi xDSL. Ushbu texnologiya
statsionar obyektlar uchun juda ham maqbuldir. Mavjud telefon tarmog’idan foydalangan
holda bemalol ushbu texnologiya orqali yuqori tezlikka ega bo’lish mumkin,
lekin
liniyalar mavjud bo’lmasachi? Yangi liniyasini foydalanuvchi manziligacha olib borish,
juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning ustiga ushbu texnologiyani har bir yangi
foydalanuvchiga o’rnatish uchun ham foydalanuvchi ham
uzatuvchi liniyasi tomonda
ma’lum o’rnatish va tuzatishlar amalga oshirilishi lozim.
3.
Ethernet texnologiyasi. Lokal tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi
bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib
turish imkoniyatiga egadir. Ethernet ning yutug’i tarmoq strukturasi tanlanishidagi
qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum masofadagina ishlay
olishidir. Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u holda tarmoq masofasi 100
metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma qo’yishga to’g’ri
keladi yoki optik toladan foydalanish zarur. Lekin qo’shni binolarni bir tarmoqda jamlash
uchun bu juda qiyin hamda qimmatga tushishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: