Axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali


Wi-Fi texnologiyasining ushbu analogi Li-Fi



Yüklə 330,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix19.04.2023
ölçüsü330,55 Kb.
#100690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
simsiz

Wi-Fi texnologiyasining ushbu analogi Li-Fi (inglizcha, light – yorug’lik so’zidan 
olingan) deb nomlanadigan bo’ldi. Ma’lumotlarni o’tkazishda yorug’likdan foydalanish 
g’oyasi yaqinda paydo bo’lgan emas, bunday g’oya bir asr avval ham mavjud bo’lgan. 
Ilk marta simsiz telefon qo’ng’irog’ini amalga oshirgan shaxs Aleksandr Bell bo’lib, bu 
voqea 1880-yilda yuz bergan. Bell buni o’zining ―Fotofon‖ deb nomlangan kashfiyoti 
yordamida amalga oshirgan. 
Yorug’lik yordamida ma’lumotlarni o’tkazishga bo’lgan ilmiy va tijoriy qiziqishlar, 
asosan, so’nggi yillarda kuchayib ketdi. Tan olish kerakki, bugungi kunda Wi-Fi 
texnologiyasi shunday ommalashib ketdiki, hozirda undan hatto samolyotlarda
avtobuslarda, muzlatgich va sovutgichlarda, umuman olganda, deyarli barcha turdagi 
elektronika vositalarida foydalanish mumkin. Biroq, ushbu texnologiya orqali 
ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan kirish nuqtalari (access point) va unga 
bog’lanuvchi simsiz qurilmalarning ishlashi bir-biriga halaqit berib qolishi mumkin. Bu 
esa simsiz tarmoqning o’tkazish imkoniyatini pasaytiradi, natijada kishilarda 
ma’lumotlarni o’tkazishning muqobil variantlarini ishlab chiqish ehtiyoji paydo bo’ldi. 


Garald Xaas – Edinburg universiteti professori ilk Li-Fi timsolini namoyish qildi. U 
o’tkazgan tajribada ma’lumotlarni o’tkazish tezligi 10 Mbit/s gacha yetdi. Biroq, 
professor Xaas interfeys tezligini 100 Mbit/s gacha yetkazishni rejalashtirmoqda. 
Yorug’lik orqali ma’lumotlarni o’tkazish texnologiyasiga ko’pchilikning qiziqishi 
baland, chunki unda hech qanday radioto’lqinlarsiz ma’lumotlarni simsiz tarmoqda 
o’tkazish mumkin. Bundan tashqari, neft platformalarida, suv ostida, navigatsiya 
qurilmalari ishlaydigan samolyotlarda radioto’lqinlardan foydalanish ko’pincha ish 
faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Yüklə 330,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin