Axborot texnologiyalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/45
tarix13.04.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#55283
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
axborot xavfsizligi (1)

Virus nima? 

 

Virus(Virus)  inglizcha  ―yuqumli  boshlanish‖,  ―yomon  boshlanish  –  buzuvchi 



boshlanish‖, ―yuqumli kasal‖ degan ma`nolarni anglatadi. 

Mashxur  «doktor»  lardan  biri  D.N.Lozinskiy  virusni  kotibaga  o’xshatadi.  Tartibli 

kotibani faraz qilsak, u ishga keladi va stolidagi bir kunda qilishi kerak bo’lgan ishlarni 

-  qog’ozlar  qatlamini  ko’radi.  U  bir  varog’ni  ko’paytirib  bir  nusxasini  o’ziga 

ikkinchisini  keyingi  qo’shni  stolga  qo’yadi.  Keyingi  stoldagi  kotiba  ham  kamida  ikki 

nusxada  ko’paytirib,  yana  bir  kotibaga  o’tkazadi.  Natijada  kontoradagi  birinchi  nusxa 

bir  necha  nusxalarga  aylanadi.  Ba`zi  nusxalar  yana  ko’payib  boshqa  stollarga  ham 

o’tishi mumkin. 

Kompyuter viruslari taxminan shunday ishlaydi, Faqat qog’ozlar o’rnida endi dasturlar, 

kotiba  bu  -  kompyuter.  Birinchi  buyruq  «ko’chirish-nusxa  olish»  bo’lsa,  kompyuter 

buni bajaradi va virus boshqa dasturlarga o’tib oladi. Agar kompyuter biror zararlangan 

dasturni  ishga  tushirsa  virus  boshqa  dasturlarga  tarqalib  borib  butun  kompyuterni 

egallashi mumkin. 

Agar  bir  dona  virusning  ko’payishiga  30  sekund  vaqt  ketsa,  bir  soatdan  keyin  bu 

1000000000 dan ortib ketishi mumkin. Aniqrog’i kompyuter xotirasidagi bo’sh joylarni 

band qilishi mumkin. 




 

- 33 - 


Xuddi  shunday  voqea  1988  yili  Amerikada  sodir  bo’lgan.  Global  tarmoq  orqali 

uzatilayotgan  ma`lumot  orqali  virus  bir  kompyuterdan  boshqasiga  o’tib  yurgan.  Bu 

virus Morris virusi deb atalgan. 

Ma`lumotlarni  virus  qanday  yo’q  qilishi  mumkin  degan  savolga  shunday  javob  berish 

mumkin: 

Virus nusxalari boshqa dasturlarga tez ko’payib o’tib oladi; 

Kalendar bo’yicha 13-sana juma kunga to’g’ri kelsa hamma xujjatlarni yo’q qiladi. 

Buni  hammaga  ma`lum  «Jerusalem»  («Time»  virusi  ham  deb  ataladi)  virusi  juda 

«yaxshi» amalga oshiradi. 

Ko’p xollarda bilib bo’lmaydi, virus qayerdan paydo bo’ldi. 

Virusni aniqlanishi shundaki, u kompyuter sistemasida joylashib va ko’payib borishiga 

bog’lik.  Misol  uchun,  nazariy  jihatdan  operatsion  sistemada  virus  davolab  bo’lmaydi. 

Bajaruvchi kodning sohasini tuzish va o’zgartirish ta`qiqlangan sistema  misol bo’lishi 

mumkin. 


Virus  hosil  bo’lishi  uchun  bajariluvchi  kodlar  ketma-ketligi  ma`lum  bir  sharoitda 

shakllanishi  kerak.  Kompyuter  virusining  xossalaridan  biri  o’z  nusxalarini  kompyuter 

tarmoqlari  orqali  bajariluvchi  obyektlarga  ko’chiradi.  Bu  nusxalar  ham  o’z-o’zidan 

ko’payish imkoniyatiga ega. 




Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin