Kompyuter viruslari qanday hosil bo’ladi?
Biologik viruslardan farqli o’laroq, kompyuter viruslarini inson tomonidan tuziladi.
Viruslar kompyuter foydalanuvchilariga katta zarar yetkazadi. Ular kompyuter ishini
to’xtatadi yoki qattiq diskdagi ma`lumotlarni o’chiradi. Virus sistemaga bir necha
yo’llar bilan tushishi mumkin: ma’lumot tashuvchi qurilmalar, dasturiy ta`minot
yuklangan CD-ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli bog’lanish, global Internet;
tarmog’idagi elektron pochta.
Ma’lumot tashuvchi qurilma virusdan zararlanishi oson. Zararlangan kompyuterga
ma’lumot tashuvchi qurilmani solib o’qitilganda diskning bosh sektoriga virus tushadi.
Internet ma`lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin, kompyuter
viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi. Albatta Internetdan
olingan barcha ma`lumotlarda virus bor deb bo’lmaydi. Kompyuterda ishlovchi
ko’pchilik mutaxassislar va operatorlar qabul qilinadigan ma`lumotlarni viruslardan
tekshirishni doimo bajaradi. Internet da ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus
himoya zarur. «Kasperskiy laboratoriyasi» texnik ta`minot xizmati statistikasiga ko’ra,
viruslardan zararlangan xolatlarning 85% i elektron pochta orqali sodir bo’lgan. 1999
yilga nisbatan xozirgi kunda bu ko’rsatkich 70 % tashkil etadi. «Kasperskiy
laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi antivirus himoyasi kerakligini ta`kidlaydi.
Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, ommabop
dasturlar, operatsion sistemalar, ma`lumotlarni uzatish texnologiyalari uchun viruslar
ko’plab tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta biznes va boshqa sohalarda muloqot uchun
asosiy vosita bo’lib qolmoqda. Shuning uchun virus tuzuvchilari elektron pochtaga
diqqatini qaratmoqda.
- 34 -
Kompyuter virusining ko’p ta’riflari mavjud. Birinchi ta’rifni 1984 yili Fred
Koen bergan: "Kompyuter virusi - boshqa dasturlarni, ularga o’zini yoki o’zgartirilgan
nusxasini kiritish orqali, ularni modifikatsiyalash bilan zaharlovchi dastur. Bunda
kiritilgan dastur keyingi ko’payish qobiliyatini saqlaydi". Virusning o’z-o’zidan
ko’payishi va hisoblash jarayonini modifikatsiyalash qobiliyati bu ta’rifdagi tayanch
tushunchalar hisoblanadi. Kompyuter virusining ushbu xususiyatlari tirik tabiat
organizmlarida biologik viruslarning parazitlanishiga o’hshash.
Hozirda kompyuter virusi deganda quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan dasturiy
kod tushuniladi:
- asliga mos kelishi shart bo’lmagan, ammo aslining xususiyatlariga (o’z-o’zini
tiklash) ega bo’lgan nusxalarni yaratish qobiliyati;
- hisoblash tizimining bajariluvchi ob’ektlariga yaratiluvchi nusxalarning
kiritilishini ta’minlovchi mexanizmlarning mavjudligi.
Ta’kidlash lozimki, bu xususiyatlar zaruriy, ammo yetarli emas. Ko’rsatilgan
xususiyatlarni hisoblash muhitidagi zarar keltiruvchi dastur ta’sirining destruktivlik va
sir boy bermaslik xususiyatlari bilan to’ldirish lozim.
Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo’yicha turkumlash mumkin:
- yashash makoni;
- operatsion tizim;
- ishlash algoritmi xususiyati;
- destruktiv imkoniyatlari.
Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar kiritiluvchi
kompyuter tizimi obyektlarining xili bo’yicha turkumlash asosiy va keng tarqalgan
turkumlash hisoblanadi.
Yashash makoni bo’yicha kompyuter viruslarining turkumlanishi.
- 35 -
Fayl viruslari bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan kiritiladi (eng ko’p
tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-yo’ldoshlarni (kompanon viruslar) yaratadi yoki faylli
tizimlarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
Yuklama viruslar o’zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga) yoki
vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo’lgan sektorga yozadi.
Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini
bajaradi.
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini va
fayllarini, xususan MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy
muharrirlarning fayl-xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari o’zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron pochta
protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi
dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet bo’yicha
tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) bo’linadi.
Kompyuter viruslarining bajarilish davri, odatda, beshta bosqichni o’z ichiga
oladi:
1. Virusni xotiraga yuklash.
2. Qurbonni qidirish.
3. Topilgan qurbonni zaharlash.
4. Destruktiv funktsiyalarni bajarish.
5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o’tkazish.
Dostları ilə paylaş: |