Axborot texnologiyalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/45
tarix13.04.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#55283
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
axborot xavfsizligi (1)

Virusga qarshi dasturlar 

Kompyuter  viruslarini  aniqlash  va  ulardan  himoyalanish  uchun  maxsus 

dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo’lib, bu dasturlar kompyuter viruslarini 

aniqlash  va  yo’qotishga  imkon  beradi.  Bunday  dasturlar  virusga  qarshi  dasturlar  deb 

yuritiladi.  Umuman,  barcha  virusga  qarshi  dasturlar  zaharlangan  dasturlarning  va 

yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi. 

Viruslarga qarshi dasturlar foydalanadigan viruslarni aniqlashning asosiy usullari 

quyidagilar: 

-  etalon bilan taqqoslash usuli;  

-  evristik taxlil;  

-  virusga qarshi monitoring;  

-  o’zgarishlarni aniqlovchi usul;  

-  kompyuterning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BIOSga) virusga qarshi 

vositalarni o’rnatish va h. 



Etalon bilan taqqoslash usuli eng oddiy usul bo’lib, ma’lum viruslarni qidirishda 

niqoblardan  foydalanadi.  Virusning  niqobi-mana  shu  muayyan  virusga  xos  kodning 

qandaydir  o’zgarmas  ketma-ketligidir.  Virusga  qarshi  dastur  ma’lum  virus  niqoblarini 

qidirishda tekshiriluvchi fayllarni ketma-ket ko’rib chiqadi (skanerlaydi). 



Evristik tahlil. Kompyuter virusi ko’payishi uchun xotirada nusxalanish, sektorga 

yozilish kabi qandaydir muayyan xarakatlarni amalga oshirishi lozim. 




 

- 37 - 


Virusga  qarshi  monitoring.  Ushbu  usulning  mohiyati  shundan  iboratki, 

kompyuter  xotirasida  boshqa  dasturlar  tomonidan  bajariluvchi  shubhali    harakatlarni 

monitoringlovchi virusga qarshi dastur doimo bo’ladi. Virusga qarshi monitoring barcha 

ishga  tushiriluvchi  dasturlarni,  yaratiluvchi,  ochiluvchi  va  saqlanuvchi  xujjatlarni, 

Internet  orqali  olingan  yoki  disketdan  yoki  har  qanday  kompakt-diskdan  nushalangan 

dastur  va  xujjatlarning  fayllarini  tekshirishga  imkon  beradi.  Agar  qandaydir  dastur 

xavfli  harakatni  qilishga  urinmoqchi  bo’lsa,  virusga  qarshi  monitor  foydalanuvchiga 

xabar beradi. 



O’zgarishlarni aniqlovchi usul. Diskni taftish qiluvchi deb ataluvchi ushbu usulni 

amalga  oshirishda  virusga  qarshi  dastur  diskning  xujumga  duchor  bo’lishi  mumkin 

bo’lgan barcha sohalarini oldindan xotirlaydi, so’ngra ularni vaqti-vaqti bilan tekshiradi. 

Virus  kompyuterlarni  zaharlaganida  qattiq  disk  tarkibini  o’zgartiradi:  masalan,  dastur 

yoki xujjat fayliga o’zining kodini qo’shib qo’yadi, Autoexec.bat fayliga dastur-virusni 

chaqirishni qo’shadi, yuklama sektorni o’zgartiradi, faylyo’ldosh yaratadi. Disk sohalari 

xarakteristikalarining  qiymatlari  solishtirilganida  virusga  qarshi  dastur  ma’lum  va 

no’malum viruslar tomonidan qilingan o’zgarishlarni aniqlashi mumkin. 



Kompyuterlarning  kiritish/chiqarish  bazaviy  tizimiga  (BIOSga)  virusga  qarshi 

vositalarni  o’rnatish.  Kompyuterlarning  tizimli  platasiga  viruslardan    himoyalashning 

oddiy  vositalari  o’rnatiladi.  Bu  vositalar  qattiq  disklarning  bosh  yuklama  yozuviga 

hamda disklar va disketlarning yuklama sektorlariga barcha murojaatlarni nazoratlashga 

imkon  beradi. Agar qandaydir dastur  yuklama  sektorlar  tarkibini o’zgartirishga  urinsa, 

himoya  ishga  tushadi  va  foydalanuvchi  ogohlantiriladi.  Ammo  bu  himoya  juda  ham 

ishonchli emas. 




Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin