jarayoni korporativ tarmoqda bo’layotgan shubhali harakatlarni baholash jarayonidir.
Boshqacha aytganda xujumlarni aniqlash- hisoblash yoki tarmoq resurslariga
yo’naltirilgan shubhali harakatlarni identifikatsiyalash va ularga reaktsiya ko’rsatish
- 39 -
- neyron tarmoqlari.
Statistik usul. Statistik yondashishning asosiy afzalligi allaqachon ishlab
chiqilgan va o’zini tanitgan matematik statistika apparatini ishlatish va sub’ekt
xarakteriga moslash.
Avval tahlillanuvchi tizimning barcha sub’ektlari uchun profillar aniqlanadi.
Ishlatiladigan profillarning etalondan har qanday chetlanishi ruxsat etilmagan
foydalanish hisoblanadi. Statistik usullar universal hisoblanadi, chunki mumkin bo’lgan
xujumlarni va ular foydalanadigan zaifliklarni bilish talab etilmaydi. Ammo bu
usullardan foydalanishda bir qancha muammolar paydo bo’ladi:
1. Statistik tizimlar xodisalar kelishi tartibiga sezuvchanmaslar; ba’zi xollarda
bir xodisaning o’zi, kelishi tartibiga ko’ra anomal yoki normal faoliyatni
xarakterlashi mumkin.
2. Anomal faoliyatni adekvat identifikatsiyalash maqsadida xujumlarni
aniqlash tizimi tomonidan kuzatiluvchi xarakteristikalar uchun chegaraviy
(bo’sag’aviy) qiymatlarni berish juda qiyin.
3. Statistik usullar vaqt o’tishi bilan buzg’unchilar tomonidan shunday
"o’rnatilishi" mumkinki, xujum harakatlari normal kabi qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: