Virusni xotiraga yuklash. Virusni xotiraga yuklash operatsion tizim yordamida
virus kiritilgan bajariluvchi ob’ekt bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Qurbonni qidirish. Qurbonni qidirish usuli bo’yicha viruslar ikkita sinfga
bo’linadi. Birinchi sinfga operatsion tizim funktsiyalaridan foydalanib faol qidirishni
amalga oshiruvchi viruslar kiradi. Ikkinchi sinfga qidirishning passiv mexanizmlarini
amalga oshiruvchi, ya’ni dasturiy fayllarga tuzoq qo’yuvchi viruslar taalluqli.
Topilgan qurbonni zaharlash. Oddiy holda zaharlash deganda qurbon sifatida
tanlangan ob’ektda virus kodining o’z-o’zini nusxalashi tushuniladi.
Destruktiv funktsiyalarni bajarish. Destruktiv imkoniyatlari bo’yicha beziyon,
xavfsiz, xavfli va juda xavfli viruslar farqlanadi.
Beziyon viruslar - o’z-o’zidan tarqalish mexanizmi amalga oshiriluvchi viruslar.
Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi bo’sh xotirani sarflaydi xolos.
Xavfsiz viruslar - tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video) bilan bog’liq
viruslar, bo’sh xotirani kamaytirsada, dastur va ma’lumotlarga ziyon yetkazmaydi.
Xavfli viruslar - kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab bo’luvchi
viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi mumkin.
Juda xavfli viruslar - dastur va ma’lumotlarni buzilishiga hamda kompyuter
ishlashiga zarur axborotni o’chirilishiga bevosita olib keluvchi, muolajalari oldindan
ishlash algoritmlariga joylangan viruslar.
Dostları ilə paylaş: |