3.Ma’ruza. Axborot xavfsizligini tahminlashning asosiy yo’llari. Axborot
xavfsizligining huquqiy va tashkiliy tahminoti.
Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi tahlil etilsa qayg’uli manzaraga ega
bo’lamiz. Kompyuter jinoyatchiligi yetkazgan zararni narkotik moddalar va
qurollarning noqonuniy aylanishidan olingan foydaga qiyoslash mumkin. Faqat
AQSHda "elektron jinoyatchilar" yetkazgan har yilgi zarar qariyb 100 mld. dollarni
tashkil etar ekan.
Yaqin kelajakda jinoiy faoliyatning bu turi daromadliligi, pul mablag’larining
aylanishi va unda ishtirok etuvchi odamlar soni bo’yicha yaqin vaqtlargacha noqonuniy
faoliyat orasida daromadligi bilan birinchi o’rinni egallagan noqonuniy biznesning uch
turidan uzib ketish ehtimolligi katta. Bu noqonuniy bizneslar-narkotik moddalar, qurol
va kam uchraydigan yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish.
Davlat va xususiy kompaniyalar faoliyatining sotsiologik tadqiqi ma’lumotlariga
qaraganda XXI asrning birinchi yillarida iqtisodiy sohadagi jinoyatchilik bank va
boshqa tizimlarning axborot- kommunikatsion komplekslariga bo’lishi mumkin bo’lgan
g’arazli iqtisodiy harakatlarga qaratilgan bo’ladi.
Kredit-moliya sohasidagi kompyuter jinoyatchiligining soni muttasil o’sib
bormoqda. Masalan onlayn magazinlarida 25%gacha qalloblik to’lov amallari qayd
etilgan. SHunga qaramasdan G’arb davlatlarida elektron tijoratning-yuqori daromadli
zamonaviy biznesning faol rivojlanishi ko’zga tashlanmoqda. Ma’lumki, bu soha
rivojlanishi bilan parallel ravishda "virtual" qalloblarning ham daromadi oshadi.
Qalloblar endi yakka holda harakat qilmaydilar, ular puxtalik bilan tayyorlangan, yaxshi
texnik va dasturiy qurollangan jinoiy guruhlar bilan, bank xizmatchilarining o’zlari
ishtirokida ishlaydilar.
Xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning ko’rsatishicha bunday jinoyatchilarning
ulushi 70%ni tashkil etadi. "Virtual" o’g’ri o’zining hamkasbi-oddiy bosqinchiga
nisbatan ko’p topadi. Undan tashqari "virtual" jinoyatchilar uyidan chiqmasdan harakat
qiladilar. Foydalanishning elektron vositalarini ishlatib qilingan o’g’rilik zararining
o’rtacha ko’rsatkichi faqat AQSHda bankni qurolli bosqinchilikdan kelgan zararning
o’rtacha statistik zararidan 6-7 marta katta.
Bank xizmati va moliya amallari sohasidagi turli xil qalloblik natijasida
yo’qotishlar 1989 yili 800 mln. dollardan 1997 yili — 100 mlrd. dollarga yetgan. Bu
ko’rsatkichlar o’sayapti, aslida yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan bir tartibga oshishi
mumkin. CHunki ko’p yo’qotishlar aniqlanmaydi yoki e’lon qilinmaydi. O’ziga xos
"indamaslik siyosati"ni tizim ma’murlarining o’zining tarmog’idan ruxsatsiz
foydalanganlik tafsilotini, bu noxush xodisaning takrorlanishidan qo’rqib va o’zining
himoya usulini oshkor etmaslik vajida muhokama etishni xoxlamasliklari bilan
tushunish mumkin.
Kompyuter ishlatiladigan inson faoliyatining boshqa sohalarida ham vaziyat
yaxshi emas. Yildan-yilga xuquqni muhofaza qiluvchi organlariga kompyuter
jinoyatchiligi xususidagi murojaatlar oshib bormoqda.
Barcha mutaxassislar viruslarning tarqalishi bilan bir qatorda tashqi xujumlarning
keskin oshganligini e’tirof etmoqdalar. Ko’rinib turibdiki, kompyuter jinoyatchiligi
- 16 -
natijasida zarar qat’iy ortmoqda. Ammo kompyuter jinoyatchiligi ko’pincha "virtual"
qalloblar tomonidan amalga oshiriladi deyish haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Hozircha
kompyuter tarmoqlariga suqilib kirish xavfi har biri o’zining usuliga ega bo’lgan
xakerlar, krakerlar va kompyuter qaroqchilari tomonidan kelmoqda.
Xakerlar, boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida, oldindan,
maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ularning tizimiga ki-rish niyatlari borligini
bildirib qo’yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda
xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar (cracker) — elektron "o’g’rilar" manfaat maqsadida dasturlarni
buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmog’i bo’yicha tarqatiluvchi
buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
Kompyuter qaroqchilari — raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy maxsus
xizmatlari buyurtmasi bo’yicha axborotni o’g’irlovchi firma va kompaniyalarning
yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona bank schetidan pul
mablag’larini o’g’irlash bilan ham shug’ullanadilar.
Ba’zi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal
biznes o’ta daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat
biznesining an’anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar ko’p bo’lmasa) oshishiga
sabab bo’ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari mavjud
emas.
Dostları ilə paylaş: |