- 49 -
muammolari axborot xavfsizligi bilan bog’liq, ya’ni xavfsizlik muammolari elektron
tijorat va biznes rivojidagi jiddiy to’siq xisoblanadi.
Har qanday tijorat kompaniyasining boshqa kompaniyalar bilan yoki ushbu
kompaniyaning bo’limlari orasida aloqa o’rnatilishi zarur. Hozirda global Internet
tarmog’i o’zining uzellari o’rtasida ishonchli va arzon axborot almashinuvini
ta’minlaydi. Ochiq global Internet tarmog’i kanallaridan faol foydalanuvchi elektron
biznesning ishlashi jarayonida ko’pgina xavf-xatarlar paydo bo’ladi.
Internetdan foydalanish kanallari kompaniyaning axborot resurslaridan chetdan
foydalanishga imkon berishi mumkin. Kommunikatsion, xususan HTTP — protokol
asosidagi dasturlardan extiyotsizlik bilan foydalanish axborot tizimining ishga
layoqatligini buzuvchi va/yoki axborot tizimima’lumotlarini buzuvchi maxsus dastur —
"Troyan otlarining" kirishiga olib kelishi mumkin. Bu xil dasturlarning ichida viruslar
eng tarqalgan. O’ziga xos malakali mutaxassislar korporativ axborot tarmoqlariga
bilinmasdan kirish uchun ko’pincha umummaqsad tarmoqlardan foydalanadilar.
Elektron qutisining tez-tez ishlatilishi niyati buzuq odamlarga elektron biznes
bilan shug’ullanuvchi tashkilot foydalananuvchilari nomlarini obro’sizlantirishga
yordam berishi mumkin. Foydalanuvchilar ma’lumotlarini (ismlar, parollar, PIN —
kodlar va h.) saqlovchi tizimining zaif joylarini qidirishdan tarmoqda keng ishlatiluvchi
maxsus dasturlardan foydalanish mumkin.
Internet konfidentsial axborotni dunyoning istalgan nuqtasiga yuborishi mumkin,
ammo agar u yetarlicha ximoyalanmagan bo’lsa, ushlab qolinishi, nusxalashtirilishi,
o’zgartirilishi hamda har qanday chetdagi foydalanuvchilar -niyati buzuq odamlar,
raqiblar va oddiy qiziquvchilar tomonidan o’qilishi mumkin. Masalan, yetarlicha
himoyalanmagan to’lov topshirig’i yoki kredit kartochka nomerini jo’natayotganda esda
tutish lozimki, jo’natish xususiy/shaxsiy tarmoq orqali amalga oshirilmayapti va
chetdagi foydalanuvchilar xabaringizni manipulyatsiya qilish imkoniyatiga ega. Undan
tashqari xabaringiz almashtirilib qo’yilishi mumkin: xabarlarni xuddi V
foydalanuvchidan yuborilganidek A foydalanuvchidan yuborish usullari mavjud.
Internet tarmog’i mahsus paket, tamomila qonuniy paketlar, sonining xaddan tashqari
ko’pilgi uzatishdagi buzilishlar, tarmoq komponentlarining nosozligi tufayli ishga
layoqat bo’lmasligi mumkin. Bunday xollar ―xizmat qilishdan voz kechish‖ deb ataladi
va elek-tron tijorat uchun eng jiddiy tahdid hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi elektron biznes tizimining eng muxim elementlaridan biri
xisoblanadi va usullar va vositalarning butun bir to’plami yordamida ta’minlanishi
shart. Elektron tijorat sohasidagi savdo ko’lami Internet xavfsizligi masalalaridan
tashvishlangan xaridorlar, sotuvchilar va moliya insitutlarining boshidan kechiruvchi
qo’rquvlari bilan chegaralanadi. Bu qo’rquvlar, hususan, quyidagilarga asoslanadi:
- konfidentsiallikka kafolatning yo’qligi-kimdir ma’lumotlaringizni uzatilayotganida
ushlab qolishi va qiymatli axborotni (masalan, kredit kartochkangizning nomerini, tovar
yetqazib berish sanasi va adres) topishga urinishi mumkin;
- amalda ishtirok etuvchilarni tekshirish darajasining yetarli emasligi - tranzaktsiya
qatnashchilari tekshirilmaganida tomonlarning biri ―maskarad‖ uyushtirishi mumkinki,
uning oqibati ikkinchi tomonga ancha qimmatga tushadi. Masalan, xaridor saytga kirib
undagi kompaniyaning haqiqiyligiga shubha qiladi, shunday hol ham ro’y berishi
- 50 -
mumkinki, xaridor kredit kartochkasining nomerini yetarlicha vakolatga ega bo’lmagan
shaxsga beradi;
- sotuvchida buyurtma bergan xaridor kredit kartochkasining qonuniy egasi
ekanliginining tekshirish imkoni yo’q;
- kredit kartochkasining bank - emitenti to’lovni bajarishga talab qo’ygan sotuvchini
tekshirishni istab qolishi mumkin;
- ma’lumotlar yaxlitligiga kafolat yo’q - xatto ma’lumotlarni jo’natuvchi
indentifikatsiyalangan bo’lsada, uchinchi tomon ma’lumotlarni, ular uzatilishi vaqtida,
o’zgartirish imkoniyatiga ega.
Axborot xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan elektron tijoratning namunaviy
qo’llanilishini — Internet orqali maxsulotga va xizmatlarga ega bo’lishni ko’raylik.
Ushbu jarayon quyidagi bosqichlar orqali ifodalanishi mumkin.
1. Buyurtmachi Web-server orqali maxsulot yoki xizmatni tanlaydi va mos
buyurtmani rasmiylashtiradi.
2. Buyurtma magazinning buyurtmalar ma’lumotlari bankiga kiritiladi.
3. Buyurtma berilgan maxsulot yoki xizmatni olish mumkinligini ma’lumotlarning
markaziy bazasi orqali tekshiriladi.
4. Agar mahsulotning olinishi mumkin bo’lmasa, buyurmachi u to’g’rida
ogohlantiriladi va mahsulot yoki xizmatga ega bo’lish jarayoni to’xtatiladi.
Mahsulotga so’rov boshqa skladga (buyurtmachi roziligida) yo’naltirilishi
mumkin.
5. Agar maxsulot yoki xizmat mavjud bo’lsa buyurtmachi to’lovni tasdiqlaydi va
buyurtma mos ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Elektron magazin mijozga
buyurtma tasdig’ini yuboradi. Ko’pgina xollarda (ayniqsa endigina ish boshlagan
kompaniyalarda) buyurtmalar, tavarlarning borligini tekshirish va h. uchun
yagona ma’lumotlar bazasi mavjud.
6. Mijoz onlayn rejimida buyurtma xaqini to’laydi.
7. Tovar buyurtmachiga yetqaziladi.
Elektron tijorat bilan shug’ullanadigan kompaniyalar yuqorida keltirilgan bosqichlarda
duch keladigan tahdidlar quyidagilar:
- elektron magazin Web-saytining sahifasini almashtirib quyish. Bu tahdidni
amalga oshirishning asosiy usuli — foydalanuvchi so’rovini boshqa serverga
yo’llash. Bu tahdid oltincha bosqichda buyurtmachi kredit kartochkasining
nomerini kiritganda kuchayadi;
- yolg’on buyurtmalar berish va elektron magazin xodimlari tomonidan
firibgarlik qilish. Hozirda ichki/tashqi tahdidlar munosabati 60/40ni tashkil
etadi;
- elektron tijorat tizimida uzatiladigan ma’lumotlarni ushlab qolish.
Buyurtmachining kredit kartasi xususidagi axborotni ushlab qolish o’zgacha
xavf-xatarni tug’diradi;
- kompaniyaning ichki tarmog’iga kirish va elektron magazin komponentlarini
obro’sizlantirish;
- ―xizmat qilishdan voz kechish‖ (denial of service) xujumini amalga oshirish
va elektron tijorat ishlashini yoki uning uzelini buzish.
- 51 -
Ushbu tahdidlar natijasida kompaniya - elektron bitim provayderi - mijozlar
ishonchini yo’qotadi, moddiy zarar ko’radi. Ba’zi xollarda bu kompaniyalarga kredit
kartochka nomeri fosh qilingani uchun da’vo qo’zg’atilishi mumkin. ―Xizmat qilishdan
voz kechish‖ xujumsi natijasida elektron magazinning ishlashi buzilishi mumkin, uning
ishga layoqatligini tiklashga inson, vaqt va material resurslari talab etiladi.
Asosiy adabiyotlar
1. S.K.G’aniev, M.M. Karimov, K.A. Toshev «Axborot xavfsizligi. Axborot -
kommunikatsion tizimlari xavfsizligi», «Aloqachi» 2008 yil
2. Анин Б. "О шифровании и дешифровании‖. Конфидент,1997.
3. Гайкович В. "Компютерная безопасност",Банковская технология, 1997.
4. Балакирский Б.В. "Безопасност электронного платежа", Конидент,1996.
5. Давидовский А.Н. "Зашита информасия в вичислителних платежей‖