deb atashadi) ko’pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Ba’zi kompyuter
qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo’lsa, boshqalari oxirgi tizim
Simsiz qurilmalarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin: noutbuklar, cho’ntak
- 45 -
Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday
kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning o’lchami. Noutbuk qanchalik
kichkina bo’lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa tarafdan, noutbuk qanchalik
kichkina bo’lsa, uni o’g’irlash shunchalik osonlashadi. SHifrlash kalitlarining, masalan,
WEP-kalitlar (Wired Equivalent Privacy), dasturiy kalitlar, parollar yoki shaxsiy
kalitlarning (PGP, Pretty Good Privace kabilar) yo’qotilishi katta muammo hisoblanadi
va uni ilovalar yaratilishi bosqichidayoq hisobga olish zarur. Niyati buzuq odam
noutbukni o’z ixtiyoriga olganidan so’ng aksariyat xavfsizlik mexanizmlari buzilishi
mumkin.
Noutbuklarning
mobilliligi
ularning
korporativ
tarmoqlararo
ekranlar
(brandmauerlar) bilan himoyalanmagan boshqa tarmoqlar bilan ulanish ehtimolligini
oshiradi. Bu Internet-ulanishlar, foydalanuvchi tarmoqlar, asbob-uskuna ishlab
chiqaruvchilarining tarmog’i yoki raqiblar ham joylanuvchi mehmonxona yoki
ko’rgazmalardagi umumfoydalanuvchi tarmoqlar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda
mobil kompyuterlarning axborot xavfsizligi xususida jiddiy o’ylanish lozim.
Noutbuklarning fizik saqlanishlarini ta’minlash usullaridan biri-xavfsizlik
kabelidan foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik predmetga
"boylab" qo’yishga mo’ljallangan. Albatta, bu yuz foizlik kafolatni bermaydi, ammo har
xolda o’g’rining anchagina kuch sarf qilishiga to’g’ri keladi.
Noutbuklarning tez-tez o’g’irlanishi sababli, axborotni arxivlashning xavfsizlikni
ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas. SHifrlash dasturlari fayllar xavfsizligini
ta’minlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan ma’lumotlar xajmini yaratishda
ishlatiladi. Bu ma’lumotlarni rasshifrovka qilish uchun, odatda, parolni kiritish yoki
shaxsiy kalitlarni ishlatish talab etiladi. Barcha axborotlarni shifrlangan fayllarda yoki
arxivlarda saqlanishi kerakli fayllar to’plamini arxiv uchun nusxalashni yengillashtiradi,
chunki ular endi ma’lum joyda joylashgan bo’ladi.
O’g’rilar uchun noutbuklar "birinchi nomerli nishon" ekanligini foydalanuvchilar
tushunib yetishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur. Hatto ofislarda noutbukni
kechaga qoldirish mumkin emas, chunki ofisga ko’p kishilar (kompaniya xodimlari,
farroshlar, mijozlar) tashrif buyuradilar.
Axborotning chiqib ketishi noutbuk egasining ko’p odamlar to’plangan joylarda
ham sodir bo’lishi mumkin. Samolet - kompaniya menedjerlari foydalanadigan
odatdagi transport vositasidir. Samoletda qo’shni kreslodagi yo’lovchi noutbuk
egasining yelkasi ustidan muhim axborotni o’qib olishi mumkin. Hatto "uy sharoitidagi"
noutbuklar ham himoyalanishi zarur. Bu holda kompyuterning himoyasi server
himoyasidan farqlanmaydi. Juda ham zarur bo’lmagan servislarning o’chirilishi qurilma
ishlashini yaxshilaydi.
O’zining dasturiy ta’minotini noutbukka o’rnatgan niyati buzuq odam
xavfsizlikning barcha mexanizmlarini chetlab o’tish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Kompyuterni o’z ixtiyoriga olgan o’g’ri unga o’zining dasturini o’rnatganida uni
tuxtatib bo’lmaydi. BIOSda (Basic Input/Output System-kiritish/chiqarishning bazaviy
tizimi) va qattiq diskda o’rnatilgan parollar o’g’rilangan noutbukdan foydalanishga
to’sqinlik qilishi mumkin. Ushbu barcha vositalar, afsuski, tajribali xaker uchun to’siq
bo’laolmaydi.