8. Ma’ruza. Virtual himoyalangan tarmoqlar. Simsiz aloqa tizimlarida
axborot himoyasi.
Internet ning gurillab rivojlanishi natijasida dunyoda axborotni tarqatish va
foydalanishda sifatiy o’zgarish sodir bo’ldi. Internet foydalanuvchilari arzon va qulay
kommunikatsiyaga ega bo’ldilar. Korxonalar Internet kanallaridan jiddiy tijorat va
boshqaruv axborotlarini uzatish imkoniyatlariga qiziqib qoldilar. Ammo Internetning
qurilishi printsipi niyati buzuq odamlarga axborotni o’g’irlash yoki atayin buzish
imkoniyatini yaratdi. Odatda TCP/IP protokollar va standart Internet-ilovalar (e-mail,
Web, FTP) asosida qurilgan korporativ va idora tarmoqlari suqilib kirishdan
kafolatlanmaganlar.
Internetning hamma yerda tarqalishidan manfaat ko’rish maqsadida tarmoq
xujumlariga samarali qarshilik ko’rsatuvchi va biznesda ochiq tarmoqlardan faol va
xavfsiz foydalanishga imkon beruvchi virtual xususiy tarmoq VPN yaratish ustida ishlar
olib borildi. Natijada 1990 yilning boshida virtual xususiy tarmoq VPN kontseptsiyasi
yaratildi. "Virtual" iborasi VPN atamasiga ikkita uzel o’rtasidagi ulanishni vaqtincha
deb ko’rilishini ta’kidlash maqsadida kiritilgan. Haqiqatan, bu ulanish doimiy, qat’iy
bo’lmay, faqat ochiq tarmoq bo’yicha trafik o’tganida mavjud bo’ladi.
Virtual tarmoq VPNlarni qurish kontseptsiyasi asosida yetarlicha oddiy g’oya
yotadi: agal global tarmoqda axborot almashinuvchi ikkita uzel bo’lsa, bu uzellar
orasida ochiq tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning konfidentsialligini va yaxlitligini
ta’minlovchi virtual himoyalangan tunnel qurish zarur va bu virtual tunneldan barcha
mumkin bo’lgan tashqi faol va passiv kuzatuvchilarning foydalanishi xaddan tashqari
qiyin bo’lishi lozim.
SHunday qilib, VPN tunneli ochiq tarmoq orqali o’tkazilgan ulanish bo’lib, u
orqali virtual tarmoqning kriptografik himoyalangan axborot paketlari uzatiladi.
Axborotni VPN tunneli bo’yicha uzatilishi jarayonidagi himoyalash quyidagi
vazifalarni bajarishga asoslangan:
- o’zaro aloqadagi taraflarni autentifikatsiyalash;
- uzatiluvchi ma’lumotlarni kriptografik berkitish (shifrlash);
- etkaziladigan axborotning haqiqiyligini va yaxlitligini tekshirish.
Bu vazifalar bir biriga bog’liq bo’lib, ularni amalga oshirishda axborotni
kriptografik
himoyalash
usullaridan
foydalaniladi.
Bunday
himoyalashning
samaradorligi simmetrik va asimmetrik kriptografik tizimlarning birgalikda ishlatilishi
evaziga ta’minlanadi. VPN qurilmalari tomonidan shakllantiriluvchi VPN tunneli
himoyalangan ajratilgan liniya xususiyatlariga ega bo’lib, bu himoyalangan ajratilgan
liniyalar umumfoydalanuvchi tarmoq, masalan Internet doirasida, saflanadi. VPN
qurilmalari virtual xususiy tarmoqlarda VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi
shlyuzi vazifasini o’tashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |