VPN xavfsizlik shlyuzi. (Security gateway) ikkita tarmoqqa ulanuvchi tarmoq
qurilmasi bo’lib, o’zidan keyin joylashgan ko’p sonli xostlar uchun shifrlash va
autentifikatsiyalash
vazifalarini
bajaradi.
VPN
xavfsizligi
shlyuzi
shunday
joylashtiriladiki, ichki korporativ tarmoqqa atalgan barcha trafik u orqali o’tadi. VPN
xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi tunnellanuvchi paketning tashqi adresi sifatida
ko’rsatiladi, paketning ichki adresi esa shlyuz orqasidagi muayyan xost adresi
hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida dasturiy yechim, alohida apparat
qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to’ldirilgan marshrutizatorlar yoki tarmoqlararo
ekran ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin.
Axborot uzatishning ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor kanallarini
(Internet muhiti) va aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini
(masalan, telefon tarmog’i kanallarini) o’z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq
VPNning samaradorligi aloqaning ochiq kanallari bo’yicha aylanuvchi axborotning
himoyalanish darajasiga bog’liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni xavfsiz uzatish
uchun inkapsulyatsiyalash va tunnellash keng ishlatiladi. Tunnellash usuli bo’yicha
ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi tarmoq orqali xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish
bo’yicha uzatilganidek uzatiladi. Har bir "jo’natuvchi-qabul qiluvchi" juftligi orasiga bir
protokol ma’lumotlarini boshqasining paketiga inkapsulyatsiyalashga imkon beruvchi
o’ziga xos tunnel-mantiqiy ulanish o’rnatiladi.
Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar portsiyasi xizmatchi hoshiyalar
bilan birga yangi "konvert"ga "joylash" amalga oshiriladi. Bunda pastroq sath protokoli
paketi yuqoriroq yoki xudi shunday sath protokoli paketi ma’lumotlari maydoniga
joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o’zi ma’lumotlarni ruxsatsiz
foydalanishdan yoki buzishdan himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli
inkapsulyatsiyalanuvchi dastlabki paketlarni to’la kriptografik himoyalash imkoniyati
paydo bo’ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar konfidentsialligini ta’minlash maqsadida
jo’natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni, yangi IP- sarlavha bilan tashqi
paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo’yicha jo’natadi
- 42 -
Dostları ilə paylaş: |